23:16 / 22.09.2017
8 703

Munajjimlar bashorati: 23 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 23 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Agar maoshdan maoshgacha qiynalib yashashni xohlamasangiz, bugunoq qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish topishingiz kerak. Yangi do‘stlar orttirgan bo‘lsangiz, eskilarini ham unutib yubormang. Bugun romantik va ish yuzasidan uchrashuvlar, foydali shartnomalarni imzolash muvaffaqiyatli kechadi. Ro‘zg‘ordagi katta-kichik muammolarni uydagilaringiz bilan hal eting. Moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi kutilmoqda.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

23 sentyabr kuni fantaziya, ya’ni, xayolparastlikdan qoching. Aks holda boshingizga qo‘shimcha yuk ortmoqlashingiz xavfi bor. Ishxonada o‘z iste’dodingiz, professionalligingizni hamkasblarga namoyish etish, ko‘z-ko‘zlashga urinmang. Bu katta janjallarga sabab bo‘lishi mumkin. Iste’dodni amaliy ishda ko‘rsatsangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi. Kechqurun oila a’zolaringiz bilan kechki ovqatni kafeda tanovul qilsangiz, ruhan yengil tortasiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Ish joyingizda qaysidir hamkasbingizni yoqtirmasangiz, buni oshkora namoyish etishingiz shart emas. Atrofdagilar bilan muloqotda ehtiyotkor bo‘ling, janjallar kelib chiqishiga sababchi bo‘lib qolmang. O‘zingiz kutmagan ish sizga bugun mo‘may daromad keltiradi. Yirik xaridlar, ko‘ngilochar ziyofatlar uyushtirishingiz mumkin. Salomatligingizni saqlang, surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, sog‘liqni kun davomida nazoratda ushlang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

23 sentyabrda ishda professionalligingizni ochiqchasiga namoyish qiling. Toki hamkasblar, rahbarlar rosmanasiga qoyil qolishsin. Buning natijasida mukofot ham olishingiz ehtimoldan xoli emas. Oilangizda kunning ikkinchi yarmida vaziyat nihoyatda keskin bo‘lishi mumkin. Siz tinglovchi vazifasini o‘tang, hammasi yaxshilik bilan tugaydi. Oila qurmaganlar kechqurunga kelib baxt kalitini topishadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun siz uchun qo‘shimcha bilimlar olish, malakani oshirish suv va havodek zarur. Oilasiz bo‘lsangiz-u, kun bo‘yi romantik tanishuv va uchrashuvlar uchun imkoniyat tug‘ilsa, uni qo‘ldan chiqarmang. Kechki payt shamollash alomatlari sezilishi mumkin. Ammo kasalxonada yotishni vaziyat ko‘tarmaydi. Shunday ekan, yo‘l-yo‘lakay, ish orasida xalqona yo‘llar bilan davolanishga harakat qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

23 sentyabr kuni ertalabdan miyangizga ish bilan bog‘liq yangi g‘oyalar ketma-ket quyilib kela boshlaydi. Ularni albatta qog‘ozga tushirib qo‘ying, yo‘qsa yodingizdan ko‘tarilishi mumkin. Bolalar bilan munosabatlaringizda jiddiy muammolar ko‘zga tashlanishi mumkin. Ularni aql bilan bartaraf eting. Sog‘liqni asrang, asablarni ehtiyot qiling. Pul masalasida qayg‘urmang, maoshgacha bir amallab yetib olishga imkoniyatingiz yo‘q emas.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Yulduzlar bugun pul, ish va muhabbatda vaqtinchalik tanaffuslar yuzaga kelishini bashorat qilishgan. Bugungi kun hayotingizdagi eng quvnoq va baxtli lahza sifatida bir umr yodingizda qoladi. Ba’zi muammolarga hazil aralash munosabatda bo‘lsangiz, asabiylik sizga umuman yaqinlashmaydi. To‘g‘ri so‘zlash, halol ishlash 23 sentyabr kuni sizga o‘zingiz xohlagandan ham ko‘proq daromad hadya etishi mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

23 sentyabrda tijorat bilan shug‘ullanadiganlar raqobatchilarning xavfli qopqoniga tushib qolishdan saqlanishlari zarur. Shundagina ishingizda unum bo‘ladi. Erishayotgan muvaffaqiyatlaringiz haqida hech kimga og‘iz ocha ko‘rmang. Juftingizga bo‘lgan munosabatlarni yanada mustahkamlashga harakat qiling. Kechqurun toza havoda sayr qiling va salomatligingizni ehtiyot qiling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun mavqe haqida o‘ylamasangiz ham bo‘ladi. Sababi, bu masalada baribir omadingiz chopmaydi. Undan ko‘ra, o‘tgan kunlari chala qolib ketgan ishlarni oxiriga yetkazish payida bo‘ling. Ishga kechikishingiz rahbarlarga yoqmasligi mumkin. Shuning uchun ertaroq harakat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Moliyaviy ahvolingiz yuqori cho‘qqida bo‘ladi deb aytish sal noto‘g‘ri bo‘lsa kerak. Qo‘shimcha daromad keltiradigan ish toping.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Bugun har bir qadamingizni o‘ylab bosing, har bir aytadigan so‘zingizni mulohaza qilib tilingizga ko‘chiring. Kelajak tashvishlari haqida qayg‘urib uxlamasdan tong ottirish sira shart emas. Ollohdan so‘rang, u albatta inobatga oladi. Bugun yoqimli kuy va qo‘shiqlar tinglash, kitob mutolaa qilish, toza havoda sayr qilish sizga huzur va iliqlik hadya etadi. Salomatlikni asrang, asabbuzarlikdan saqlaning.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Boshni baland ko‘tarib, olg‘a yursangiz, yo‘lingizda bir olam yorqin vaziyatlar, voqealar hozir bo‘ladi. Olis safarga chiqishni niyat qilgan bo‘lsangiz, bu amalni bugundan qoldirmang. Kunning ikkinchi yarmida sizni yangi tanishuvlar va yangi ishlar kutadi. Juftingizga nisbatan adolatli bo‘ling. Oraga rashk, shubha oralashiga aslo yo‘l qo‘ymang. Salomatligingizni qattiq turib tashqi xavflardan himoya qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

23 sentyabr kuni ishda ham, uy va ko‘chada ham to‘g‘ri so‘zlang. Biror muammoni hal etish qiyinchilik tug‘dirsa, o‘zgalarga emas, qalbingizga murojaat eting. U sizga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi. Kun davomida sizga ko‘p qo‘ng‘iroqlar bo‘lishi, yangi ishga takliflar kelib tushishi mumkin. Kechqurun madaniy tadbirlarlardan birida ishtirok etishingiz kutiladi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 23 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..