21:42 / 21.08.2017
9 348

Munajjimlar bashorati: 22 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 22 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun barcha muammolar, tashvishlarni elkangizdan oshirib tashlashingiz tavsiya qilinadi. Chunki bugun siz uchun quvonchlar keltiradigan kun. Siz ham ishda, ham oilada ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan yutuqlarga erishishingiz mumkin. Faqat astoydil xohlasangiz bas. Atrofda kimlardir sizga ola qarasa, umuman e’tibor bermang. Faqat olg‘a bosing. Kechqurun vaqtingizni oilangiz uchun bag‘ishlang. Agar salomatligingiz yaxshidek ko‘rinmasa, o‘zingizni qandaydir lohas his etsangiz, jahldorlik hissi qalbingizni chulg‘ab, ko‘nglingiz g‘ash tortaversa, qo‘rqmang. Quyosh tutilish arafasida va undan keyin shunday holatlar bo‘lishi tabiiy.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

22 avgust kuni har jabhada qat’iy qaror bilan harakatlar sodir eting. Bir daqiqa bo‘shashishingiz ham ishlar orqaga ketishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Muhabbatda ham omad siz tarafda bo‘lishi kutiladi. Kechqurun yirik xaridlarni amalga oshirasiz. Bu oilangiz bilan bog‘liq xarajatlar. Ular sizga iliq kayfiyat hadya etadi. Salomatlikni, xotirjamlikni saqlang. Juftingiz bilan xush muomalada bo‘ling. Bugun birovga zinhor va’da bermang, baribir uddasidan chiqa olmaysiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun sportda va ishda arzirli natijalarga erishasiz. Yaqinlaringiz bilan muloqotda ruhan barqarorlikka erishish masalasiga alohida e’tibor qarating. Hatto moliyaviy ahvolingizning qanday bo‘lishi ham kayfiyatingiz bilan bog‘liq. Kunning ikkinchi yarmida jismoniy zo‘riqishlardan qoching, asabiylashishga majbur etadigan vaziyatlardan nariroq bo‘ling, birovlarning janjaliga aralashmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

22 avgustda ishxonangizdagi majburiyatlaringizni tartibga keltirgan holda mehnat qilishingiz tavsiya etiladi. Shunda rahbarlar tanqidiga uchramaysiz. Pala-partish bajarilgan ishda sifat bo‘lmasligini unutmang. Bugun sizga kelajakda moddiy ko‘mak ko‘rsata oladigan insonlar bilan uchrashuv muvaffaqiyatli kechadi. Ijodkorlarning ham aynan bugun yangi qirralari ochilishi kutilmoqda. Kechqurun toza havoda albatta sayr qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugungi kun siz uchun ancha og‘ir kechishi mumkin. Shu sababli rejalarni puxtalagan holda aniq maqsad sari yo‘l soling. His-tuyg‘ularingizni reviziyadan o‘tkazib oling. Shunda juftingiz bilan orangizda kelishmovchiliklar paydo bo‘lmaydi. Kechqurun tanangizda kuchli charchoq tuysangiz, juftingiz va farzandlaringiz bilan yaqin atrofdagi kafeda ovqatlaning, dam oling. Bo‘lmasa, bir necha soat yolg‘iz qolsangiz ham charchoqlar sizni tark etadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

22 avgust kuni o‘zingiz birga ishlaydigan hamkasblardan biri haqida juda qiziqarli ma’lumotlardan boxabar bo‘lasiz. Kun davomida bir necha o‘n marotaba sizga yangi ish taklif qilishlari mumkin. Bunday vaziyatlarda tafakkurni ishga solib, keyinchalik afsus chekishga majbur etadigan ishni tanlashingiz kerak bo‘ladi. Ruhiyatingiz biroz tushkun bo‘lishi, asabiylik qalbingizni egallashi kutiladi. Ammo bu o‘tkinchi jarayon. O‘zingizni ehtiyot qiling. Salomatlikni asrang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Ish joyingizda o‘zingizni tutish masalasini bir o‘ylab ko‘ring. Ijobiy tarafga o‘zgarishingizga to‘g‘ri keladi shekilli. Muhabbatda va moliyaviy muammolarni hal etishda asabiy vaziyatlar yuzaga kelish ehtimoli bor. Tavakkalchilikdan qoching va shubhali loyhalarga pul tikmang. Kunning ikkinchi yarmida oila va ish o‘rtasida qolib ulardan birini tanlashingizga to‘g‘ri kelsa, sira ikkilanmay ikkinchisini tanlang, afsuslanmaysiz. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

22 avgust kunning birinchi yarmida moliyaviy muammolarni hal etishga shu qadar qattiq kirishasizki, oila masalasi ham yodingizdan chiqib ketadi. Agar mehnat ta’tilida bo‘lsangiz, rostakamiga dam oling. Tog‘ yon-bag‘riga chiqing, do‘stlarni yoningizga olib kabobxo‘rlik qiling. Salomatligingiz kun so‘ngiga borib yomonlashishi kutiladi. Buni bartaraf etishda albatta noan’anaviy davolash usullaridan foydalaning, foydasini sezasiz. Kechqurun xonadoningiz mehmonga to‘lishi mumkinligi ham ehtimoldan xoli emas.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Yaqin o‘tmishdagi muammolarni o‘z joyida qoldirib, yangilarini ijobiy hal etish harakatida bo‘ling. O‘tmishdagi muammolarga o‘ralashsangiz, behuda vaqt yo‘qotasiz xolos. Xayolparastlik, shirin orzular ummonida suzish oilaviy hayotingiz mustahkam tortishida yordam beradi. Duch kelgan taomni iste’mol qilishdan tiyiling. Jismoniy zo‘riqishlarga yo‘l bermang. Kechqurun yoqimli xabarlar eshitasiz.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

22 avgust kuni mavjud rejalar asosida ish tuting, yangi rejalar tuzishingiz shart emas. Vujudingizdagi quvvat barcha ishlarni qoyillatib bajarish uchun etarli. Shaxsiy hayotingiz bugun hashamatlardan yiroq bo‘lishi kutiladi. Bunda o‘zingizning ham aybingiz borligini unutmang. Juftingiz bilan kelisha olmayotgan bo‘lsangiz, qalbiga yangi yo‘l topish haqida bosh qotiring. Kechqurun uyingizga olisdan mehmonlar tashrif buyurish ehtimoli bor.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Bugun hayotda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha masalalarda oilangiz a’zolari bilan maslahatlashishingiz lozim bo‘ladi. Hatto ro‘zg‘or ikir-chikirlarini ham maslahatlashish orqali bajaring. Moliyaviy ahvolingiz nihoyatda yaxshi bo‘lishi uchun bir qator imkoniyatlar tug‘iladi. Ulardan foydalanib qolmaslik gunoh. Kechqurunga yaqin yirik xaridlar qilishni ko‘nglingiz tusab qoladi. Bu masalada o‘ylab o‘tirishingizga hojat yo‘q. Pulingiz etarlidan ham ko‘proq. Sog‘lig‘ingizni ham yoddan chiqarib qo‘ymang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

22 avgustda baliq burji ostida tug‘ilganlarning ko‘pchiligi o‘z hayotini qanday to‘g‘ri yo‘lga solish haqida bosh qotirishadi. Bu xususda yaqin do‘stlar maslahati ham ortiqchalik qilmaydi. Oyoq, bosh va o‘t qopi atrofida og‘riqlar sezishingiz mumkin. Bu narsa quyosh tutilishi bilan ham bog‘liq. Shunday ekan, vahima ko‘tarishingizga asos yo‘q. Mehnat ta’tilida bo‘lsangiz, tabiat qo‘ynida dam olib keling. Har qanday jabhadagi tanaffuslar faqat sizning foydangizga ishlaydi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 22 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..