21:57 / 11.08.2017
7 755

Munajjimlar bashorati: 12 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 12 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun faqat qalbingiz amriga bo‘ysungan holda ish tuting. Kun davomida sizni kimlardir noqonuniy, xohishingizga qarshi ishlarni amalga oshirishga undashi mumkin. Ana shulardan ehtiyot bo‘ling. Moliyaviy masalada ham vaziyat deyarli shunday. Oson pul topish yo‘llarini o‘rgatuvchilar paydo bo‘lishi muqarrar. Esda tuting, oson pul topish faqat ertaklarda bo‘ladi. Hayotda esa xohlaysizmi-yo‘qmi, ter to‘kishingiz lozim. Kunning ikkinchi yarmida ish yuzasidan o‘zga shaharga otlanishingiz kutiladi. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun yulduzlar sizga salomatligingiz haqida qattiqroq qayg‘urish, agar ortiqcha vaznga ega bo‘lsangiz, bu vazndan zudlik bilan xalos bo‘lish harakatiga tushishingizni maslahat berishadi. Imkon topsangiz, asosiy vaqtingizni sportzalda kechirsangiz ham ziyon qilmaydi. Oilalilarning ba’zilari 12 avgust kuni farzandli bo‘lishi kutilmoqda. Yirik ko‘rinishdagi moliyaviy operasiyalarga hali vaqt bor. Shunday ekan, kelgusida tadbirkor bo‘lishni orzulaganlar pul yig‘ishda davom etaverishlari tavsiya etiladi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
12 avgustda har qanday tadbirni tashkilotchi sifatida boshqarishingiz sizga har jihatdan naf keltiradi. Bu moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas. Shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa-yu, olis safarga otlanish harakatida bo‘lsangiz, bu fikrdan qayting. Shaxsiy mashinangizda qilingan safar sizga muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Moddiy ahvolingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi. Oilasizlar bugun kechqurun bo‘lg‘usi taqdirdoshini uchratib tanishishlari kutiladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Agar mayda-chuyda tashvishlarga o‘ralashib qolmasangiz, kuningiz unumli va mazmunli o‘tadi. Agar anchadan beri yangi uy sotib olishni mo‘ljallab pul jamg‘argan bo‘lsangiz, bu orzuingiz aynan 12 avgust kuni amalga oshadi inshoolloh. Qolaversa, uy sotish amali ham bugun muvaffaqiyatli kechadi. Basharti ovqatlanishda, jismoniy harakatlarni sodir etishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymasangiz, salomatligingiz pand bermaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
12 avgust kuni siz obro‘li va badavlat insonlar davrasiga tushib qolishingiz mumkin. Bu ommaviy tadbirlardan birida sodir bo‘ladi. Biroq bu tanishuv sizga kelgusida ham yuqori lavozim, ham boylik ato etishi ehtimoldan xoli emas. Qarindoshlarga nisbatan e’tiborliroq bo‘ling, kutilmaganda janjallar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymang. Oila qurmaganlarning ayrimlari kechqurun romantik uchrashuvni boshdan kechirishlari kutiladi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun pul masalasida omadingiz keladi. Ilgarigidek kimlardandir qarz so‘rab ovora bo‘lmaysiz. Kun davomida bajargan ishlaringiz o‘z mevasini beradi. Ishxonada rahbarlar bilan muloqotda juda sergak bo‘ling. Bugun kunning ikkinchi yarmida surunkali xastalikka chalinganlarning ahvoli sal yomonlashuvi kutiladi. Shuning uchun ehtiyot shart vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘ying. Sportning hech qanday turi bilan щug‘ullanmang. Bu ahvolingizni battar yomonlashtiradi. G‘iybatchilardan nariroq yurishingiz tavsiya etiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ish joy bo‘ladimi, boshqa joymi, baribir o‘zingiz qo‘l urgan ishga ijodiy yondoshish orqali barchani lol qoldirishingiz zarur. Shunda odamlar orasidagi obro‘yingiz va hurmat-izzatingiz ortishi mumkin. Qolaversa, siz qay kasb egasi bo‘lishingizdan qat’i nazar raqobatchilaringiz ko‘p. Ular qarshisida haqiqatan katta kuch va imkoniyatga ega ekaningizni namoyish eting. Har bir ishni puxta reja asosida amalga oshiring. Oilasi yo‘qlar kechqurun romantik uchrashuvdan umid qilsalar bo‘ladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Agar bugun erta tongdanoq bajarajak ishlar hamda salomatlik haqida qayg‘urmasangiz, ahvol jiddiy tus olishi hech gap emas. Biroq hech kimdan yordam kutmang va so‘ramang. Qalbingiz amriga quloq tutgan holda ish tuting. Har bir ishni reja asosida amalga oshiring. Tadbirkor bo‘lishni orzulaganlar ham 12 avgust kuni harakatni boshlayversalar bo‘ladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatlanishda sergaklikni qo‘ldan bermang. Kechqurun uyingizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
12 avgustda juda ko‘pchilikka qo‘lingizdan keladimi-yo‘qmi, va’dalar berib tashlashingiz kutiladi. Ammo esda tuting. Odamlarni bir marta aldash mumkin. Keyingi gal ular sizga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi. Kimnidir qattiq sevuvchi, yaqin kelajakda turmush qurib baxtli hayot kechirish niyatida yurganlar bugun sira ikkilanmasdan to‘yni boshlasalar bo‘ladi. 12 avgust kuni tashkil etilgan to‘y marosimlari muvaffaqiyatli kechadi. Bu oila mustahkam bo‘ladi. Kechqurun ba’zilar olis safarga otlanishlari mumkin.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar o‘zgalar muammolari bilan shug‘ullanmaslikni maslahat berishmoqda. Chunki ular bir kun kelib siz yordam so‘rasangiz, o‘zlarini olib qochishlari tayin. Shunday ekan, har kim o‘z aravasini o‘zi tortgani ma’qul. Mehnat ta’tiliga chiqish uchun bugun ariza yozsangiz, rahbaringiz albatta imzo chekadi. Kechga borib o‘zingizni negadir lohas his eta boshlaganingizni payqaysiz. Biroq bu holat qo‘rqinchli emas. Bir soat yotib dam olsangiz, o‘tib ketadi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
12 avgustda kun bo‘yi elib-yugurib turli ishlarni uddalash payida bo‘lasiz. Kimlar bilandir telefon orqali so‘zlashishingizga ham ko‘p vaqt ketadi. Ammo bu sizga faqat naf keltiradi. Qancha ko‘p yugursangiz, shuncha mo‘l daromad olasiz. Shaxsiy hayotingizda kunning ikkinchi yarmiga borib tub burilishlar sodir bo‘lishi mumkin. Bir kun kelib quruq katmon bilan qolishni xohlamasangiz, xarajatlarni kamaytiring.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Ish joyingizda rahbarlar ancha oldin sizga o‘ta mas’uliyatli ishni ishonib topshirishgandi. Bugun o‘sha ishni oxiriga etkazishingiz zarur bo‘ladi. Aks holda tanqid ostida qolasiz, mukofotdan ham mahrum bo‘lasiz. Oilada kechki paytga kelib yaqinlaringiz bilan dahanaki janjallar yuzaga kelish ehtimoli bor. Kechqurun salomatligingiz pand bera boshlashi kutiladi. Albatta mutaxassis ko‘rigidan o‘ting.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 12 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..