18:07 / 26.08.2017
5 208

Rezina shippak kiymaslik uchun 3 sabab

Rezina shippak kiymaslik uchun 3 sabab
Buvilarimiz tomonidan yoshlik paytlarimizdan beri uqtirib kelinadigan: sochlar ho‘lligicha uxlash, tosh ustida o‘tirish, sabzavotlarni kesish yoki rezina shippakda yurish mumkin emasligi haqidagi nasihatlar haqiqatan ham to‘g‘rimi? Keling ularni mantiqiy jihatdan tahlil qilib ko‘ramiz.

Yassi oyoqlik

Bu yerda mantiq birinchi qarashda juda oddiy: oyoq kiyimning tagi yassi bo‘lganidan keyin sizda ham yassi oyoqlik yuzaga keladi. Aslini olganda esa yassi oyoqlik tagcharmi tekis bo‘lgani uchun emas, balki bu shippakning orqasi yo‘qligi va tovonga mahkamlanmagani uchun paydo bo‘ladi.

Tovon qadoqlari

Qadoqlar rezina shippakning mahkamlanmagan orqa tomoni har doim tovonlarga urilaverishi natijasida paydo bo‘lishi mumkin. Albatta bu urilishlar unchalik shikast yetkazmaydi, lekin yumshoq va yaxshi mahkamlanmagan tagcharm haqiqatan ham muammo tug‘dirishi mumkin.

Tizzalardagi og‘riq

Xalq tabobati bo‘g‘imlardagi og‘riqlarni revmatizm bilan, uni esa o‘z navbatida rezina oyoq kiyimlarining salbiy ta’siri bilan bog‘laydi. Aslida bu yerda rezina aybdor emas: siz xuddi shunday xavfni plastik, latta, probkali va boshqa har qanday shippaklarni kiyganingizda ham hisobga olishingiz kerak. Tovon bilan bog‘lanishning yo‘qligi muvozanatni saqlash va oyoq kiyim tushib ketmasligi uchun sizga tushayotgan og‘irlikni notabiiy ravishda taqsimlashga majbur qiladi. Bu tizza bo‘g‘imiga tushayotgan og‘irlikni oshiradi — va u vaqtidan oldin ishdan chiqadi.

Albatta, agar siz bunday shippaklarni bir yilda ikki hafta kiyadigan bo‘lsangiz, unda mavjud xavf omillarining hammasi ham yuzaga kelishga ulgurmasligi mumkin. Lekin, umuman olganda yaxshisi bunday shippaklarni kiymaslikni maslahat berar edik.

Manba: «Daryo»

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Rezina shippak kiymaslik uchun 3 sabab