18:03 / 20.08.2017
26 348

O‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirish uchun 3 ta mashq

O‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirish uchun 3 ta mashq
Biror ish yoki biznesni boshlashdan avval, inson juda ko‘p marotaba o‘ziga ishonchni yo‘qotadi. Agar ushbu maslahatlar o‘z bo‘lsada ishonchingizni tiklashga va ishingizni yakunlashga kuch bersa, demak maqola foydali bo‘ladi.

Bu mashqlarni bajarish uchun sizga faqatgina ruchka va qog‘oz kerak bo‘ladi.

1. «Nima uchun omadga erishaman»

Qog‘ozni oling va unga shunday deb yozing: «__________ sifatida nima uchun men omadga erishaman?»

Shundan so‘ng, o‘tmish xatolari va kelajak orzularini unutib, faqatgina hozir haqida o‘ylang: Nimalarga qodirsiz, qanday imkoniyatlarga egasiz va nimada iste’dodingiz bor. Savolingizga javob sifatida hamma o‘ylaganlaringizni yozib chiqing.

Keyin esa shoshilmasdan barcha yozganlaringizni o‘qing. Ular rostdan ham omadga erishishingiz uchun sizda bor sabablar. Bu ro‘yxatni o‘qib, o‘zingizga ishonch ortadi. Uni saqlab qo‘yish va tez-tez o‘qishni tavsiya qilamiz.

2. Omadga tayyorlanish

Bu affirmasiya deb ataladi va uni takrorlash yordamida ongni, hayollar va kayfiyatni o‘zgartirish mumkin. Boshqa so‘z bilan aytganda — bu o‘z-o‘zini ishontirish. Masalan, quyidagi kabi gaplarni qog‘ozga tushirib, har kun o‘qishingiz va ro‘yxatni to‘ldirib borishingiz mumkin. Faqat, negativ fikrlardan qoching:
  • Orzuimni aytsh va unga erishishga tayyorman;
  • Keyingi qadam uchun tayyorman;
  • Men diqqat markazida bo‘lishga haqliman, yurakdan yashash va o‘zimni birinchi o‘rinda ko‘ra olaman;
  • Men yanada kuchli va aqlli bo‘la olaman;
  • Ko‘p pul topa olaman, meni ruhlantiradigan odamlar bilan ishlab, yoqmaydiganlarga rad javobini bera olaman;
  • O‘zim xohlagancha yashash huquqiga egaman.


3. Maqsadlar qo‘yish

Har doim keyingi kunda qilishingiz kerak bo‘lgan bitta yoki bir nechta ishlarni yozib boring. Har bir yozilgan ishni tugatib — maqsadlaringizga etayotganingiz haqida o‘ylang.

Yoziladigan vazifalar esa odatiy bo‘lmasligi kerak. Ular sizni komfort hududidan chiqara olsin, ya’ni kundalik turmushdan boshqa — sizni oldinga intiltira oladigan biror vazifa yozishingiz kerak. Yangi, qiyin vazifalar bilan o‘zingizga ishonchni orttirib borasiz.

Vaqt o‘tishi bilan boshida qiyin ko‘ringan ishlarni uddalaganingizni ko‘rib, o‘zingizga ishonch ham ortadi. Endilikda ular sodda bo‘lib qolganini, sizning esa qo‘lingizdan ko‘proq ish kelishini tushunib etasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirish uchun 3 ta mashq