15:52 / 23.10.2017
9 962

Mazali kakao tayyorlashning noodatiy 5 usuli

Mazali kakao tayyorlashning noodatiy 5 usuli

Salqin va yomg’irli kunlar tashrifi chog’ida issiqqina ko’rpaga o’ranib olgancha mazali kakao ichimligidan xo’plab, sevimli filmingizni tomosha qilishga nima yetsin?! Kuzgi mavsumning ajoyib va mukammal kunlari aynan shunday ko’rinishga ega, nazarimizda. Bunday kunlarda mazali va noodatiy usulda tayyorlangan kakao ichimligining ta’mi ham mutlaqo o’zgacha bo’lishi kerak!

Qulupnayli kakao

Bu turdagi ichimlik uchun odatiy usulda tayyorlangan kakaoga qulupnayli sirop yoki murabbo aralashtirib yuborasiz. Ha aytganday, murabboni ichimlikka aralashtirishdan avval doka bilan suzib olish yodingizdan chiqmasin.

Meksikancha kakao

Xushbo’y va hidi ishtahani qitiqlaydigan kakao uchun tuyilgan dolchindan foydalanish mumkin. Buning uchun iliq sutni kakao, shakar, dolchin kukuni va ozroq vanilin bilan aralashtirasiz. So’ng kichikroq kastryulkaga solib, qaynash holiga keltirib olasiz.

Achchiq ta’mni xush ko’rsangiz...

Agar siz achchiqqina ichimliklar shinavandasi bo’lsangiz, navbatdagi usulni sinab ko’ring! Buning uchun kakaoni qaynatib, bir chimdim tuyilgan garmdori qo’shib yuborasiz. Istagingizga binoan, ichimlikka eritilgan achchiq shokolad ham qo’shsangiz bo’ladi.

Sitrusli kakao

Apelsin sedrasini qirg’ichdan o’tkazib, issiq kakao bilan aralashtiring. So’ng ustidan eritilgan qora shokolad quyib, yaxshilab qorishtirib yuborasiz.

Yong’oqli kakao

Bir hovuch yong’oqni blender yoki xovonchada uvoqlab, kakaoga aralashtirib yuborsangiz, asl shohona ichimlik tayyor deyavering!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mazali kakao tayyorlashning noodatiy 5 usuli