00:07 / 03.09.2017
8 251

Munajjimlar bashorati: 3 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 3 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

3 sentyabr kuni o‘zingizni jismoniy zo‘riqishlardan nihoyatda ehtiyot qiling. Garchi havo issiq bo‘lsa-da, tabiat qo‘yniga dam olish uchun ketib qolmang. Bu salomatligingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Professional kasbingiz doirasida faollikni qo‘ldan bermagan holda harakatlar sodir eting. Agar ishning katta-kichigini tanlamasdan ter to‘ksangiz, moliyaviy ahvolingiz ham a’lo darajada bo‘ladi. Kechqurun meditatsiya va yoga mashqlari bilan band bo‘lishingiz tavsiya etiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugun kunning birinchi yarmida salomatligingiz pand bera boshlaganini his etasiz. Ammo o‘zingizga o‘zingiz tashhis qo‘ymang. Vrachga murojaat eting. Zarur bo‘lsa, to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘ting. Ish va shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq barcha sir-asrorlarni qalbingizdan nariga chiqarmang. Ko‘z tegadi. Sport va tijorat bilan faol shug‘ullanadiganlar uchun 3 sentyabr omadli kechadi. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

3 sentyabr kuni vaziyat haddan tashqari keskin bo‘lsa-da, pashshadan fil yasashingiz shart emas. Har bir muammoga bosiqlik bilan yondashsangiz, hammasi ko‘ngildagidek bo‘ladi. Tijorat bilan band bo‘lsangiz, kun davomida yangi hamkorlar va homiylar topasizki, bu kelgusidagi tijoratingizda muhim rol o‘ynashi tayin. Salomatligingiz masalasida hech qanday muammo bo‘lmaydi inshoolloh. Kechqurun og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Agar kimlardir sizning kuch va imkoniyatlaringizdan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lsa, darhol qayirib tashlang. Bunga to‘liq haqqingiz bor. Aslida tabiatan deyarli psixologsiz. Shunday ekan, duch kelgan odamga ishonib ketaversangiz, psixologligingiz qayerda qoladi?!.

Basharti o‘z xatoingiz tufayli boshi berk ko‘chada qolsangiz, yaqin qavmlar yordamiga tayansangiz bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa, qalbingizdan qo‘ymasin. Moliyaviy muammolaringiz kechki paytga yaqin albatta ijobiy hal bo‘ladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

3 sentyabr qanday ishga qo‘l urmang, o‘z imkoniyatlaringizdan kelib chiqib ish boshlang, afsuslanmaysiz. Xizmat safariga chiqish, tadbirkorlar uchun esa xorij davlatlaridan hamkorlar topish amallari bugun muvaffaqiyatli kechadi. Har qanday ko‘ngilsizlik, yoqimsiz lahzaga boshni baland ko‘targan holda boqing. Shunda oxir-oqibat siz g‘olib bo‘lasiz. Oila a’zolaringiz bilan kechqurun janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Iloji boricha bu janjalni chetlab o‘tishga harakat qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Yulduzlar bugun mavqeingiz yanada ortishini bashorat qilishgan. Faqat siz tarafdan tavakkalchilik zarur bo‘ladi. Aks holda niyatingiz amalga oshishi qiyin bo‘ladi. Ishdagi yaxshi natijalar moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishini ham ta’minlaydi. Shaxsiy hayotda esa juftingiz bilan janjallashib qolmasligingiz uchun optimist bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Sergaklikka intilish va organizmdagi ichki quvvatning yetarli bo‘lishi har qanday xastalikni sizdan nari suradi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

3 sentyabr kuni birinchi navbatda shaxsiy hayot masalasiga e’tibor qarating. Rashk, ishonchsizlik kabilar siz va juftingiz orasidagi munosabatlarni yomonlashtiradi xolos. Rahbarlar bilan muloqotda diplomat rolini bajara olsangiz, oshig‘im olchi deyavering. Mukofotlar ham, olqishlar ham xuddi shu jihatingizga bog‘liq bo‘lib turibdi. Har bir ishni bajarishda atrofdagilar fikrini ham inobatga oling, zarar qilmaysiz.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Garchi siz o‘z ishining ustasi bo‘lsangiz ham ish bajarishda jamoaviylikka e’tibor qarating. Haddan ziyod aqlli va uddaburon bo‘lsangiz-da, ko‘pchilik baribir ko‘pchilik-da! Sayohat qilish va olisga xizmat safari bilan jo‘nab ketish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Sog‘lig‘ingiz kunning ikkinchi yarmida sizga pand bera boshlashi kutiladi. Darhol oldini oling. Birrov poliklinikaga chiqib kelish va tibbiy ko‘rikdan o‘tib qo‘yish qiyinchilik tug‘dirmaydi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

3 sentyabrda bir ishni yakunlamay turib boshqasiga o‘tib ketishdan saqlaning. Bu harakatlaringiz faqat ziyoningizga ishlashi tayin. Safarga chiqish, yirik xaridlar qilish omadsizlikdan bo‘lak narsani hadya etmaydi. Shuning uchun kechqurun oilangiz davrasida qolib yaqinlaringiz bilan miriqib suhbatlar quring. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Eng sevimli xobbingiz bilan shug‘ullansangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Yulduzlar bugun ertalabdan qolib ketgan eski ishlarga qaytmasdan, faqat yangi ish boshlashingizni maslahat berishadi. Kun bo‘yi internetda o‘tirishdan tiyiling. Bundan ko‘ra do‘stlar bilan uchrashib ko‘ngil yozishingiz ko‘proq foyda beradi. Shaxsiy hayot bilan bog‘liq xabarlarni shu darajada ko‘p eshitasizki, bir muddat ularni chalkashtirib ovora bo‘lishingiz ham ehtimoldan xoli emas.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

3 sentyabr kuni tadbirkorlarimiz yangi hamkorlar topishda shubha-gumonlarni ko‘ngildan haydab solishlari talab etiladi. Ba’zilar yaqin do‘stlardan birini hamkor sifatida tanlashi mumkin. Agar siz do‘stingizga ishonsangiz, ko‘nglingizda shubha kezmasligi kerak. Shaxsiy hayotni yanada gullab-yashnatish uchun yangi g‘oyalar o‘ylab topishingizga to‘g‘ri keladi. Oila qurmaganlar hayotida bugun romantik lahzalar uchun alohida vaqt ajratilgan. Sog‘lig‘ingizni asrang. G‘iybatdan, hasaddan nari bo‘ling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Yulduzlar bugun salomatligingiz masalasiga alohida e’tibor bilan yondashishingiz zarurligini uqtirishmoqda. Ishdagi g‘alaba, yutuqlar ham kerak, ammo salomatlikni hech biri bilan almashib bo‘lmaydi. Oilada yaqinlaringiz bilan zinhor janjallashmang. Bugun jismoniy mehnat sizga ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan natijalarni va yoqimli lahzalarni hadya etadi. Demak, jismoniy zo‘riqishlar, sportning faollik talab qiladigan turlari bilan ham albatta shug‘ullaning.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 3 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..