19:41 / 10.08.2017
14 678

Tabiat qo‘ynida ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun 6 ta sabab

Tabiat qo‘ynida ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun 6 ta sabab
Tabiat qo‘ynida bo‘lish harakatsiz yashash tarzi bilan bog‘liq ko‘plab kasalliklarning oldini olishi mumkin.

1. Bu yallig‘lanish darajasini pasaytiradi

Yallig‘lanish autoimmun buzilishlar, ichak kasalliklari, depressiya va saraton kasalliklari bilan bog‘langan. Olimlar o‘rmonda sayr qilishdan so‘ng yoshlarning ham, qarilarning ham organizmlarida yallig‘lanish darajasi pasayishini isbotladi.

2. Bu depressiya va xavotirlik hissi bilan kurashishda yordam beradi

O‘rmonda sayr qilish xavotirlikni va yomon kayfiyatni kamaytiradi. Ayniqsa, sayr qilish vaqtida suv bo‘yida bo‘lish ijobiy samarani kuchaytiradi. Shuningdek tabiat qo‘ynida sport bilan shug‘ullanish ham juda foydali.

3. Bu ko‘rish qobiliyati uchun foydali

Olimlar, tabiat qo‘ynida dam olish bolalarda uzoqni yaxshi ko‘rolmaslikning paydo bo‘lish xavfini kamaytirishini aniqladil.

4. Bu diqqatni bir joyga to‘plashni yaxshilaydi

Sayr qilishlar hatto diqqat etishmovchiligi sindromi va faollikning susayishi bilan og‘rigan bolalarga ham yordam beradi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bog‘da sayr qilganlaridan 20 daqiqa keyin ularning diqqatlarini jamlash osonlashgani ma’lum bo‘ldi.

5. Bu qon bosimini pasaytiradi

Yapon tadqiqotchilari o‘rmonda sayr qilish nafaqat stress gormoni miqdorini 15 foizga kamaytirishini, balki qon bosimini ham pasaytirishini aniqladi.

6. Bu saratonning oldini olishi mumkin

Hozircha aniq dalillar bo‘lmasa ham, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra tabiat qo‘ynida, ayniqsa o‘rmonda bo‘lish saratonga qarshi oqsillarning ishlab chiqilishiga yordam berishi aniqlandi.

Shuningdek, yaponiyalik olimlar ko‘plab o‘rmonlar bor joylarda yashovchi aholi o‘rtasida saraton kasalligidan o‘lish darajasi pastroq ekanligini aniqladi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tabiat qo‘ynida ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun 6 ta sabab