18:49 / 16.09.2017
5 434

Nima uchun aynan muntazam harakatlar samaralar keltiradi?

Nima uchun aynan muntazam harakatlar samaralar keltiradi?
Ishbilarmon Arkadiy Moreynis Facebook’dagi sahifasida nima uchun aynan muntazam harakatlar samaralar keltirishi haqida yozgan.

Muntazamlik doimiy motivatsiyaga bo‘lgan zaruriyatni kamaytiradi

Agar ertalab fitnes-klubga borish odatga aylanib qolsa, unda har doim u yerga bormaslik haqidagi o‘zingiz qilgan bahonalarga e’tiroz o‘ylab topish kerak bo‘lmaydi. Agar qandaydir harakat biznes-jarayonga aylanib qolsa, unda har gal o‘zingizni ham, boshqalarni ham nima uchun bu ishni belgilangan muddatda qilish kerakligiga ishontirishga hojat qolmaydi.

Muntazamlik yangi imkoniyatlarni yaratadi

Biz biron-bir ish bilan muntazam ravishda shug‘ullansak, mavzuga chuqurroq kirib ketamiz va faqat yuzada turganlarini topish bilangina chegaralanib qolmaymiz. Agar biz odamlar bilan biron-bir mavzuda har doim muloqot qilib tursak, u holda bizning manfaatlarimizning bir-biriga to‘g‘ri kelish va birlashish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi.

Muntazamlik yaxshilanishga imkon beradi

Biron ish bilan doimiy ravishda shug‘ullanish bilan biz bu ishni tezroq va sifatliroq qilishga yordam beradigan kerakli malakalarga ega bo‘lamiz. Agar biz nimanidir muntazam ravishda bajarsak, u holda o‘z oldimizga 10 metr yuqoriga sakrash zaruriyatini emas, balki biroz yaxshiroq qilish vazifasini qo‘yishimiz mumkin.

Muntazamlik kumulyativ samara beradi

O‘z oldiga maqsad qo‘yish va unga erishish — bu bir martalik yutuq. Agar biz maqsadga erishishdagi qahramonliklar o‘rniga o‘z oldimizga tizim qurilishi vazifasini qo‘ysak, unda muntazam ravishda natijalarga ega bo‘lamiz. Har bir aniq natija qahramonlik natijasidan ko‘ra kamroq taassurot qoldirishi mumkin. Lekin bu natijalarning yig‘indisi har qanday alohida olingan qahramonliklardan oshib tushadi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun aynan muntazam harakatlar samaralar keltiradi?