Siz hayotingizni tubdan o‘zgartirishga qaror qildingizmi? Ishingizda muvaffaqiyat qozonishni, o‘z-o‘zingizni tarbiyalashni, boshingizni salbiy o‘ylardan xolos qilishni va yoqimliroq bo‘lishni xohlaysizmi?
Faollik bilan kirishishdan oldin o‘zingizga bir nechta savollar bering. Ularning yordamida aslida sizga nima kerakligini tushunib olasiz.
Hozir men o‘zimni nima uchun maqtashim mumkin?
Hayotimizni yaxshilash maqsadida ko‘pincha biz o‘z-o‘zimizni qiynash bilan shug‘ullanamiz, bu bilan o‘zimizning kuchli tomonlarimizni bilishga harakat qilamiz. Bu foydasiz. Faqat o‘ziga ishonish orqali to‘g‘ri maqsadlar qo‘yish va ularni amalga oshirish uchun eng qulay yo‘llarni tanlash mumkin.
Shuning uchun hozirning o‘zidayoq o‘ylab ko‘ring, o‘zingizni nima uchun maqtay olasiz? Ruhlangan odamgina haqiqiy jasoratlarga qodir bo‘ladi.
Sevgan ishim bilan shug‘ullanayapmanmi?
Bu savol kasb sohasiga tegishli. Siz haqiqatan ham o‘zingizni qiziqtiradigan, rivojlanishga va mukammal bo‘lishga yordam beradigan ish bilan shug‘ullanyapsizmi?
Yoki siz ishga faqat bir tiyinsiz qolmaslik uchun noilojlikdan borasizmi? Agar ishdan qiynalayotgan va jahlingiz chiqayotgan bo‘lsa, o‘zingizning haqiqiy maqsadingiz haqida o‘ylab ko‘rishning ayni vaqti.
Nima uchun ularning men haqimdagi fikrlari men uchun shuncha muhim?
O‘zingiz bilan vijdonan gaplashib ko‘ring, nima uchun sizni qarindoshlar, do‘stlar, hamkasblar, qo‘shnilar nima deb o‘ylashlari tashvishga soladi? Balki hammasi bolalikka borib taqalar: besh bahoning orqasidan quvishlar, ota-onalarning sevgisini qozonish va ularga yoqish istagi. Bularning sabablari qanday bo‘lmasin, ichki muzokaraning yakuni hammasi o‘tmishda qolganligini anglash bilan tugasin. Siz esa hozir va shu yerda yashayapsiz.
Nima uchun o‘zimga yoqmagan odamlar bilan muloqot qilaman?
Gap ular bilan muloqotda bo‘lish yoqmasa ham, qandaydir sabablarga ko‘ra siz bu aloqani saqlashga harakat qiladigan do‘stlaringiz haqida ketyapti.
Bunday «do‘stlik» (aniqrog‘i tobelik) sizni baxtli qilmaydi, ular bilan uchrashuvlardan keyin siz uyga ruhiy jihatdan tushkun holatda qaytasiz. O‘zingiz yaxshilab o‘ylab ko‘ring, bu sizga nima uchun kerak? Javob haqiqatda sizga kim kerakligi va kimlar sizni pastga tortishini tushunib olishga yordam beradi.
Manba: «Daryo.uz» “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!