23:41 / 28.09.2017
10 779

Munajjimlar bashorati: 29 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 29 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun ishxonada hamkasblardan biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Iloji boricha bu janjalning oldini olishga harakat qiling. Aks holda bu siz uchun yangi ko‘ngilsizliklar hadya etishi mumkin. Tushdan keyin aldov, firib va salomatligingiz uchun jiddiy xavfga duch kelishingiz kutiladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Bo‘sh vaqtingizni professional kasbingizga oid yangi g‘oyalar o‘ylab topish uchun sarflang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Kuningiz bulutsiz va yorqin kechishi kutiladi. Suyganingiz yoningizda, emotsiyalar bezovta qilmaydi. Moliyaviy muammolarni osonlik bilan o‘zingizga bo‘ysundirasiz. Ishda ham omadingiz kuladi. Faqat rahbariyat bilan muloqotlarda juda ehtiyot bo‘ling. Oilasizlar bugun romantik uchrashuvlarni boshdan kechirishlari ham ehtimoldan xoli emas. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

29 sentyabr kuni egizaklar burjining ayrim vakillari qaysidir sport musobaqasi yoki fanlar bo‘yicha olimpiadada ishtirok etishi mumkin. Keyin esa g‘alabangizdan ruhlanib go‘yo samolarda parvoz qila boshlaysiz. Dunyo ko‘zingizga yanada yorqin, jozibali ko‘rinadi. Mavqeni oshirish uchun harakatlar sodir etish, tijorat boshlash bugun muvaffaqiyat keltirmaydi. Kechqurun o‘tganlar haqiga duo o‘qishni unutmang.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun o‘zingizga yoqqan, o‘zingiz ruhan zavq oladigan ishlarni amalga oshiring. Bo‘sh qolganingizda sevimli xobbingiz bilan ham shug‘ullaning. Kechki payt do‘stlar bilan biror yerga borib ko‘ngilxushlik qiling. Kechqurun oila a’zolaringizdan biri bilan orangizda jiddiy suhbat yuzaga kelishi mumkin. Sabrli bo‘ling. Sabr barcha muammolarni, to‘siqlarni yengib o‘tishda yordam beradi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

29 sentyabr kuni kelasi oy uchun reja tuzishni unutmang. Shaxsiy hayotingizda ham muvaffaqiyatlarga erishishning yangi usullarini o‘ylab toping. Har bir muammoga original tarzda yondashing. Muhabbatda oila qurmaganlar to‘siqlarsiz ezgulikka erisha olishmaydi. Ehtiroslarga aslo erk bermang, ular sizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yadi. Kechqurun salomatligingiz pand bera boshlashi kutiladi. Bu muammoni vrachsiz ham hal etsangiz bo‘ladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Yulduzlar bugun ham ro‘zg‘or, ham ishdagi muammolaringiz xamirdan qil sug‘urgandek oson hal bo‘lishini bashorat qilishgan. Bu yutuqlarni tushdan keyin restoran yo kafeda nishonlasangiz ham yarashadi. Kechqurun qachonlardir sizga xiyonat qilgan odamni uchratib qolasiz. Lekin kayfiyatingizni buzmang, u arzimaydi. Taomlarning yengil hazm bo‘ladiganini iste’mol qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

29 sentyabr kuni erta tongdanoq kayfiyatingizda tushkunlik holati ko‘zga tashlanadi. Nuqul yolg‘iz qolgingiz kelaveradi. Ammo ish joyingizda yumushlar, yutuqlar kutib turishini unutmang. Muammolaringizni faqat o‘z kuch va tajribangizga suyangan holda bartaraf eting, birovlar ko‘magiga ishonib qolmang. Kechqurunga yaqin moliyaviy masalada ham muvaffaqiyatga erishasiz. Kechqurun sizni tanishlardan biri mehmonga taklif etmoqchi. Bormang, aks holda zararli odatlarga yana asir bo‘lishingiz mumkin.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

Nafaqat uy, balki tashqaridagilar bilan o‘zaro munosabatlarni ham qayta ko‘rib chiqishingizga to‘g‘ri keladi. Shunda ortingizdan bo‘hton tarqatuvchilar paydo bo‘lganiga guvoh bo‘lasiz. Ayniqsa, bu tijorat bilan shug‘ullanuvchilarga juda asqotadi. Ro‘zg‘orda ham muammolar yetarli. Ularni bartaraf etish harakatida kunni kech qilasiz. Bugun daromadingizdan xarajatlaringiz oshib tushishi kutilmoqda. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

29 sentyabr kuni har bir bajaradigan ishga ijodiy yondashmasangiz bo‘lmaydi. Shundagina ko‘zlangan daromadga ega bo‘lasiz. Kunning ikkinchi yarmida firibgar va hasadgo‘ylar shaxsiy hayotingizni izdan chiqarishga urinib ko‘rishadi. Ularga qarshi kurashishdan cho‘chimang. Kurashganda ham ayovsiz kurashing. Kechqurun juftingiz yoki tanlaganingiz sizga kutilmagan sovg‘a tayyorlashni niyat qilgan.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

Yulduzlar bugun xizmat safariga chiqishingizni bashorat qilishgan. Safar davomida oila qurmagan bo‘lsangiz, romantik tanishuvlarni ham boshdan kechirishingiz ehtimoldan uzoq emas. Bugun uy ta’miri, yangi uyga ko‘chib o‘tish va uy oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun ovqatlanishda juda sergak turing. Duch kelgan taomni iste’mol qilishingiz tavsiya etilmaydi. Bugun atmosferada kuchli magnit bo‘ronlari davom etishi sababli surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatlikni doimiy tarzda nazorat etishlari talab qilinadi. Kechqurun uyingizga olisda yashaydigan qarindoshlar mehmon bo‘lib kelishlari kutiladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

29 sentyabr kuni ishsiz zerikib vaqt o‘tkazishingiz kutiladi. Ehtiyot bo‘ling, bekorchilikda miyaga turli bo‘lar-bo‘lmas o‘ylar yog‘ilishi mumkin. Oilada juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarga yana bir bor oydinlik kiritib olishingizga to‘g‘ri keladi. Ko‘cha taomini iste’mol qilmang. Zaharlanishingiz ehtimoli bor.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Ish joyingizda omadingiz kulishi kutilmoqda. Sizga nisbatan ancha tajribasi ko‘p hamkasbingiz mushkul vaziyatlardan chiqishingizda ko‘mak beradi. Bugun har qanday turdagi safar va muhim hujjatlarga imzo chekish omadsiz kechadi. Salomatligingizdan shikoyatingiz bo‘lmaydi. Sportzalga borib sportning o‘zingizga yoqqan turi bilan shug‘ullanaverishingiz mumkin. Ammo baribir ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 29 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..