01:28 / 13.09.2017
8 620

Kran suvini ichish mumkinmi?

Kran suvini ichish mumkinmi?
Mutaxassislarning fikricha, kran suvi tarkibida zararli og‘ir metallarning bo‘lishi — bu juda keng tarqalgan muammo. Uni bartaraf qilish uchun tozalash stansiyalarida suvga katta miqdorda suyuq xlor yoki xavfsizroq bo‘lgan natriy gipoxlorit qo‘shiladi. Albatta, bir-ikki qultum xlorlangan suvdan ichsangiz zarar ko‘rmasligingiz mumkin, lekin uni muntazam ravishda ichish tavsiya qilinmaydi — me’da-ichak yo‘llari muammolari, yurak-tomir kasalliklari va allergiyaga yo‘liqishingiz mumkin.

Ichimlik suvlarining 3 turi

Butilka yoki kanistrlardagi suvlar

Sertifikatsiyadan o‘tgan butilkadagi suvlar zararsiz va ichish uchun yaroqli hisoblanadi. Do‘konda suvlarning saqlanish shartlariga rioya qilinganligiga e’tibor bering: butilka va kanistrlarga bevosita quyosh nurlari tegmasligi, idishlarda esa yoriqlar va tirnalgan joylar bo‘lmasligi kerak.

Qaynatilgan suv

Suv qaynatilganda bakteriyalar o‘ladi, lekin kimyoviy ifloslanish qoladi, masalan og‘ir metallar. Bundan tashqari choynak ichida qasmoq paydo bo‘ladi — kalsiy va magniy tuzlari yig‘iladi. Ularning ta’sirida suv «qattiq» bo‘lib qoladi. Uni har doim iste’mol qilish siydik yo‘llarida toshlarning paydo bo‘lishi va sog‘liq bilan bog‘liq boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, «qattiq» suvning organizmga zararli ta’siri ilmiy jihatdan isbotlanmagan, shuning uchun bunday suv ichishga yaroqli deb hisoblanadi.

Filtrlangan suv

Asosiysi — taxminan bir oyda bir marta uning ichidagi kartrijni almashtirishni unutmang: agar uning oxirgi ishlatish muddati tamom bo‘lsa, u suvning sifatini yomonlashtiradi.

Agar sizning oilangiz katta bo‘lsa, suv quvuriga mahkamlanadigan turg‘un filtr o‘rnatgan ma’qul, bunday moslama katta hajmdagi suvlarni yoki suv quvuridagi juda iflos suvlarni tez tozalash imkoniga ega. Ikkinchi holatda shuni e’tiborga olish lozimki, so‘riluvchi filtrlar xlordan, mexanik filtrlar esa zanglardan, ionalmashuvchi filtrlar og‘ir metallarning tuzlaridan va zararli bakteriyalardan tozalash xususiyatiga ega.

Manba: «Daryo.uz»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kran suvini ichish mumkinmi?