21:14 / 03.10.2017
8 162

Munajjimlar bashorati: 4 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 4 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Tashqarida havo aynigan, sizning qalbingizda ham xuddi shunday holat kuzatilishi mumkin. Agar bunga yaqin insoningiz bilan bo‘lib o‘tgan dahanaki janjallar sabab bo‘lsa, tinchlaning. Bu holat tez fursatda o‘tib ketadi va ishlaringiz baroridan kela boshlaydi. Kechqurun yana xursand bo‘lasiz. Plastik kartochkangizga mo‘maygina pul kelib tushadi. Bu janjallardan asar ham qoldirmaydi. Dunyo shunday yaralgan-da! Salomatlikni, asablarni asrayvering. Ular sizga hali ko‘p kerak bo‘ladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Yulduzlar bugun dam olish hamda faqat ro‘zg‘or yumushlari bilan band bo‘lishingizni maslahat berishmoqda. Ishxonadagi ish qochib ketmaydi. Ammo juftingiz bilan bo‘ladigan janjal joningizga ham tegib ketgan. Shuning uchun tinchgina oiladagi majburiyatingizni ado eting-da, keyin professional ish bilan shug‘ullaning. Hujjat yo‘qotgan bo‘lsangiz, bugun kunning ikkinchi yarmida topilishi kutilmoqda. Kechki payt tijorat sohasida sizga hamkorlik taklif etishlari mumkin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

4 oktyabr kuni hech bo‘lmasa bir daqiqagina yaqin o‘tmishga qaytgingiz kelib qoladi. Siz o‘zingiz uchun juda qadrdon bo‘lgan bir insonni ranjitgansiz. Shu narsa sizni kun davomida qiynashdan to‘xtamaydi. O‘z tijoratiga ega do‘stlarimiz uchun bugungi kun juda omadli kechadi. Tadbirkorlar ham yangi hamkorlar topib, ishni yanada baroridan keltirishga harakat qilishsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Yulduzlarning bashoratlariga qaraganda, bugun siz o‘zingiz chin yurakdan sevadigan odamning sovuq munosabatiga ro‘baro‘ bo‘lasiz. Balki unga kuzning o‘zgaruvchan havosi salbiy ta’sir etgan-u, kayfiyati tushkundir?.. Ko‘nglingizga olmang. Bunaqa holatlar juda qisqa muddat davom etadi. Ishda esa boshqa bir hamkasbingizning yumushini ham sizga yuklab qo‘yishmoqchi. Aytishlaricha, u xastalanib qolibdi. Xudoning o‘zi sizga kuch-quvvat, sabr ato etsin!

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

4 oktyabr kuni huquqshunos yoki advokatning maslahatisiz muhim qarorlar qabul qilmang, xatoga yo‘l qo‘ysangiz, bu xato sizga qimmatga tushishi mumkin. O‘zingiz juda hurmat qiladigan bir inson bugun sizning moliyaviy muammolaringizni hal etib beradi. Kunning ikkinchi yarmida olis safarga otlanishingiz ehtimoli bor. Safarga yaqinlaringizdan birini ola keting. Shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, yo‘llarda ehtiyot bo‘ling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Har bir sodir bo‘ladigan voqea-hodisaga emotsiyalarsiz munosabatda bo‘ling. Aksincha, ularni tahlil qiling, ana undan keyin shunga qarab harakatlar sodir eting. Xaridlar, uchrashuvlar va safarga chiqish bugun muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Ommaviy tadbirlardan ham nariroq bo‘lishingiz tavsiya etiladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar kechki payt sal bezovta bo‘lishlari mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

4 oktyabr kuni shu qadar o‘zingizga ishonch bilan harakatlar sodir etishni boshlaysizki, hech qanday kuch sizni maqsadlarga yetishingiz yo‘lida to‘xtata olmaydi. Muhabbatda ham omadingiz kuladi. Kechki payt moliyaviy jihatdan ba’zi to‘siqlarga duch kelishingiz mumkin. Ammo ular ham qat’iyatliligingiz tufayli bartaraf etiladi. Kechqurun madaniy dam olish yo‘llarini qidirib ko‘ring. Salomatligingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi inshoolloh.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

Kuzda mehnat ta’tiliga chiqishning ham o‘ziga yarasha fayzi bor. Agar haqiqatan ta’tilga chiqishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, rejangiz albatta amalga oshadi. Qarindoshlar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelmasligi uchun ular bilan uchrashib gaplashmay turganingiz ma’qul. Juda zarur bo‘lsa, SMS orqali muloqot qilsangiz ham bo‘ladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

4 oktyabr kuni niyatlaringiz, rejalaringiz bir dunyo bo‘lishi kutiladi. Olg‘a boring, toki barcha niyatlar haqiqatga aylansin. Shoshma-shosharlik va qaysarlik sizga faqat ko‘ngilsizliklar hadya etadi xolos. Shaxsiy hayotingizda sokinlik kuzatiladi. Agar ovqatlanish rejimini buzsangiz, dam olishga e’tiborsiz munosabatda bo‘lsangiz, salomatligingiz pand berishi tayin.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

O‘zingizga yaxshi tanish bo‘lmaganlar ish yoki shunga o‘xshash narsalarni taklif qilsa, aslo rozilik bildirmang. Mayli, ular sizga ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan daromadlar va muvaffaqiyatlarni va’da qilishsin, rozilik bermang. Har bir masalaga sinchkovlik bilan munosabatda bo‘ling. Professional kasbingizda bugun sizga omad kulib boqadi. Oilasiz bo‘lsangiz, muhabbatda ham muvaffaqiyatlarga erishasiz. Salomatlikni saqlang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

4 oktyabr kuni huquqlaringizni qattiq turib himoya qiling. Sababi, sizga nisbatan tanish-notanish odamlar adolatsizlik qilishlari mumkin. Bunday lahzalarda qattiq turmasangiz, hayotingiz izdan chiqib ketishi ham hech gap emas. Bugun yoga bilan shug‘ullanish xayrli kechadi. Bundan tashqari, asablaringizni ham bir ko‘rikdan o‘tkazib olmasangiz bo‘lmaydi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Muhim hujjatlarga imzo chekishingizga to‘g‘ri kelsa, juda sergak bo‘ling. Bunday masalalarda xatoga yo‘l qo‘yish juda qimmatga tushadi. Bugun moliyaviy muammolaringiz to‘laligicha ijobiy hal bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun do‘konga borgingiz kelsa, pulsiz boring. Shunisi tinchroq. Oila qurmaganlar ham kechqurun romantikadan umid qilaversalar bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida sizni bosh va oyoq og‘rig‘i, varikoz bezovta qilish xavfi bor.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 4 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..