16:08 / 26.09.2017
12 599

Islom Karimovning armoni (Video)

Islom Karimovning armoni (Video)
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning volidasi Sanobar Karimova (1902–1982) sakkiz nafar farzandni dunyoga keltirib, o‘z hayotlarini ularning tarbiyasiga bag‘ishlagan inson bo‘lgan.

Bu haqda Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondinining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida videolavha joylashtirildi.

Ushbu sahifadagi xabarda O‘zbekistonning birinchi Prezidenti hamisha onasini katta mehr bilan yodga olgani va onasining ovqat pishirishlari, xamir qorib, yoyishlari ko‘zlari oldidan tez-tez o‘tishini ko‘p takrorlagani aytilgan.

Islom Karimov bolalik chog‘lari onasi bozorga borganlarida yoki qarindoshlari holidan xabar olganida hamisha ularga hamrohlik qilishini aytib o‘tgani, Sanobar Karimovaning nihoyatda dono va zakovatli ayol bo‘lganini so‘zlab bergandi.

Ushbu ma’lumotlar Islom Karimov fondining “Facebook”dagi sahifasida yoritilgan.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Islom Karimovning armoni (Video)