16:56 / 22.10.2017
7 272

Dam olish kunlarida omadsizlar qiladigan xatolar

Dam olish kunlarida omadsizlar qiladigan xatolar
Barchamiz dam olish kunlarini intizorlik bilan kutamiz. Lekin ularni qanday o‘tkazishimiz qanchalik muvaffaqiyatli ekanligimizni bildirishini o‘ylamagan bo‘lsak kerak.

1. Ular reja tuzmaydilar

Dam olish kunlarini har bir daqiqasigacha rejalashtirish shartmas, lekin nima bilan shug‘ullanishingizni tasavvur qilganingiz yaxshi. Bu orqali siz vaqtingizni tejaysiz va biror qiziqarliroq ish qilish kerakligini ham unutmaysiz.

2. Ular yaqinlari uchun vaqt ajratmaydilar

Tig‘iz ish kunlarida do‘st-yaqinlar uchun vaqt topish mushkul. Buni dam olish kunlarida oqlashga harakat qiling.

3. Ular texnologiyalardan dam olishmaydi

Ish pochtangizdan chiqib, telefoningizni nariroqqa olib qo‘ying. Avvaldan hamkasblaringizga dam olish kunlari qo‘ng‘iroqlariga javob berolmasligingiz mumkinligini ogohlantirib qo‘ying.

4. Ular dam olish kunlaridan rohatlanmaydilar

Nima rejalashtirmang, masalan uyda yolg‘izlikda dam olish yoki do‘stlar bilan uchrashish bo‘lmasin dam olish kunlaridan rohatlanishga harakat qiling.

5. Ular kunni uxlab o‘tkazadilar

Hafta davomida juda charchagan bo‘lsangiz ham, o‘zingizga kelishga harakat qiling. Butun dam olish kuningizni uxlab o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz uyqu rejimingiz buziladi hamda keyingi hafta davomida o‘zingizni noqulay his qilib yurishingizga to‘g‘ri keladi.

6. Ular ko‘p mablag‘ sarflaydilar

Albatta, ba’zida o‘zimizni xursanq qilgimiz keladi. Agar butun hafta davomida tejab, dam olish kunlari behudaga pul sarflasangiz hech qanday iqtisod qila olmaysiz. Xordiq chiqarishning nisbatan arzonroq yo‘llarini qidiring, masalan, uyda biror nima bilan shug‘ullaning yoki bepul tadbirlarga boring.

7. Ular o‘ylashmaydi

Ish kunlari hayot, undagi maqsadlaringiz haqida yaxshiroq o‘ylashning imkoni bo‘lmas, bu uchun dam olish kunlaringizni ajrating.

8. Ular doimo ish haqida o‘ylaydilar

Juma kuni kechqurun kelasi dushanba uchun reja tuzib qo‘ying. Shanba va yakshanba kunlari esa ish haqida umuman unuting.

9. Ular bekorchilik bilan shug‘ullanishadi va bu haqida afsuslanishadi

Og‘ir ish haftasidan keyin shunchaki xordiq chiqarib, bekor qolishni istaydi kishi. Lekin bu bekorchilik sizni zerikishga olib kelsa, yoki u tufayli muhim ishlarni o‘tkazib yuborsangiz, dam olish kunlaringizni qanday o‘tkazishni qaytadan ko‘rib chiqing.

10. Ular dam olishmaydi

Dam olish kuni umuman dam olmasangiz, yangi ish haftasini kuchsiz boshlaysiz va zaruriy natijalarga erisha olmaysiz.

11. Ular keyingi haftaga tayyorlanmaydilar

Yakshanba kechqurun kelasi hafta haqida o‘ylasa bo‘ladi: zaruriy ishlar ro‘yhatini tuzing, o‘z taqvimingizga qarang, yaqin kunlarda nimalarga erishmoqchi ekanligingizni aniqlab oling. Ana shular muvaffaqiyat garovidir.

Manba: Likeit.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dam olish kunlarida omadsizlar qiladigan xatolar