10:31 / 21.09.2017
6 781

A’lo kayfiyatni ta’minlashning 4 qoidasi

A’lo kayfiyatni ta’minlashning 4 qoidasi
Hayot har doim ham biz istagandek tekis yo‘ldan iborat emas. Muvaffaqiyatga erishsak sevinamiz, ozginagina ko‘ngilsizlikka uchrasak, ming iztirob chekamiz. Lekin arzimas muammolar va dilxiraliklar yuragimizni ezishga arzirmikan? Yo‘q, deyapsizmi? Unda kayfiyatingizni ko‘tarishda yordam beradigan quyidagi maslahatlarga amal qiling.

1. Musiqa odamga ruhiy quvvat beribgina qolmay, sizga yaxshi kayfiyat baxsh etadi. Kimdir ta’bingizni xira qildimi, tashvishlanmang va aslo u bilan sen-menga bormang! Xonangizga kirib, o‘zingiz sevgan, dilingizga hush yoqadigan musiqa tinglang!

2. Yomon kayfiyat tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchrayverishingiz tabiiy hol. Chunki “Qo‘limdan kelmayapti”, “O‘xshamayapti” kabi so‘zlar hamrohingizga aylanib qoladi-da! Buning oldini olishning yana bir oson yo‘li — salbiy fikrlaringizni ijobiysiga almashtiring! Hayotga optimist va real ko‘z bilan qarang! Doimo imkoniyatlaringizga ishoning, ikkilanmang. Mulohazakor bo‘lishga harakat qiling, omadsizliklardan ko‘nglingizni cho‘ktirmang, ijobiy fikrlashni o‘rganing.

3. Kayfiyatingiz buzilganida tabiat qo‘ynida 10-15 daqiqa sayr qiling. Toza havodan to‘yib-to‘yib nafas oling. Qarabsizki, ko‘ngil g‘uborlaringiz yozilib, ruhingiz tetiklashadi. Ochiq havo, ayniqsa, aqliy mehnat bilan shug‘ullanadiganlar uchun juda muhim. Miyaning yaxshi ishlashi uchun kerakli bo‘lgan kislorodni tabiatdan olamiz!

4. Qaynoq qahva hamda shokolad ham bir zumda kayfiyatingizni ko‘taradi. Bu — sinalgan tajriba.

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » A’lo kayfiyatni ta’minlashning 4 qoidasi