19:25 / 17.08.2017
12 710

Munajjimlar bashorati: 18 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar  bashorati: 18 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun ishda faolligingiz ortishi juda mushkul kechishi mumkin. Lekin sira tashvishga tushmang, ish bitirishda do‘stlar va hamkasblar yordami sizga qanot bo‘ladi. Shaxsiy hayotda muhim qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri kelsa, albatta juftingiz bilan bamaslahat ish tuting. Bugun zinhor bankdan ham, odamlardan ham katta miqdorda qarz ko‘tarmang, oxiri voy bo‘lishi kutiladi. Kechqurun salomatligingizni nazoratdan o‘tkazing. Surunkali xastalikka chalinganlar vrach ko‘rigidan o‘tib, salomatliklarini kun davomida nazoratda ushlashlari tavsiya etiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

18 avgust kuni har bir bajargan ishingiz haqidagi hisobotni tayyor holda saqlang. Rahbarlaringiz surishtirib qolganda mulzam tortmaysiz. Agar ishni talab darajasida bajarganingizga ishonchingiz komil bo‘lsa, hadeganda bu haqda bosh qotiraverishingiz shart emas. Oilada rashk va shubha-gumonlarga erk bermang, bu tinchingizni buzishdan boshqasiga yaramaydi. Salomatligingizga putur etadi. Kechqurun sut mahsulotlari iste’mol qilish bilan cheklaning. Asosiy vaqtingizni farzandlar davrasida o‘tkazing.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Ish joyingizga tekshiruvchilar kelishi kutiladi. Agar sizning ishlaringiz joyida bo‘lsa, qo‘rqishingizga sira hojat yo‘q. Aksi bo‘lsa, oldindan tayyorgarligingizni ko‘rib qo‘yishingizga to‘g‘ri keladi. Oilada pulning orqasidan juftingiz bilan orangizda janjal kelib chiqishi mumkin. Kelgusida shunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun oilaviy byudjetni qat’iy nazoratda ushlang. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Yog‘li taomlar iste’molida ehtiyot bo‘ling, organizmingiz jabr ko‘rish ehtimoli bor.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugungi kuningizni yaqinlaringiz va yaxshilab dam olish uchun ajrating. Ish qochib ketmaydi. Ammo oilani doimo ehtiyotlash lozim. Xarajatlaringiz ko‘paygandan ko‘payishi kutiladi. Shuning uchun eng zarur buyumlarni yoki mahsulotlarni xarid qiling. 18 avgust kuni jarohat olishingiz xavfi bor, shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, buguncha rulga o‘tirmay turganingiz ma’qul.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

18 avgustda yangi tanishuvlar kutadi. Lekin duch kelgan bilan tanishib, do‘st tutinib ketaverishingiz ham noto‘g‘ri. Oldin bu odamlarni yaxshilab tekshiruvdan o‘tkazib olishingiz zarur. Juftingiz bilan munosabatlaringiz sovuqlashgan bo‘lsa, bugun yarashish uchun qulay imkoniyat tug‘iladi, foydalanib qoling. Oilasizlar ham bo‘lg‘usi umr yo‘ldoshi bilan yaqinda tanishgan bo‘lsa, bir-birlarini o‘rganib chiqishlari talab etiladi. Kechqurun sizni qo‘shnilardan kimdir mehmonga taklif etishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugun ishlaringiz baroridan kelishi uchun birinchi navbatda ko‘ngilni keng qilishingiz zarur. O‘ta e’tiborli bo‘lmang, asablarni sal bo‘sh qo‘ying. Oqqan daryo oqaveradi. Uni faqat xudo to‘xtata oladi. Oilaviy hayotda esa do‘stlar bilan bamaslahat ish tutsangiz, yutqazmaysiz. Chunki bugun qalbingiz sizga haqiqatni so‘ylashdan tiyilib turishi kutiladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar kun davomida qon bosimini, organizm holatini qayta-qayta nazoratdan o‘tkazsinlar.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

18 avgust kuni kayfiyatingiz qanday bo‘lmasin, qanday muammolar sizni qurshab turmasin, baribir hayotdan lazzat olishda davom eting. Tabiat qo‘ynigami, kafegami yaqin insonlar bilan jo‘nab dam oling. Salomatligingiz yaxshi bo‘ladi, shunday ekan, mazmunli vaqt o‘tkazishga barcha imkoniyatlar mavjud. Moliyaviy ahvolingiz ham bugun havas qilsa arzigudek darajada yaxshi bo‘ladi. Xohlagan buyumingizni xarid qilaverishingiz mumkin. Bir so‘z bilan aytganda bugun sizning kuningiz.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun birovlarni bilib-bilmay aldab qo‘yishdan, qarama-qarshi jins vakil va vakilalari bilan jinsiy munosabatga kirishishdan saqlaning. Bularning barchasi sizga ofatdan bo‘lak narsani hadya etmaydi. Moliyaviy masalada yutuqlardan umidvor bo‘lmang, ammo pulsiz ham qolib ketmaysiz inshoolloh. Lavozimingiz yuqorilashi uchun yangi tanishlar topishingiz kerak bo‘ladi. Kechqurun yolg‘iz qoling. Bugun tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

18 avgust kuni o‘zingiz qachonlardir boplab aldaganlar paydo bo‘lishi va sizni ham xuddi shunday aldab qochishi kutiladi. Qaytar dunyo deganlari shu bo‘lsa kerak-da! Lekin bu aldovlar fojia keltirmaydi. Bugun boshqa uyga ko‘chish va yangi ish topish muvaffaqiyatli kechadi. Salomatligingiz kechqurunga yaqin pand bera boshlashi mumkin. Vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘ying. Oilasizlar esa juft tanlashda qachonlardir xatoga yo‘l qo‘yishgan ko‘rinadi. Bugun o‘sha tanlaganingiz bilan bir umrga xayrlashishingizga to‘g‘ri keladi. Hechqisi yo‘q, idealingizdagi inson albatta topiladi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Bugun tog‘ echkisi burji ostida tug‘ilganlarning ayrimlari azaliy bir orzusiga etishi kutiladi. Siz olis mamlakatlardan biriga sayohatga otlanishingiz mumkin. Ammo bu sayohatga faqat samolyotda borishingiz tavsiya etiladi. Suv transporti sizga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Reklama, tijorat va huquqshunoslik sohasida ter to‘kuvchilar uchun bugungi kun muvaffaqiyatli kechadi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

18 avgustda negadir ichki dunyongizda ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lganini anglab etasiz. Oila qurmaganlarni bugun romantik uchrashuv kutadi. Bu uchrashuv bir umr yodingizda qolishiga shubha yo‘q. Lekin muhabbatingizni do‘stlikka almashtirish haqida o‘ylab ham ko‘rmang. Aks holda yana yolg‘iz qolishingiz mumkin. Kechqurun shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq ajoyib yangilik eshitasiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Baliq burji vakillari uydan uzoqqa suzib ketib qolmasliklari tavsiya qilinadi. Yo‘qsa, eng qiziqarli va muhim yangiliklardan quruq qolasiz. Shaxsiy hayotingiz va ishingizda vaqtinchalik tanaffuslar ko‘zga tashlanadi. Oilasiz bo‘lsangiz, bugun bo‘lg‘usi sevgilingizni uchratishingiz ehtimoli ko‘proq. Moliyaviy ahvolingiz ham kechqurunga borib yaxshilanadi. Kunning ikkinchi yarmida bosh va oyoq og‘rig‘idan bezovtalanishingiz mumkin.


Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 18 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..