23:32 / 13.10.2017
8 346

Tasodifiy ixtirolar yohud kutilmagan muvaffaqiyat

Tasodifiy ixtirolar yohud kutilmagan muvaffaqiyat
Turli xatolar yoki vaziyatning “omadsiz” ko‘rinishi ko‘plab ixtiro va g‘oyalar uchun asos bo‘lganiga tarixda misollar yetarlicha.

1. Xristofor Kolumbning Amerika qit’asini kashf etishi mutlaqo tasodifan yuz bergani kutilmagan muvaffaqiyat tushunchasining yaqqol misolidir. Aslida Kolumb Amerikani emas, Hindistonni izlab yo‘lga chiqqandi.

2. Sellofan oshxona dasturxonlari uchun namlik o‘tkazmaydigan qoplam ixtiro qilish maqsadida olib borilgan “omadsiz” tajriba natijasida yuzaga kelgan.

3. Rentgen nuri yohud X- Rays olim katod nurlari vakuum truba ichidan o‘ta olish yoki olmasligini tekshirmoqchi bo‘lgan payt kashf etilgan.

4. Super yelim zambarak pritseli uchun shaffof plastik ishlanayotgan onda tasodifan ixtiro qilingan. Ixtirochilar kerakli plastikni hosil qila olishmagan, ammo yelim har qanday jarohatni bir lahzada yopishtirib qo‘yish hususiyatiga ega bo‘lib, ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolgan.

5. Mayizli bulochka mashxur bulochkachi Ivan Fillipov tomonidan shirinligida tarakan topgan gubernator oldida o‘zini oqlash uchun ilk bor pishirilgan.

6. 1904 yili oziq-ovqat ko‘rgazmalarining birida muzqaymoq hamda vafli sotuvchisi yonma-yon joy egallashadi. Muzqaymoqchining savdosi yaxshi bo‘lsa ham, yonidagi vaflilar hadeganda sotilavermaydi. Oradan biroz vaqt o‘tib muzqaymoqchining idishlari tugaydi va yonidagi sotuvchi unga o‘z vaflilaridan idish o‘rniga foydalanishni taklif etadi. Bunday g‘oya xaridorlarga ham manzur kelib, vaflili muzqaymoq ixtirosi uchun asos bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tasodifiy ixtirolar yohud kutilmagan muvaffaqiyat