22:16 / 22.07.2017
7 460

Munajjimlar bashorati: 23 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?..

Munajjimlar bashorati: 23 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun dam olish kuni, ammo tirikchilik baribir kerak. Shunday ekan, ishlarni puxta reja asosida, bitta-bittadan bajarsangiz, albatta murodga etasiz. Moliyaviy muammolar kayfiyatingizni tushirishi mumkin, lekin buning ham iloji bor. Juftingizga mehr ko‘rsating, yaqin o‘tmishdagi yonib-kuygan lahzalarni yodga oling. Kayfiyatingiz albatta ko‘tariladi. Agar mehnat ta’tiliga chiqishni rejalashtirib yurgan bo‘lsangiz, bugun dam olish kunidan foydalanib rejangizni puxtalang. Sog‘lig‘ingizdan bugun shikoyat qilmaysiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Elektr quvvatiga ishlaydigan uskunalardan foydalanishda nihoyatda sergak bo‘ling. Jarohat olishingiz xavfi bor. Bugungi kun ijodkorlar uchun juda omadli kechishi kutiladi. Kunning ikkinchi yarmida esa pulning o‘zi sizni qidirib keladi. Dam olish kunidan foydalangan holda bozormi, do‘konmi, aylanib yoqimli xaridlar qiling. Faqat tejamkorlikni ham yoddan chiqarib qo‘ymang. Sog‘lig‘ingiz xudo xohlasa kosmonavtlarnikidan ham zo‘r. Boshni baland ko‘tarib yashashda davom eting.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
23 iyul kuni uy yumushlari, masalan, ta’mir va ayol bo‘lsangiz, supur-sidir bilan band bo‘lishingiz kutilmoqda. Agar zahiradagi pullarni saqlab qolish niyatingiz bo‘lsa, bugun hech kimga qarz bermang, katta ishlarga pul tikmang. Kunning ikkinchi yarmida u qadar olis bo‘lmagan manzilga safar qilishingiz ehtimoli bor. Salomatlikni asrang, asablarni ehtiyot qiling. Kuningiz xayrli va omadli kechishi aynan shu ikki jihatga bog‘liq. Oilasizlar kechqurun romantik lahzalarga oshno bo‘lishlari kutiladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Birinchi navbatda ertalabdanoq salomatlikka e’tibor qarating. O‘zingizni aytarli yaxshi his etmayotganingiz sezilib turibdi. Shunday ekan, darhol vrachga murojaat eting. Jismoniy zo‘riqishlar va sayohat bugun sizga yaxshilik keltirmaydi. Kun davomida iloji boricha ko‘proq piyoda yuring, dam oling va vaqti-vaqti bilan yengil mashqlarni bajaring. Muhabbatda sizdan o‘ta mustahkam bardosh talab etiladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
23 iyul kuni ertalab qarindoshlar bilan birgalikda do‘kon aylanishingiz, ko‘plab xaridlarni amalga oshirishingiz kutiladi. Ish masalasiga kelsak, tushdan keyin bir necha yumushni baravar ado etishga erishasiz. Bu sizga mo‘may daromad hadya etadi albatta. Faqat imkoniyatlaringizga u qadar qattiq ishonib yubormang. Ular chegaralangan. Yosh kelin-kuyovlar ro‘zg‘or ikir-chikirlari sababli bahslashib qolishlari mumkin. Asabni asrang, hali u sizga ko‘-o‘p kerak bo‘ladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yulduzlar sizga bugun unumli va a’lo darajadagi kunni va’da qilishmoqda. Shaxsiy hayotingizda juda yorqin hodisalar ro‘y beradi va bu kayfiyatingizga kayfiyat qo‘shadi. Lekin moliyaviy ahvoliniz bugun u darajada yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Chunki daromadlar xarajatlar bilan baravar kelib qoladi-yu, cho‘ntaklaringiz xavf ostida oladi. Mana shundan ehtiyot bo‘ling. Kechqurun suyukli insoningiz bilan toza havoda sayr qiling. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, kun bo‘yi salomatligingizni nazoratda ushlang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
23 iyul kuni dala hovli yoki uyingizda mayda-chuyda ishlar bilan o‘ralashib qolishingiz ehtimoli bor. Ammo bu salomatlikka foydali. Deyarli kechga qadar toza havoda yurasiz. Bu o‘zingizni yaxshi his etishingizda alohida ahamiyat kasb etadi. Kunning ikkinchi yarmida eski qadrdonlardan biri bilan uchrashib qolasiz-u, o‘sha qadrdoningiz moliyaviy masalada yordamlashib yuboradi. Kechqurun juftingiz bilan ro‘zg‘or tashvishlari tufayli aytishib qolishingiz mumkin. Sog‘liqni ehtiyot qiling. Og‘ir hazm bo‘luvchi ovqatlar iste’molidan tiyiling. Bu nafaqat oshqozon, balki yurakka ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar sizga bir narsani eslatib qo‘yishni ma’qul ko‘rishgan. Qachonlardir o‘zingizga o‘zingiz shaxsiy hayotingizni yanada yaxshilashga va’da bergan ekansiz. Bugun shu va’daning ustidan chiqmasangiz bo‘lmaydi. Suyganingizning qalbiga yanada yorqinroq yo‘l toping. Ana shunda haqiqatan shaxsiy hayotingizda ijobiy o‘zgarishlar yuz beradi. Kechqurun xonadoningizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Uxlashga yotishdan oldin yaxshisi qatiq ichib yoting, tushlaringiz yorqin kechadi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
23 iyul kuni qalbingiz o‘ta sezgirga aylanishi mumkin va siz yaqin fursatda sodir bo‘ladigan voqealarni oldindan qalban seza boshlaysiz. Shaxsiy hayotda barcha yaqinlaringiz siz bilan ilgarigidan-da kuchliroq, ko‘proq faxrlana boshlashadi. Bu ham yaxshilikka. Faqat pul masalasida ba’zi to‘siqlarga uchrashingiz mumkin. Lekin bu to‘siqlar siz uchun chikora. Baribir yo‘lini topasiz va kissangiz kechgacha albatta pulga to‘ladi inshoolloh. Oilasizlar bugun ajoyib uchrashuvni boshdan kechirishadi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun kuzatuvchi rolini ijro eting. Faoliyatingizni, harakatlaringizni boshqalar sezmasin va his etmasin. Aksincha siz ularning harakatlarini sezib kuzating. Kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan o‘tkazishingiz kutilmoqda. Sog‘lig‘ingiz kechga yaqin pand bera boshlashi mumkin. Hoynahoy oshqozon muammosi ko‘ndalang bo‘lsa kerak. Bu muammoni xalqona usullar yordamida ham hal etsangiz bo‘ladi. Bugun hech kimga qarz bermang, keyin qaytarib olishingiz qiyin bo‘ladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
23 iyulda sizni ertalabdanoq oilaviyga o‘xshash bir tadbirga taklif etishadi. Bu tadbir ham bo‘lmasligi mumkin. Ziyofatga yaqinroq. Kim yaqinda tijorat bilan shug‘ullana boshlagan bo‘lsa, bugun omadi keladi. Daromad ikki hissa bo‘lishi kutiladi. Tadbirkorlar bugun foydali shartnomalarni imzolasalar, kelajakda foydasi katta bo‘lishi tayin. Sog‘lig‘ingizni nazorat etishdan tiyilmang. G‘iybatchi va ikkiyuzlamachilardan nariroq yuring.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Qanday ish bajarishingizdan qat’i nazar etakchilikka intilmang. O‘rtaga tushib oling-u, oqim bilan birga suzavering. Shundoq ham professionalligingizni hamma biladi. Juftingiz bilan kun davomida janjallar kelib chiqishi ehtimoldan xoli emas. Og‘ir bo‘ling, janjal bilan ezgulikka etib bo‘lmaydi. Tijoratchi bo‘lsangiz, raqobatchilardan hushyor bo‘ling. Pul masalasida o‘ng ko‘z chap ko‘zga do‘stlik qilmaydi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 23 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?..