22:08 / 01.10.2017
9 147

Munajjimlar bashorati: 2 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 2 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun ish joyingizda ko‘nglingizga o‘tirishmaydigan vaziyatlar yuzaga kelishi kutiladi. Agar ertalabdan xush kayfiyat bilan ko‘chaga chiqib, ishxonaga yetgandan keyin ham shu kayfiyatni saqlab qola bilsangiz, hamkasblar bilan muloyim ohangda muloqot qilsangiz, bu vaziyatlar o‘z-o‘zidan ortga chekinishi tayin. Shaxsiy hayotda sizdan juftingizni hadeb rashk qilavermasligingiz talab etiladi. Kechqurun romantika og‘ushida istirohat qilishingiz kutilmoqda.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Uyda ham, ishda ham 2 oktyabr kuni har bir yumushga mas’uliyat bilan yondashing. Boshqalardan aslo yordam kutmang. Yordam berishganda ham bu sizga hech qanday naf keltirmaydi. Agar qo‘lingizdan kelmasa, birovlarga va’da bermang. Muhim hujjatlarga imzo chekishda nihoyatda sergak bo‘lishingiz tavsiya qilinadi. Arzimas xato ham sizga bir olam zarar keltirishi hech gap emas. Sog‘lig‘ingiz haqida qattiqroq qayg‘uring.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

2 sentyabr kuni tadbirkor va tijoratchilar hamkorga, sherikka yolchiy boshlashlari kuzatiladi. Buning natijasida ish ko‘lami kengayib kechga qadar daromadlar cho‘g‘i ham sezilarli darajada ortadi. Hasadgo‘ylar va ko‘ngli qoralardan nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Ular pullaringizni ochiqchasiga o‘marib qochishdan ham toyishmaydi. Dam olishni ham unutib qo‘ymang. Kechqurun sut mahsulotlari tanovul qilsangiz, bu ham maroqli dam o‘rnini bosishi mumkin.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Yulduzlar bugun sizga kuningiz ajoyib tarzda o‘tishini bashorat qilishgan. Ko‘chada quyosh nur sochib kayfiyatingizni ko‘tarsa, uyda yaqinlaringiz sizni xursand qiladigan gaplardan topib o‘tirishibdi. Lekin ishxonangizda yaqindagina ishga joylashgan xodim bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Ammo janjalda sizni emas, o‘sha xodimni ayblashadi. Shaxsiy hayotda kechki paytga borib obro‘yingiz ko‘tariladigan bo‘lib turibdi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

2 sentyabr kuni olis safarga otlanganlar, muhabbatga tashnalar muvaffaqiyatga erishishlari kutiladi. Tushdan keyin azaliy orzularingizdan biri haqiqatga aylanadiki, sizdan baxtli odam bu dunyoda bo‘lmaydi. Daromad ham bugun yomon bo‘lmaydi. Neki xarid qilishni ixtiyor aylasangiz, niyatingizga xudoning o‘zi yetkazadi inshoolloh. Salomatlikni ham ehtiyot qiling. Usiz daromad ham, hayot ham bo‘lmasligini unutmang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Muammo, tashvishlar bo‘lmaydi, ammo bo‘shashib, tek o‘tiraverishingiz ham to‘g‘ri kelmaydi. Keraksiz, o‘zingizga yoqinqiramaganlar bilan muloqot qilmay qo‘ya qoling. Asablaringizni asrang. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, ehtiyotingizni qiling. Kechqurun ba’zilar yangi uyga ko‘chishi mumkin. Ayrimlar esa bir dasta pul olib mamnun bo‘lishlari kutiladi. Kechqurun yog‘li va xamirli taomlar iste’molidan saqlaning. Ko‘chaga chiqmay, oilangiz davrasida vaqt o‘tkazing.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

2 oktyabr kuni ishlaringiz o‘ngidan kelishga keladi-yu, qog‘ozbozliklar asabingizga tegib sira tinchlik bera qolmaydi. Bunday vaziyatlarda bardoshlilik zarur odamga. Busiz asabiylikni yengib bo‘lmaydi. Tijoratchilar raqobatga qarshi kurashni kuchaytirmas ekan, bugungi mo‘may daromaddan umid qilmasalar ham bo‘ladi. Kechqurun ko‘proq vaqtingizni toza havoda o‘tkazing.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Baxtga qarshi bugungi kuningiz xafagarchiliklar, ko‘ngilsizliklardan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Pul yo‘qotish, kimlarningdir tanqidini eshitish oson kechmaydi albatta. Ammo hayot faqat shulardangina iborat emas. Yolg‘iz qoling, dam oling, mulohaza qiling, xayolan o‘zingizni o‘zingiz xursand qiling. Hammasi o‘tadi va siz yana xush kayfiyatga ega bo‘lasiz. Juda do‘ppi tor kelsa, oilaviy bayram uyushtiring. Buning uchun pulingiz yetarli. Kechqurun uyingizga qadrdon do‘stlardan biri tashrif buyurishi mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

2 sentyabr kuni ruhiy zo‘riqishlardan xalos bo‘lishingiz kerak. Busiz boshingiz janjal va ranjishlardan chiqmasligi mumkin. Xayolot olamiga kiring. Bu olam sizni chalg‘itadi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, muhabbatda tavakkalchilikka, shoshma-shosharlikka erk bermang. Kun davomida immunitet ko‘tarilishi uchun kaloriyaga boy taomlar iste’mol qilishingiz zarur. Kechqurun oilangiz davrasida qoling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Ishlaringiz boshingizdan oshib-toshadi. Shu qadar shoshasiz, hovliqasizki, barcha ishlarni bir kunda uddalab tashlashni xohlayverasiz. Lekin oqimga qarshi suzishning o‘zi bo‘lmaydi. Aql bilan ish tuting, ulgurmagan ishlarni boshqa kunga qoldiring. Aks holda organizm jismoniy zo‘riqish tufayli pand bera boshlashi turgan gap. Elektr tokiga ishlaydigan uskunalar bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘ling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

2 sentyabr kunning birinchi yarmida xizmat safariga otlanishingiz kutiladi. Safarda yorqin taassurotlar olish bilan bir qatorda moddiy jihatdan baquvvatlashib ham olishingiz mumkin. Shaxsiy hayotda esa juftingiz bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelishi kutiladi. U hamisha ish bilan bandligingiz va o‘ziga yetarlicha e’tibor qaratmayotganingizdan noliydi. Asabni asrang, sog‘liqni tez-tez nazoratga oling. Qolganlari o‘tkinchi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun kelajakka intilishdan tiyilib, hozirgi kun haqida ko‘proq qayg‘uring. Moliyaviy masalada ancha ter to‘kishingiz, asab yo‘qotishingizga to‘g‘ri keladi. Qarzlarni qaytarish, ro‘zg‘orga eng zarur jihozlar xarid qilish o‘rtasida qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi. Baribir oldin qarzni qaytarib qo‘yishingiz shart. Ro‘zg‘or esa qochib ketmaydi. Kechqurun kitob mutolaa qiling, miyangiz dam oladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 2 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..