13:27 / 28.08.2017
7 554

Nima uchun mehnatsevarlarning muvaffaqiyatga erishishi qiyin?

Nima uchun mehnatsevarlarning muvaffaqiyatga erishishi qiyin?
Muvaffaqiyatga erishishda aql va mehnatsevarlik bizga yordam beradigan yagona omillar emas. Agar siz bor kuchingiz bilan harakat qilsangiz ham istaganingizga erisha olmagan bo‘lsangiz, balki bunga quyidagi sabablardan ba’zilari aybdor bo‘lishi mumkin.

1. Siz yangi tanishlar orttirmaysiz

Eski tanishlar bilan muloqot qilish oson. Bir-biringizni anchadan beri taniysiz, sizlarning umumiy xotiralaringiz, quvonchli voqealar va hazillaringiz ko‘p. Muammo shundaki, eski mavzularni qayta-qayta muhokama qilish bilan siz o‘tmishingiz bilan yashaysiz. Va bu sizga biror-bir yangi narsani bilishga yo‘l qo‘ymaydi.

Agar sizga yangi odamlar bilan tanishish qiyin bo‘lsa, oz-ozdan boshlang. Har hafta notanish odamlar bilan suhbatlashishga harakat qiling. Keyin bu sizni unchalik qo‘rqitmaydigan bo‘ladi.

2. Siz o‘zgarishlardan qochasiz

Vaqt o‘tsa ham sizning atrofingizdagilar o‘zgarmasa, biron bir yangi narsalarga ko‘nikish qiyinlasha boshlaydi. O‘zgarishlar esa — bu yangi imkoniyatlar va istiqbollar hisoblanadi. Shuning uchun o‘zgarishlardan qochish o‘rniga ulardan foydalanishga harakat qiling. Ochiq va qiziquvchan bo‘ling.

3. Siz tavakkal qilishdan qo‘rqasiz

Ko‘pincha aqlli odamlar qulaylik doirasidan chiqishga qo‘rqadi, chunki ular uchun u yerda hamma narsa tanish va xavfsiz. Ular boshqalar bosib o‘tgan yo‘llardan yuradi va ularning muhitida ommabop bo‘lgan kasbni tanlaydi. Oqibatda ko‘pchilik bajarayotgan ishlari o‘zlarini qoniqtirmasligini tan oladi. Ular har doim orzu qilib kelgan ishlari bilan shug‘ullanishdan qo‘rqadi.

Agar siz biron bir qarorni qabul qilishga ikkilanayotgan bo‘lsangiz, bu kelajagingizga qanday ta’sir qilishini tasavvur qilib ko‘ring. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bersangiz pushaymon bo‘lasizmi?

4. Siz qaror qabul qilishni bilmaysiz

Aql va mehnatsevarlik ko‘p eshiklarni ochadi. Afsuski, ba’zan imkoniyatlarning ko‘pligi tanlashni qiyinlashtiradi. Bu o‘zingizga mos keladigan variantni topishga cheksiz ravishda urinib ko‘rishga va yaxshisini qo‘ldan boy berishdan qo‘rqishga olib keladi. Ba’zilar oliygohni bitirganidan 10 yil o‘tgandan keyin ham nima bilan shug‘ullanishni xohlayotganlarini o‘zlari ham bilmaydi.

Muhim qaror qabul qilishdan oldin, sizni qiziqtirayotgan soha faoliyati bilan yaxshi tanish bo‘lganlar bilan maslahatlashing. O‘z ishining ustalari hisoblanadiganlar bilan gaplashing, kerakli mavzudagi maqolalar yoki kitoblarni o‘qib ko‘ring.

Manba: «Daryo»

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun mehnatsevarlarning muvaffaqiyatga erishishi qiyin?