16:27 / 30.08.2017
9 501

Sizning yashashingizni qiyinlashtiradigan 5 ta xato

Sizning yashashingizni qiyinlashtiradigan 5 ta xato
Baxtliroq yashash uchun bu odatlardan voz kechishingiz kerak.

1. Faqat o‘zini o‘ylash

Hayotni qiyinlashtirishning eng oson yo‘li — o‘zingizni butun dunyo faqat sizning atrofingizda aylanayotgandek tutish. Qanday rejalar tuzishingizdan qat’i nazar, ular har doim boshqa odamlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Biron narsani rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz ularning istaklari va imkoniyatlarini ham hisobga oling. Shunda siz mukammal rejangizni kimdir buzgani uchun hafsalangiz pir bo‘lishining oldini olgan bo‘lasiz.

2. Tavakkal qilishdan voz kechish

Hayotni boy berilgan imkoniyatlar haqida armon bilan o‘tkazishning yana bir oson yo‘li — tavakkal qilishdan voz kechish.

Albatta, o‘z hayotini va sog‘lig‘ini xavf-xatarga qo‘yish to‘g‘ri emas, lekin gap unchalik muhim bo‘lmagan narsalar to‘g‘risida ketganda, bu ish hatto muvaffaqiyatsizlik bilan tugashi mumkin bo‘lsa ham hamma imkoniyatlardan foydalaning.

3. Keraksiz odamlarga vaqt sarflash

O‘zingizga yoqmaydigan va sizga yomon munosabatda bo‘ladigan odamlarga vaqtingizni sarflab o‘tirmang. Vaqt — eng qimmatli boyliklardan biri hisoblanadi. Agar sizga bironta odam bilan muloqot qilish yoqmasa, undan ham muhimroq ishlar bilan shug‘ullaning yoki o‘zingiz uchun qadrli bo‘lgan odamlar bilan uchrashing.

4. Ortiqcha yaqinlik tuyg‘ulari

Odamlardan ham, narsalardan yoki imkoniyatlardan ham voz kechishga o‘rganish juda muhim. Nimadir tamom bo‘lganiga bir umr afsus qilib yashash noto‘g‘ri. Buning o‘rniga yangisini tuzishni boshlang.

5. Qaytarishning yo‘qligi

Baxtli bo‘lish uchun nafaqat olish, balki qaytarish ham juda muhim. Boshqalar bilan o‘rtoqlashing, maqtovlar ayting, yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qiling. Shunda siz atrofdagilarni ham, o‘zingizni ham biroz baxtliroq qilgan bo‘lasiz.

Manba: «Daryo.uz»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sizning yashashingizni qiyinlashtiradigan 5 ta xato