20:17 / 24.10.2017
7 620

Erta va tez uyg’onishning 6 usuli

Эрта ва тез уйғонишнинг 6 усули

Ish kuni va bir olam yumushlar sizni kutib turganda yumshoqqina o’rningizdan turishga ham erinasiz, gohida. Albatta, bu holat har bir inson uchun tabiiy hisoblanadi. Ammo tez va erta uyg’onishga qat’iy qaror qilgan bo’lsangiz, bizning maslahatlar aynan sizga bag’ishlangan!

1.Oshxonaga yo’l oling!
Oshxonada qahva damlab, tetiklashishingiz yoki o’zingizni mazali buterbrod bilan siylashingiz mumkin. Baliq, tuxum, pishloq kabi aminokislotalarga boy mahsulotlar ham organizmning osongina uyg’onishi uchun yordam beradi.

2.Esnash ham foydali
Esnash miyani sovitadi, zamonaviy tilda aytganda miya uchun “kuler” vazifasini o’taydi.

3.Yugurish mashqiga nima deysiz?
Turgan joyingizda 10 daqiqa yugursangiz, organizm o’z-o’zidan uyg’onadi.

4.Kuling!
Uyg’ongach, darrov o’rningizdan turib ketmay, biror yoqimli hodisani yodga olgan holda jilmaying. Bu ham uyg’onishning ajoyib usullaridan biri!

5.Qizil rang ham yordam beradi
Toreadorlar buqalar qarshisida nima uchun aynan qizil rangli mato bilan paydo bo’lishlari sababini bilasizmi? Bu rang buqalarni o’z joyidan qo’zg’atish va harakatlantirish uchun ko’mak beradi. Bir muddat qizil rangli yuzaga tikilib tursangiz, buning natijasini siz ham sezasiz.

6.Kerishishning ham foydasi bor!
Uyg’ongach, bir necha bor kerishib olish tetiklashish uchun ko’mak berishi ko’p bora sinalgan!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erta va tez uyg’onishning 6 usuli