21:00 / 12.11.2017
13 258

Oq qo‘ziqorin keksayish kushandasidir…

Oq qo‘ziqorin keksayish kushandasidir…
Pensilvaniya universiteti professori Robert Bilmen olib borgan navbatdagi tadqiqotlar oq qo‘ziqorinlar ustida kechdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, oq qo‘ziqorinni doimiy tarzda taomlar ratsioniga kiritilsa, koni foyda ekan.

Oq qo‘ziqorin organizmning qarish jarayonini sezilarli darajada sekinlashtiradi. Bu ishni oq qo‘ziqorin tarkibidagi ergotionein va glutationlar ado etadi. Ular inson organizmidagi to‘qimalarga ta’sir o‘tkazgan holda qarishini sekinlashtiradi. Yana ular organizmga joylashib olgach, yurak xastaliklari, saraton va Alsgeymer kabi xavfli kasalliklar to‘qimalarini o‘ldiradi.

— Yuqorida nomlari tilga olingan elementlar, — dedi professor. — Boshqa qo‘ziqorinlarda ham uchraydi. Biroq oq qo‘ziqorin tarkibida juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu ikki element qo‘ziqoringa turli usullar yordamida ishlov berilganda ham yo‘qolmaydi. Ayniqsa, ergotioneinlar o‘ta yuqori haroratdagi issiqqa ham chidamlidir.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oq qo‘ziqorin keksayish kushandasidir…