20:48 / 16.10.2017
9 223

Munajjimlar bashorati: 17 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 17 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugungi kuningiz osoyishta va omadli kechishi kutilmoqda. Har qanaqangi muammo ham oson hal bo‘ladi. Faqat har bir ishni puxta reja asosida boshlasangiz bas. Tadbirkor bo‘lsangiz, hamkorlar bilan munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida harakatlar sodir eting. Buning uchun imkoniyatlar eshigi lang ochiq. Ayyorona yo‘llarni qidirmang. Bu daromadingizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Salomatligingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
17 oktyabr kuni ish joyingizda yanada ko‘proq hurmatga ega bo‘lishni istasangiz, hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan qirralaringizni oching. Agar shu yo‘sinda ish olib borsangiz, faqat muvaffaqiyat qozonasiz. Faqat daromadning, foydaning ortidan quvish bilan cheklanmang. Jamiyatda hurmat, izzat degan tushunchalar borki, bularsiz, ko‘zlangan maqsadga yetish juda mushkul bo‘ladi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun qaysarlik fe’lingizni tashlab, keng fe’l bilan ish tutishingizga to‘g‘ri keladi. Qaysarlik sizga bugun faqat ziyon yetkazadi. Qarindoshlar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelishi kutiladi. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy muammolaringiz hal bo‘lib, nihoyat kissangiz mo‘may pul ko‘radigan bo‘ldi. Kechqurun uyingizga kutilmagan, sirayam kutilmagan mehmonlar kirib kelish ehtimoli bor. Uxlashga yotishdan oldin toza havoda sayr qilishni unutmang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
17 oktyabrda hotamtoyligingiz tutadimi, ishqilib, duch kelgan odamga yaxshilik qilgingiz, barchaning ko‘nglini ovlagingiz kela boshlaydi. Bu yaxshi, ammo o‘zingizni ham unutib qo‘ymang. Kun davomida shu qadar ko‘p axborotlar eshitasiz, turli vaziyatlarga shu qadar ko‘p tushasizki, kechqurunga borib kuchingiz qolmaganini his etasiz. Oila qurmaganlar muhabbat bobida bugun tanaffus qilishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Salomatligingizni kuzning o‘zgaruvchan havosi ta’siriga tushishdan asrang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Birovlarga qachonlardir qarz bergansiz-u, qaytarib olish orzuga aylangan bo‘lsa, bugun o‘sha orzungiz ushaladi. Qarz olgan odamga insof kiribdimi, bugun kunning ikkinchi yarmida qarzini qaytarishi kutilmoqda. Bu moliyaviy ahvolingizni yaxshilaydi albatta. Boshqa uyga ko‘chish, boshqa ishga o‘tish masalasida shoshilmay turing. Nimaiki ishga qo‘l urmang, faqat yaqin insonlar ko‘magiga tayaning. Kechqurun yaqin masofaga safar uyushtirishingiz ehtimoli bor, ehtiyot bo‘ling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
17 oktyabr kuni bajaradigan ishlarni oldindan tahlil qilib oling. Agar kelgusida bu ishlardan naf bo‘lmasligiga ko‘zingiz yetsa, bajarmay qo‘ya qolganingiz ma’qul. Bunaqa ishlarga o‘zingizga nisbatan tajribasi ko‘plarni jalb etgan taqdiringizda ham baribir foyda olmaysiz. Muhabbatda g‘iybatchi va hasadgo‘ylardan saqlaning. Juftingizni yoki tanlaganingizni haqiqatan qattiq sevsangiz, qalbingiz amriga bo‘ysungan holda ish tuting. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatligini nazoratda ushlashlari talab etiladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar bugun sizga nafaqat omad, balki yana ruhiy yetuklikni ham va’da qilishgan. Iroda kuchingiz ham shular qatorida cheksizga aylanadi. Tadbirkor yoki tijoratchi bo‘lsangiz, biznesdagi o‘rningizni ayni iroda kuchi yordamida mustahkamlab olishingiz mumkin. Kechqurun esa kun bo‘yi qilgan ishlaringizning natijasidan bahra olasiz. Oilasizlar kechqurun romantik uchrashuvni boshdan kechirishadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
17 oktyabr kuni kayfiyatingiz boshqa kunlardagiga isbatan tushkunroq bo‘lishi kutiladi. Ish joyingizda sizni asosiy, daromadi ko‘proq ishdan chetlashtirishadi-yu, shu narsa bahona bo‘ladi. Faollikni oshiring, aks holda oldinda kutayotgan imkoniyatlardan ham mahrum bo‘lasiz. Muhabbatda muvaffaqiyatsizlikka uchray boshlasangiz, tashqaridan yordam kutmang, faqat qalbingizga suyaning. U sizni yolg‘izlatib qo‘ymaydi. Sog‘lig‘ingiz kechqurunga borib ayniy boshlashi, aniqrog‘i, qon bosimingizda muammo tug‘ilishi mumkin.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun vaqtni tezlashtirishga urinmang. Garchi o‘zingiz tezroq maqsadlarga yetishni istasangiz ham sabr qiling. Kun davomida eski xastaliklar qo‘zg‘alish ehtimoli bor. O‘zingizga e’tiborliroq bo‘ling. Kechqurun oilangiz davrasida maroqli suhbatlar qurasiz. Bu suhbatni hatto brilliantga ham alishmang. Oilalilarning xonadonida pul tufayli jufti bilan dahanaki janjal sodir bo‘lishi kutiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
17 oktyabr kuni taqdir in’om etadigan har qanday holatga tayyor turishingiz lozim. Hayotingizda tub burilishlar shu qadar tez sodir bo‘ladiki, o‘zingiz ham anglab-anglamay qolishingiz hech gap emas. Kunning ikkinchi yarmida eski qadrdonlardan biri bilan tasodifan uchrashib qolishingiz mumkin. Ovqatlanish rejimini buzmang, imkon bo‘lsa, parhez haqida o‘ylab ko‘ring. Bu salomatlikni yanada yaxshilashda asqotishi tayin.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugungi kuningiz shunday ajoyib kechadiki, har qanday odamga buyruq bersangiz, buyrug‘ingiz so‘zsiz ado etiladi. Har qanday odamni o‘z tarafingizga og‘dirib olishda tengsizga aylanasiz. Ishxonada shu qadar faollashasizki, hamkasblar hayratdan yoqa ushlashga majbur bo‘lishadi. Muhabbatda siz uchun sabr kerak. Sog‘lig‘ingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi. Ammo ovqatlanish me’yorlarini buzmang, sportning og‘ir turlari bilan kechqurun shug‘ullanmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
17 oktyabr kuni ertalab oila a’zolaringizdan biri bilan janjallashib qolishingiz kutiladi. Bahona tayyor. Ro‘zg‘or ikir-chikirlari. Mabodo imkoni bo‘lsa, ishdan kechroq qayting. Sababi, janjalning davomi aynan kechqurun boshlanishi mumkin. Salomatligingizga kelsak, kunning ikkinchi yarmida bosh va oyoq og‘rig‘i bezovta qilishi kutiladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 17 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?