21:41 / 14.09.2017
8 313

Munajjimlar bashorati: 15 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 15 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

15 sentyabr kuni xoh uy, xoh ishxona bo‘lsin, muammo sizdan qochib qutula olmaydi. Barchasini ko‘ngildagidek bartaraf etasiz. Bugun sportning eng faol turlari bilan shug‘ullanish va cho‘milish mashqlari xayrli kechadi. Salomatlikni bir maromda saqlash uchun organizmni chiniqtirishga yo‘naltirilgan mashqlarni bajaring. Shunda shamollash, gripp va boshqa yuqumli xastaliklar sizdan qocha boshlaydi. Kechqurun toza havoda albatta sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Taqdir nimani in’om etsa, olavering. Ayniqsa bugun taqdir sizga ko‘z ochib quloq eshitmagan ezguliklarni hadya etishi mumkin. Pul ham, baxt ham, shodlik ham taqdirning in’omlari sanaladi. Qolaversa, ajoyib insonlar bilan tanishishingiz ham bugunga kelib taqaladi. Faqat qarama-qarshi jins vakil va vakilalari bilan yaqin munosabatga kirishmang. Bu sizning salomatligingizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

15 sentyabr kuni erta tongda o‘zingizni faqat yaxshiliklar uchun tayyorlang. Hatto kayfiyatingiz ham shunday bo‘lishi lozim. Xususiy mulk oldi-sotdisi, yangi uyga ko‘chib o‘tish muvaffaqiyatli kechadi. Asosiysi, ko‘zlangan maqsad sari ikkilanmasdan olg‘a bosing. Ishxonada rahbarlar faqat sizning tarafingizda. Shunday ekan, har qanday ishni ham qo‘rqmasdan zimmangizga oling, mukofotini albatta qo‘lga kiritasiz.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Kuningiz juda quvonchli va yoqimli lahzalarga boy tarzda o‘tadi. Ayniqsa, shaxsiy hayotingizda yorqin vaziyatlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Oilasiz bo‘lsangiz, anchadan beri o‘zingiz yoqtirib kelgan inson bilan aynan bugun munosabatlaringiz jiddiylashadi. Faqat ehtiros emas, aqlga suyanib ish tuting. Kechqurun ba’zilarning xonadonida yangi mehmon dunyoga kelishi kutiladi. Sog‘lig‘ingizni asrang va arzimagan og‘riq paydo bo‘lsa ham vrachga murojaat eting.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

15 sentyabr kuni xarajatlarni qisqartirmasangiz, moliyaviy jihatdan inqirozga yuz tutishingiz hech gap emas. Xarajatlar daromaddan kamchilikni tashkil etishi lozim. Juda uddalay olmasangiz, shu masalani yaxshi tushunadigan tanishlarga murojaat eting. Bugun kuningiz tanishuvlar, muloqotlar, safarlarga boy bo‘ladi. Barchasini chalkashtirib yubormasangiz bas. Kunning ikkinchi yarmida ayrimlar uy oldi-sotdisini amalga oshirishi mumkin. Salomatligingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Ishxonadagi vaziyatlarni zimdan kuzatuv ostiga oling. Ba’zi hamkasblar sizni o‘ta chalkash ishga sherik qilishni mo‘ljallagan bo‘lishi mumkin. Payqaganingiz zahoti darhol bu narsaga barham bering. Kun davomida rahbariyat bilan jiddiy bahsga kirishishingiz kutiladi. Shaxsiy hayotda sodir bo‘ladigan har bir voqea sizning foydangizga ishlaydi. Oila qurmaganlar muhabbatda his-tuyg‘u quliga aylanib qolishdan saqlanishlari kerak. Uxlashga yotishdan oldin albatta yengil hazm bo‘luvchi taom iste’mol qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

15 sentyabrda do‘stlar bilan muloqot qilish, dam olish, yaqin insonlarga sovg‘alar xarid qilish uchun vaqt toping. Keraksiz buyumlar yoki ishlar ketidan chopmang, behuda vaqt yo‘qotganingiz qoladi. Moliyaviy muammolarni hal etishda badavlat tanishlar yordamiga tayaning. Bugun ijodkorlar hamda tadbirkor, tijoratchilarning kuni tug‘adi. Daromad deganning o‘zi siz tomonga oqib keladi. G‘iybatchi va hasadgo‘ylar qurshovidan qoching.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun birinchi navbatda moliyaviy muammolarni hal etishingiz zarur. Aks holda ular soni ko‘payib boraveradi. Agar badavlat tanishlar va do‘stlaringiz bo‘lsa, shoshilmasdan ularga qo‘ng‘iroq qiling, muammoni shu yo‘l bilan bartaraf etishingiz oson ko‘chadi. Kechki sayr sizga bir olam yoqimli lahzalarni hadya etishi mumkin. Ba’zi do‘stlarimiz kechqurun sobiq muhabbatini uchratishlari ehtimoldan xoli emas. Ovqatlanishda, yurish-turishda me’yorni biling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

15 sentyabr kuni tuyg‘ularga emas, tafakkurga quloq tutgan holda ish ko‘ring. Bu ham shaxsiy hayotingiz, ham professional ishingizga taalluqli. Hamkasblaringiz orasida sizning yordamingizga muhtojlari ko‘zga tashlanadi. Ulardan yordamingizni ayamang. Buni qaytar dunyo deb qo‘yibdi. Yaxshilik albatta qaytadi. Qarindoshlar bilan munosabatlarda diplomatlarcha yo‘l tuting. Yo‘qsa, janjal kelib chiqishi mumkin. Ko‘cha ovqatini zinhor iste’mol qilmang, ovqatdan zaharlanishingiz ehtimoli bor.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Tog‘ echkisi burji ostida tug‘ilganlar 15 sentyabr kuni do‘ppini osmonga otaversalar bo‘ladi. Daromad, mukofot, muhabbatning hammasi faqat sizniki bo‘lay deb turibdi. Asosiysi, erta uyg‘oning va ertalabdanoq faollikni qo‘ldan chiqarmang. Tadbirkor bo‘lsangiz, muhim hujjatlarga imzo chekishda va kelishuvlarda sergak bo‘ling. Kechqurun kechki ovqatni oilaviy tarzda kafelarning birida tanovul qilishingiz kutiladi. O‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

15 sentyabr kuni erta tongda tushkun kayfiyatda uyqudan uyg‘onishingiz xavfi bor. Ishga, ijodga, muloqotga hushingiz bo‘lmasligi mumkin. Shaxsiy hayotga oid qarorlar chiqarishda ehtiyot bo‘ling. Agar qaysidir yaqiningizdan ko‘nglingiz to‘lmayotgan bo‘lsa, buni yuziga ayting. Tadbirkorlar xorij firmalari bilan aynan bugun shartnomalar imzolashsa, tez orada buning mo‘maygina daromadini ham ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lishadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun uyingizdan uzoqlarga ketib qolishdan saqlaning. Kutilmaganda qadrdonlaringiz mehmon bo‘lib kelishlari mumkin. Kun davomida tadbirkorlar qimmatbaho qog‘ozlar, yangi loyihalar va hamkorlar masalasida jiddiy to‘siqlarga ro‘baro‘ bo‘lishlariga to‘g‘ri keladi. Oilada arzimagan gap-so‘zdan janjal chiqishiga yo‘l qo‘ymang. Salomatligingizni kun bo‘yi nazoratda ushlang.

Manba: hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 15 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..