14:22 / 11.08.2017
9 424

Kim ko‘proq tushkunlikka beriladi: ayollar yoki erkaklar?

Kim ko‘proq tushkunlikka beriladi: ayollar yoki erkaklar?
Hech kimga sir emaski, erkaklar barcha muammolarini mustaqil o‘zlari hal etishga harakat qilishadi. Hatto, biror nima ularni bezovta qilsa ham, atrofdagilarga jar solmay, lom-lim demay, ichga yutishadi. Shu sababli, erkaklar ruhiy muammolarga ayollarga nisbatan ko‘proq duch kelishadi.

“Mind” tashkiloti mutaxassislari 30 ta yirik kompaniya (Deloitte, HMRC, Jaguar Land Rover va PepsiCo) 15 000 nafar erkak xodimlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, ularning 1763 nafarida ruhiy muammolar borligini aniqladilar.

So‘rovda ishtirok etgan har uchtadan bir erkak ruhiy muammolari ish bilan bog‘liq ekanligini aytgan. Erkaklarning 14 foizi esa ruhiy muammolari ish bilan bog‘liq emasligini ta’kidlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, erkaklar televizor ko‘rish, jismoniy mashqlar bajarish yoki spirtli ichimlik ichish orqali o‘zlarini chalg‘itar ekan. Mutaxassislar erkaklarga ham, ayollarga ham, xodim va rahbarlarga ham o‘z muammolarini sir saqlamasliklarini maslahat beradi.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kim ko‘proq tushkunlikka beriladi: ayollar yoki erkaklar?