16:54 / 20.09.2017
7 898

Erkaklar haqida 4 xil tasavvur. Qay biri to‘g‘ri?

Erkaklar haqida 4 xil tasavvur. Qay biri to‘g‘ri?
“Doim kulib tursam unga yoqaman”

To‘g‘ri ba’zi hollarda bu usul ish beradi. Biroq ayrim erkaklar ayolning xushchaqchaqligini ortiqcha bachkanalikka yo‘yishadi. Yoki mendan biror nima undirmoqchi degan xulosaga kelishlari mumkin. Shu bois tabassum ham meyo’rida bo‘lsin.

“Aqlli fikrlarni aytsam, parvo qilmaydi”

Balli, erkakni kamstishning eng zo‘r yo‘lini topibsiz. Garchi aytayotgan so‘zlaringiz orsida o‘ziga taalluqli tomonini allqachon tushungan bo‘lsa-da, bu uning uchun “Sen shulardek bo‘lolasanmi?” deganini bildiradi. Yaxshisi uni boshqalarga taqqoslamay maqtab turing.

“Menga e’tiborsiz, bir rashk qildiray”

Ba’zi erkaklar tabiatan e’tibor ko‘rsatishni har kungi muomala bilan izohlashadi. Agar uni rashk qildiraman desangiz yoki umuman sizdan sovib ketadi, yo o‘rtaga ishonchsizlik raxna soladi. Shu bois uni boricha qabul qiling.

“Ba’zida aktrisalik zarar qilmaydi”

Erkaklar aqlli ayollarni unchalik xushlamaydi. Shu bois vaqti-vaqti bilan o‘zingizni uquvsiz ayoldek tutib, uning zehniga tasanno ayting. Bundan erkaklar yanayam ruhlanadi.

Manba: «Sug‘diyona» gazetasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erkaklar haqida 4 xil tasavvur. Qay biri to‘g‘ri?