20:59 / 30.10.2017
9 429

Munajjimlar bashorati: 31 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 31 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun kun davomida yorqin va bir-biridan yoqimli hodisalar qurshovida bo‘lishingiz kutiladi. Ularning aksariyati shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq. Ish joyingizda majlismi, yig‘inmi, ishqilib shunga o‘xshash tadbir bo‘ladi-yu, hamkasblardan biri asabingizga tegadigan gap qistirib o‘tishi mumkin. Agar u bilan tenglashaman desangiz, katta janjalga aylanib ketishi mumkin. Indamang va sukut yordamida uni mag‘lub eting. Kechqurun eng yaqin insoningizdan ajoyib xushomadlarni eshitishingiz mumkin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
31 oktyabr kunning birinchi yarmida miyangizni qanday qilib pulni ko‘paytirish haqidagi yangi g‘oya va rejalar chirmab oladi. Agar o‘z vaqtida foydalanib qolsangiz, moliyaviy jihatdan sizga yetadigani bo‘lmasdi. Lekin tavakkal qilishdan saqlaning. Shaxsiy hayotda juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarga putur yetkazuvchi sabablar yuzaga kelishi kutilmoqda. Agar iblisning yo‘rig‘ida qolib bu sabablarning etagini tutsangiz, ish ajrashishgacha borib yetishi mumkin. Shunday ekan, o‘zingizni bosing va iloji bo‘lsa yolg‘iz qoling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun sizni yorqin va bir-biridan qiziqarli uchrashuvlar, tanishuvlar kutib turadi. Bu kelajagingiz uchun juda katta ahamiyatga ega. Basharti bu ham kayfiyatingizni ko‘tara olmasa, do‘stlar bilan tabiat qo‘yniga chiqib keting. Yoki konsertga tushing-u, to‘yguncha raqs ijro eting. Shunda barcha g‘uborlarni konsert zalida qoldirib ketishingiz tayin. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling. O‘zingiz haqingizda g‘iybatlar eshitib qolsangiz, e’tiborsiz bo‘ling.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
31 oktyabr kuni hamma sizga havas qilsa arziydi. Emotsiyadan tortib kulgugacha sizning ixtiyoringizda bo‘ladi. Biznes bilan band bo‘lsangiz, daromadning o‘zi sizni qidirib kela boshlaydi. Moliyaviy masalada eng tushkun va chalkash vaziyatlardan ham oson chiqib keta olasiz. Uyda esa ro‘zg‘or uchun asqotadigan uskunalardan biri buzilishi mumkin. Buning uchun alohida pul ajratishingizga to‘g‘ri keladi. Oilasizlarning ba’zilari kechqurun muhabbat haqiqatga aylanishiga guvoh bo‘lishadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Miyangizda yangi g‘oyalar qalashib yotibdi. Bugun o‘shalarni hamkasblar bilan bo‘lishishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Muhabbatda haqiqiy qahramonga aylanasiz. Lekin juftingiz bu jihatlaringizni payqamay qolishi mumkin. Kechqurun madaniy dam olish yo‘llarini qidiring. Shaharda yashasangiz, teatr yo konsert dasturlariga chiqib kelsangiz ham bo‘ladi. Kechqurun salomatligingiz pand bera boshlashi mumkin. Bu qon bosimi ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik kabilarda ko‘zga tashlanishi ehtimolga yaqin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
31 oktyabr kuni ishxona va ko‘chadagi hurmat-e’tiboringizga putur yetadigan harakatlar sodir etib qo‘ymang. Siz ularni misqollab yig‘gansiz. Muhabbatda esa illyuziya quliga aylanishingiz aniq. Lekin bu ham qalbingizga yoqib tushadi. Kun davomida shirin xayollar dengizida suzish ham sizning chekingizga tushadigan bo‘lib turibdi. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, odatga ko‘ra dorilarni vaqtida iching, qon bosimini tez-tez o‘lchating, kam asabiylashishga harakat qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ish joyingizda shunday bir voqea sodir bo‘ladiki, siz ham boshqalar kabi o‘zingizga boshqatdan nazar solishni xohlab qolasiz. Imkoniyatlaringizni qaytadan xomcho‘t qilishingizga to‘g‘ri keladi. Tadbirkor bo‘lsangiz, tanish-bilishlarni ko‘paytiring, yangi hamkorlar qidirib toping. Bir so‘z bilan aytganda, doimo harakatda bo‘ling. Shaxsiy hayotda ham xuddi shunday faollik talab etiladi. Ayniqsa, oila qurishga ulgurmaganlar uchun faollik juda kerak bo‘ladi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni ham unutmang. Toza havoda sayr kuchingizga kuch qo‘shadi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
31 oktyabrda qalbingizga shubha degan narsani aslo yaqinlashtirmang. Aks holda dushmanlaringizga imkoniyatni boy berib qo‘yasiz. Sizni osonlik bilan o‘z maqsadlari yo‘lida qo‘g‘irchoq kabi ishlatishlari hech gap emas. Muhabbatda omad siz tomonda. Juftingiz sizga vafodor. Bunga ham shubha qilishga haqingiz yo‘q. Shuning uchun rashk degan shaytoniy tuyg‘ularni yaqiningizga keltirmang. Kechqurun olisda yashaydigan do‘stingiz qo‘ng‘iroq qilib, sizga yoqimli xabar yetkazishi kutiladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Oilasizlar erta tongdanoq abjir va yoqimli shaxsga aylanishmasa, maqsadga yeta olishmaydi. Hamma biladi, yolg‘izlikdan juda charchagansiz. Bu charchoqqa bugun nuqta qo‘ysa bo‘ladi. Chunki 31 oktyabr sizning kuningiz. U xudoning qudrati bilan sizning izmingizda bo‘ladi. Bu kunni yaxshiga aylantirish ham, yoki aksincha yomonliklarga to‘ldirish ham o‘zingizning qo‘lingizda. Tijoratchilar bugundan mo‘may daromad umid qilmasalar ham bo‘ladi. Xudoning kuni-da!

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
31 oktyabr kuni o‘tmish alamlarini, armonlar va tushkunliklarni o‘tmishda qoldirib, yangi hayot boshlaganingiz ma’qul. Ishda ham, shaxsiy hayotda ham tanaffuslar e’lon qiling. Bu siz uchun juda zarur. Shaxsiy hayotingizda qandaydir mistik voqealarga duch kelishingiz ehtimoli bor. Moliyaviy ahvolingiz negadir juda qiyinchilik bilan ijobiy hal bo‘ladi. Ovqatlanish rejimini buzmang, gazli ichimliklardan yuz buring.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Taqdir sizga eng yoqimli, yorqin lahzalarni in’om etmoqchi. Bugun yetti uxlab tushingizga kirmagan jabhalarda muvaffaqiyatlarga erishishingiz sizni hayron qoldiradi. Moliyaviy ahvolingiz ham boshqalarnikidan yaxshiroq. Kun davomida yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Asosiysi, qalbingizdan shubha-gumonlarni haydab soling va o‘zingizga ishongan holda harakatlar sodir eting.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
31 oktyabr kuni har bir voqea-hodisaga hazil-mutoyiba bilan munosabat yuriting. Ammo birovlar ustidan kulmang. Olis safarga chiqish bugun muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Kechqurun qachonlardir o‘zingiz birga yashagan inson bilan tasodifan uchrashib qolishingiz va munosabatlarga oydinlik kiritishingiz mumkin. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Varikoz bezovta qilsa, vaqtida dori-darmon qilishni unutmang.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 31 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..