20:22 / 01.09.2017
9 219

Odamlarni o‘ziga tortuvchi kishining 5 fazilati

Odamlarni o‘ziga tortuvchi kishining 5 fazilati
Agar siz odamlarga yoqishni xohlasangiz o‘zingizda kerakli fazilatlarni oshiring.

1. U boshqalarga yaxshi munosabatda bo‘ladi

Buning uchun o‘z xudbinligini tiyishga to‘g‘ri keladi. Suhbatdoshidan yaxshiroq bo‘lishga harakat qilish kerak emas. Uning yutuqlarini kamsitib o‘zingizni boshqacharoq ko‘rsatishga harakat qilmang. Yaxshi odamga bunday qilishning hojati yo‘q. U o‘zi bilan o‘zi bo‘lishidan baxtli, shuning uchun o‘z kuchlariga ishonadi.

2. U o‘zining qadr-qimmatini biladi

Yoqimli odam uni qadr-qimmatiga qarab baholashlari kerakligini yaxshi biladi. O‘ziga ishonish — hayotda ko‘pgina vaziyatlarda yordam beradi.

3. U salbiy odatlardan qochadi

Biz atrofimizdagi odamlarning yurish-turishlariga taqlid qilishga moyilmiz. Albatta, biz har tomonlama ibrat olishga arziydigan odamlarning yonida o‘zimizni ancha yaxshi his qilamiz. Ma’lumki, bunday odamlar bizni ijobiy quvvat bilan ta’minlaydi. Hamma shunday odamlar bilan birga vaqt o‘tkazishga intiladi.

4. U boshqalarga yordam beradi

Yoqimli odam boshqalarni maqtashni yaxshi ko‘radi. U kerakli so‘zlarni topib aytish, ko‘ngilni ko‘tarish va yordam berish qobiliyatiga ega. Bunday odam o‘zining atrofidagi kishilarni baxtli qilishni xohlaydi.

5. U harakat qiladi

Yoqimli odam o‘zi qilayotgan ishlarning hammasiga e’tibor beradi. U salobatli ko‘rinishga harakat qiladi, ish yuzasidan bo‘ladigan uchrashuvlardan oldin suhbatlashadigan odami to‘g‘risida ko‘proq narsalarni bilib oladi va mehmonga borganda esa sovg‘alar beradi. Bu ko‘p vaqt yoki kuch talab qilmaydi. Lekin odamlar ular haqida unutmaganini ko‘radi va uning mehnatini qadr-qimmatiga yarasha baholaydi.

Manba: «Daryo.uz»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Odamlarni o‘ziga tortuvchi kishining 5 fazilati