19:45 / 04.10.2017
8 240

Omadni «chaqirish»ning ilmiy asoslangan 3 usuli

Omadni «chaqirish»ning ilmiy asoslangan 3 usuli
Angliyaning Xartfordshir universiteti psixologiya professori Richard Uayzman o‘zlarini omadli va omadsiz deb hisoblovchi kishilar o‘rtasidagi farqni aniqlashga qaror qildi.

Tadqiqotlar chog‘ida Uayzman omadli insonlar yuqori darajadagi ekstraversiya bilan farqlanishini payqadi. Ular ikki marta ko‘proq kuladi va boshqalar bilan ko‘z orqali aloqani ushlab turishga harakat qiladi. Olimning fikricha, aynan chiqishimlilik va ochiqlik omadli imkoniyatlarni ko‘paytirishga yordam beradi.

Omadsiz odamlar esa emotsional beqarorlikka, xavotirga va salbiy hissiyotlarga moyil bo‘ladi. Ular qandaydir bir muamo tufayli haddan tashqari tashvishlanishi natijasida imkoniyatlarni qo‘ldan chiqaradi. Omadlilar esa barcha yangi narsalar uchun ochiq bo‘ladi.

Uayzman, shuningdek, inson omadli kishiga aylana olish-olmasligini aniqlamoqchi bo‘ldi va buning uchun tadqiqot ishtirokchilariga bir nechta mashqlar berdi. Bir oy o‘tgach, ularning 80 foizi baxtliroq, o‘z hayotlaridan mamnunroq va asosiysi, omadliroq bo‘lganini ta’kidladi.

Uayzman ulardan quyidagilarni bajarishni so‘ragan edi:

Kengroq fikrlang

O‘z maqsadingizga erishish-erishmaslik borasida doim tashvishlanish tufayli siz istiqbolli imkoniyatlarni qo‘ldan boy berishingiz mumkin. Barcha yangi narsalarga ochiq bo‘ling, shunda sizda baxt keltiruvchi chiptani tortib olish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.

Hayotga ijobiy tarzda yondashing

Hamma narsaning faqat salbiy jihatlarini ko‘rish kerak emas. Bunday kayfiyat sizdan hayotiy kuchingizni olib qo‘yadi. Nimadandir shikoyat qilish o‘rniga, bundan ham yomonrog‘i yuz bermagani uchun shukur qiling.

Shu hafta avval hech ham qilmagan narsangizni qiling

Kundalik hayot charchatishi mumkin. Agar siz har kuni bir xil odamlar bilan muloqotda bo‘lsangiz, bir xil taomni yesangiz, bir xil ishlarni bajarsangiz, o‘z hayotingizni xilma-xillashtirishga harakat qiling. Qulaylik zonasidan chiqish omadni dumidan tutish imkoniyatlarini ko‘paytiradi.

Manba: «Daryo.uz»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Omadni «chaqirish»ning ilmiy asoslangan 3 usuli