21:39 / 31.07.2017
9 248

Munajjimlar bashorati: 1 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 1 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun siz tog‘ni ursa tolqon qiladigan darajada o‘zingizni qudratli his etasiz. Ammo oldinda kutadigan voqealar bu qudratingizga bolta urishi hech gap emas. Ayniqsa, tijorat bilan shug‘ullanadiganlar va safarga chiqqanlar juda ehtiyot bo‘lishlari talab etiladi. Kun davomida olisda yashovchi qarindoshlardan yoqimli xabar eshitasiz, kimlardir sizga serdaromad ish taklif qilishi ham ehtimoldan xoli emas. Sog‘lig‘ingizni har qanday xavfdan ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
1 avgust siz uchun juda ajoyib kunga aylanadi. Tashqarida quyosh qizdirsa, qalbingiz vujudingizni qaynatadi. Ammo kunning birinchi yarmida do‘stlarning biri qo‘ng‘iroq qilib kutilmagan xabar etkazishi kayfiyatingizni buzishi mumkin. Basharti mehnat ta’tilida bo‘lsangiz ham uyda o‘tirib qolmasligingiz tavsiya etiladi. Chunki moliyaviy muammolarni sizdan boshqa odam hal eta olmaydi. Muhim hujjatlarga imzo chekishingiz zarurati tug‘ilsa, sergak bo‘ling. Xatoga yo‘l qo‘yishingiz mumkin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
1 avgustda oilasizlarning ba’zilari kimnidir shu darajada qattiq sevib qoladiki, ishni ham, yaqinlarini ham unutadi. Yo‘q, bu sizga to‘kis baxt olib kelmaydi. Har bir masalada qondoshlar bilan bamaslahat ish tutganingiz durust. Bugun muallimlar uchun muvaffaqiyatli kechadi. Siz ommaviy tadbirda ishtirok etib olqishlarga sazovor bo‘lishingiz kutiladi. Kechqurun uydagilar bilan zinhor janjallashmang, tunda uxlay olmay qiynalasiz.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Moliyaviy masalada kichik muammolar ko‘ndalang bo‘lishi mumkin. Ammo optimistlarcha ish tutsangiz, kechga qadar ushbu muammoni ijobiy hal etasiz, inshoolloh. Ish joyingizdagi o‘zingizga nisbatan tajribasi ko‘proq hamkasblardan iloji boricha ko‘p narsa o‘rganishga harakat qilavering. Kunning ikkinchi yarmida dam olish, cho‘milish, ko‘proq sayr qilish tavsiya etiladi. Bularning barchasi sizga ruhiy tetiklik hadya etadi. Salomatligingizni tez-tez nazoratga oling. Xudo ko‘rsatmasin, oshqozoningizda muammo paydo bo‘lish ehtimoli bor.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

1 avgust kuni ertalab kayfiyatingiz juda tushkun holatda bo‘lishi kutiladi. Bunday kayfiyat bilan katta ishlarni do‘ndirish og‘ir kechadi. Shunga qaramay, olg‘a qadam tashlang. Agar niyat sof bo‘lsa, xudoning o‘zi unga etkazadi. Bozordan, do‘konlardan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilayotganda, saqlanish muddatini albatta tekshiring. Ovqatdan zaharlanishingiz xavfi bor. Yoningizdagi pullarni bo‘lar-bo‘lmasga sarflayvermasligingiz talab etiladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Kunning birinchi yarmida badavlat tanishlaringizdan biri ko‘plab muammolaringizni hal etishda bevosita homiylik qilishi kutiladi. Ishxonada hamkasblar bilan faqat do‘stona munosabat yuriting. Qarama-qarshi jins vakillari bilan yaqin munosabatga kirishib qo‘ymang, oqibati yaxshi bo‘lmaydi. Kechqurun do‘stlar davrasida vaqt o‘tkazing. Surunkali xastalikdan azoblanayotgan bo‘lsangiz, issiq kunda iloji boricha ko‘chaga chiqmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
1 avgust kuni bir tarafdan ish, ikkinchi tarafdan ro‘zg‘or tashvishlari bilan elib yugurishingizga to‘g‘ri keladi. Tushdan keyin boshqa shaharga borib, ro‘zg‘or uchun zarur ashyolar sotib olishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Oila qurmaganlarga bugun xudo xohlasa omad kulib boqadi. Ba’zilar idealidagi insonni aynan bugun topadi. Kechqurun qon bosimingiz ko‘tarilishi mumkin. Oldini oling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun ertalabdayoq o‘tgan kunlari bartaraf eta olmagan muammolarni hal etishingiz zarurligini uqtirishmoqda. Kun davomida dangasalikka va yengil fikrlashga aslo yo‘l qo‘ymang. Aks holda ko‘ngilsiz vaziyatga tushib qolishingiz mumkin. 1 avgust bilim olish va ulashish, uy oldi-sotdisi, tibbiy ko‘rikdan o‘tishda juda qulay kechadi. Moliyaviy muammo haqida qayg‘urmang. Tushdan keyin qo‘shimcha daromadli ish topasiz va o‘sha ish cho‘ntagingizga pul kelib tushishini ta’minlaydi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
1 avgustda o‘qotar burjida tug‘ilganlar o‘zining emas, yaqinlaridan birining hayotida sodir bo‘ladigan voqea markazida bo‘lishadi. Bu jarayonda qarindoshlar bilan sizning orangizda janjal kelib chiqishi mumkin. Agar tilga ehtiyot bo‘lsangiz, janjal bardamalashga ulgurmaydi. Kechki payt plastik kartochkangizga pul kelib tushishi kutiladi. Oila qurmaganlar ham bugun romantik lahzalardan juda mamnun tortishadi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar mabodo iloj topsangiz, bor pulingizni katta ishga tikishingiz ma’qulligini uqtirishmoqda. Shunda oradan hech qancha vaqt o‘tmay mo‘may daromad egasiga aylanishingiz mumkin. Kunning ikkinchi yarmida kutilmagan qo‘ng‘iroq sizni shok holatiga tushirib qo‘yishi mumkin. Bu oilasi bilan ajrashganlar hayotida ro‘y berishi haqiqatga yaqinroq. Lekin bunday hodisalarga yon beraverishingiz to‘g‘ri emas. O‘zingizni qo‘lga oling. Yo‘qsa, salomatligingizga putur etadi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
1 avgust kuni yaqin do‘stlaringizdan biri sizga moddiy ko‘mak taklif etadi. Darrov rozi bo‘ling. Bunday imkoniyat har kuni ham bo‘lavermaydi. Surunkali oshqozon va jigar xastaligiga yo‘liqqanlarning salomatligi bugun biroz yomonlashishi kutiladi. Oldini olib dori-darmonlarni o‘z vaqtida ichsangiz, bu holat yengil kechishi tayin. Quyosh tig‘i ostida ko‘p yurmang. Ovqatlanish me’yorlarini buzmang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar bugun ish joyingizda qaltis vaziyat yuzaga kelishini bashorat qilishgan. Hamkasblardan kimdir sizning asabingizni buzib, quyushqondan chiqarishga urinib ko‘radi. Agar uning niyati amalga oshmay qolishini ta’minlasangiz, siz mutlaq g‘olibga aylanasiz. Rahbarlar bilan muloqotda sergaklikni qo‘ldan bermang. Kechqurun vaqtingizni juftingiz, yaqinlaringiz qurshovida kechiring. O‘zingizni ehtiyot qiling. Tijoratchilar bugun kechqurun ko‘zlanganidan ham ko‘proq daromadga ega chiqishlari kutiladi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 1 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..