14:11 / 22.10.2017
26 478

Har tong yugurish uchun 10 sabab

Har tong yugurish uchun 10 sabab

So’nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra yugurish inson tanasi uchun trenajyor zallarida o’tkazilgan mashg’ulotlardan anchayin foydali ekanligi ma’lum bo’ldi. Ammo salomatligingizga oid turli muammolar bo’lsa yugurish mashqlariga kirishishdan avval shifkor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

1.Yugurish yurak va tomirlar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, yurak muskullarining chiniqishiga ko’mak beradi. Buning natijasida esa infarkt xavfi sezilarli darachada kamayadi.

2.Yugurish stress va asabiylikni yengishda yordam beradi.

3.Yugurish mashqlaridan keyin o’zingizni yengil his qila boshlaysiz, kayfiyatingiz keskin ravishda ko’tariladi.

4.Yugurish davomida qon kislorod bilan to’yinib, to’qima va boshqa a’zolarda kislorod bilan to’yingan qon aylana boshlaydi.

5.Uzoq vaqt davomida yugurish tanada endofrin – “shodlik gormoni”ning ishlab chiqarilishiga olib keladi.

6.Yugurish aqliy faollikni yaxshilaydi, ba’zan yugurish mashqlari davomida ajoyib g’oyalar paydo bo’lishi mumkin.

7.Yugurish davomida qondagi eritrotsidlar miqdori ko’tariladi, natijada organizmda gemoglabin miqdori ko’payadi.

8.Yugurish mashqlari quvnoq musiqa bilan hamohang tarzda olib borilsa, natijasi yanada sezilarli bo’ladi.

9.Ertalabki yugurish kishini tetiklashtiradi, kechqurungisi esa kun davomidagi charchoqlardan halos etadi.

10. Yugurish mashqlari mukammal qomatga erishishning sinalgan usulidir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har tong yugurish uchun 10 sabab