11:39 / 09.11.2017
9 167

Uzoq umr ko‘rishning "muhim siri" aniqlandi...

Узоқ умр кўришнинг "муҳим сири" аниқланди...
AQShlik olimlar ovqatlanish ratsionidagi kichik o‘zgarishlar umrni uzaytirishga turtki bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelishdi. Mazkur tadqiqot yakunlari “New England Journal of Medicine” jurnalida chop etildi, deb ma’lum qiladi Darakchi nashri.

Mutaxassislar 74 mingdan ziyod yoshi ulug‘ insonlarning qanday taom iste’mol qilayotgani, parhezga rioya etishi kabi bir qancha jihatlarni 12 yil davomida o‘rganishdi. Aniqlanishicha, ratsion sifatining 20 foiz oshishi erta o‘lim xavfini qariyb 17 foizgacha qisqartirarkan. Aksincha, sifat pasayishi uning ehtimolini 6 — 12 foiz oshirarkan.

Shunday qilib, sog‘lom ovqatlanish inson salomatligi uchun juda muhim, degan fikr yana bir karra o‘z tasdig‘ini topdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uzoq umr ko‘rishning "muhim siri" aniqlandi...