08:30 / 11.10.2017
6 341

Kuningizni kulgi bilan boshlang!

Kuningizni kulgi bilan boshlang!
Bir kuni afandi chaynagan saqichini burniga yopishtirib ketayosa, qo‘shnisi ko‘rib qolib:
— Iye, ha afandi tinchlikmi?! Burnizga saqichni nega yopishtirib olibsiz, – desa, afandi pinagini buzmay:
— Ey taqsir, men bir kambag‘al odam bo‘lsam… Kambag‘al odamni esa boyligi ko‘zini yonida turishi kerak, – degan ekan.
***
– Qizim bugungi keladigan mehmonlarga oddiy qoshiqlardan qo‘y, anu kumush qoshiqlarni qo‘ymagin.
– Oyi nega, bugungi mehmonlarimiz kumush qoshiqlarimizni o‘g‘irlab ketishidan qo‘rqasizmi?
—Yo‘q, tanib qolishlaridan qo‘rqaman.
***
Bir jinni daraxtga chiqib o‘zi o‘tirgan shoxni arralayotsa yo‘ldan o‘tayotgan yo‘lovchi:
– Hoy axmoq, o‘zing o‘tirgan shoxni arralama, yiqilib tushasan, debdi. Jinni uni gapiga e’tibor bermay shoxni arralayverib tap etib yiqilibdi. Shunda jinni sakrab turib
kiyimlarini qoqib:
– Voy, tovba, yo‘ldan o‘tgan odam folbin ekan, dermish.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kuningizni kulgi bilan boshlang!