21:25 / 08.11.2017
9 626

Munajjimlar bashorati: 9 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 9 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Agar ertalabdayoq rejalashtirilgan ishlarni uddalay bilsangiz, kuningiz albatta yoqimli o‘tadi. Rahbarlar bilan aslo bahsga kirishmang, o‘zingizga ortiqcha muammo orttirib olasiz. Davolanish, jarrohlik amaliyotini boshdan kechirish bugun muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Oilaviy hayotingizda sukunat hukm suradi. Kechqurun yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qiling. Uxlashga yotishdan oldin toza havoda sayr qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
9 noyabr kuni og‘ir vaziyatga tushib qolishingiz mumkin. Ammo bu manzilda uzoq qolib ketmaysiz. Yaqin do‘stlardan biri yordamga keladi. Hujjatlar va xayolot olamingizni tartibga keltirib qo‘ysangiz, ziyon qilmasdi. Moliyaviy ahvolingiz kunning ikkinchi yarmida ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda. Serqatnov yo‘llarga shaxsiy avtomashinangizda chiqmang, jarohat olishingiz xavfi bor. Salomatlikni esa kun mobaynida nazoratda ushlang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ishxonangizda bugun yoqimsiz vaziyatlar ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin. Garchi ularning sizga aloqasi bo‘lmasa-da, baribir bardoshli bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Ba’zi hamkasblar sizning faolligingizga, omadliligingizga hasad ko‘zi bilan boqishi ham haqiqat. Shunday ekan, ishni sal sekinroq amalga oshira qoling. Baribir o‘z vaqtida bajarishga ulgurasiz. Tadbirkor bo‘lsangiz, bugun pul tanqisligiga duch kelishingiz mumkin. Agar muammoni kechgacha ijobiy hal etmasangiz, inqiroz nazar sola boshlaydi deb hisoblayvering.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
9 noyabr kuni qisqichbaqa burji ostida tavallud topgan qizlarimizdan ba’zilariga o‘zi sevgan inson muhabbat izhor qilishi va qo‘lini so‘rashi kutiladi. Bu, shubhasiz, siz uchun rosmanasiga kutilmagan sovg‘a bo‘ladi. Qarindoshlarning biri bilan orangizda janjal kelib chiqish ehtimoli bor. Bu muammo ham sizning sizning qanchalar bardoshli odam ekaningizni yana bir karra sinovdan o‘tkazadi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
O‘zingizdan yosh va tajribasi oz hamkasblar maslahatiga quloq tutmang. Iloji bo‘lsa, ularga shu narsani bir eslatib qo‘ying. Ish bajarishda, moliyaviy masalalarni hal etishda qalb amriga bo‘ysungan holda harakatlar sodir eting. Kunning ikkinchi yarmida oshqozon-ichak yo‘llarida jiddiy muammolar paydo bo‘lishi kutiladi. Bu muammoni faqat mutaxassis ko‘magidagina ijobiy hal etasiz. Imkon bo‘lsa, kechqurun soat 19: 00 dan keyin umuman ovqatlanmang. Kechqurun eski qadrdonlardan biri telefon orqali sizga yoqimli xabar yetkazadi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
9 noyabrda kim bilandir janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Bu janjalni do‘stlaringiz bosdi-bosdi qiladi. Ammo baribir kayfiyatingiz buziladi-da! Bugun olis safarga otlanish stressli lahzalarni hadya etadi, shaxsiy avtomobilingizda yo‘lga chiqsangiz, katta miqdordagi jarimaga ham tortilishingiz mumkin. Yaxshisi, bu amalni boshqa kunga qoldiring. Moddiy ahvolingizdan shikoyatingiz bo‘lmaydi. Kechki payt qo‘lingizga mo‘may daromad kelib tushadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Mabodo hali oxiriga yetkazilmagan ishlaringiz bo‘lsa, yangisiga qo‘l urmang va o‘shalarni yakunlash harakatiga tushing. Oilangizda keksa qondoshlardan biri vaziyatni keskinlashtirishi, arzimagan bahona bilan janjal ko‘tarishi mumkin. Jismoniy zo‘riqishlar bugun sizga faqat ziyon yetkazadi. Salomatligingiz pand bergani qoladi. Sport bilan ham shug‘ullanmang. Kechqurun uyingizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
9 noyabr kuni ishxonada rahbarlar qilayotgan ishingizdan ko‘ngli to‘lmayotganini aytishsa-da, o‘zingizni haddan ziyod urintirmang. Zimmangizdagi yumushlarni xotirjam, hamkasblar ko‘magiga tayangan holda bajarishga harakat qiling. Muhabbatda erkinlik sizga faqat zarar yetkazadi. Juftingizga, tanlaganingizga nisbatan e’tiborli bo‘ling, vassalom.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Qalb amriga quloq tutgan holda yo‘l tutsangiz, bugungi kun siz uchun unutilmas yoqimli lahzalarni hadya etishi tayin. Tadbirkorlar o‘z tajribasiga suyangan holda yangi loyihalarni haqiqatga aylantirish payida bo‘lganlari ma’qul. Albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Do‘stlarga jahl qilmang, oradagi munosabatlarga putur yetishi mumkin. Har kim o‘zicha haq ekanini unutmang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
9 noyabrda juftingiz yoki suyganingiz bilan munosabatlarda masofa saqlashga harakat qiling. Qaysidir masalada tortishishni xayolingizga ham keltira ko‘rmang. Ko‘ngilsizlik orttirib olasiz. Mavqeni oshirishga hali erta, shuning uchun boriga ko‘nishga majbursiz. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga borib albatta yaxshilanadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun xonadoningizda oilaviy bayram tashkil etish sizning chekingizda turibdi. Ishlarni bitirishingiz bilan bayramni tashkillashtirishga tushsangiz ham bo‘ladi. Oila qurmaganlar kuz boshida kim bilandir muhabbat romanini boshlab qo‘ygan bo‘lishsa, bugun romanning jiddiy qismiga yetib kelishadi. Ehtiyotkorlik bilan ish tuting. Salomatligingiz bugun pand beradigan emas. Ammo baribir ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
9 noyabr kuni baliq burjida tavallud topganlar shu qadar faol bo‘lishadiki, birdaniga bir nechta ishni do‘ndira oladigan darajaga yetishadi. Shubhasiz, bu maoshingizga va hamkasblar orasidagi obro‘yingizga ham ijobiy ta’sir etmay qolmaydi. Taqdirning barcha zarbalari sizni bugun aylanib o‘tishga majbur bo‘ladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 9 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..