23:02 / 14.11.2017
9 161

Munajjimlar bashorati: 2017 yil 15 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?

Munajjimlar bashorati: 2017 yil 15 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?
Bugungi kuningiz aldovlar, sarguzashtlarga boy bo‘lishi kutiladi. Boshingizdan o‘tkazadigan voqealarning aksariyati sizning foydangizga emas, ziyoningizga ishlaydi. Shuning uchun ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Kayfiyatingizning goh yaxshi, goh yomon tarafga o‘zgarishi ishda ham salbiy natijalar hadya etishi hech gap emas. Miyangizdan yomon xayollarni haydab soling, shunda to‘siqlarni yengib o‘tish oson kechadi. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazishingiz tavsiya etiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
15 noyabrda ruhan tayyor bo‘lmasangiz, biror sohada qat’iy qarorlar chiqarishga shoshilmang. Aks holda buning oqibati yaxshilik bilan tugamaydi. Tijoratchilar, xorijda ishlaydiganlar uchun bugungi kun juda serdaromad va xayrli kechadi. Muhabbatda esa rashk va emotsiyalarni bir chetga surgan holda juftingizga nisbatan yanada iliqroq munosabat yuriting. Kechqurun moliyaviy muammolar ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
15 noyabr kuni bajaradigan har bir ishingizga ob’ektiv munosabatda bo‘ling. Ko‘nglingizga turli bo‘lar-bo‘lmas shubhalarni singdirmang. Mabodo haqligingizga ishonsangiz, rahbariyat bilan bemalol bahslashaverishingiz mumkin. Eski qadrdonlardan biri sizni kunning ikkinchi yarmida serdaromad bir ishga chorlaydi, albatta rozi bo‘ling. Kechqurun oilasizlarni romantika kutadi. Tuningiz o‘ta maroqli o‘tishi tayin. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Kun siz uchun ancha og‘ir va asabiy kechishi kutilmoqda. Kun bo‘yi uy yumushlari, keyin muolajalar olish, o‘qish-o‘rganish kabilar bilan band bo‘lishingiz mumkin. Muhabbatda keskinlikka erk bermang, juftingiz yoki tanlaganingiz bilan munosabatlar salbiy tomonga o‘zgarishi mumkin. Kechqurun tanishlardan biri qo‘ng‘iroq qilib siz anchadan beri kutayotgan xushxabarni yetkazadi. Puldan qiynalmaysiz, ammo tejamkorlik ham ziyon qilmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
15 noyabrda illyuziyaga berilib, o‘z qobig‘ingizda qolib ketishingiz ehtimoli bor. Bu holatingizni ko‘rgach, hamkasblar, do‘stlar ham hayratdan yoqa ushlashi mumkin. Realistga aylaning, illyuziyani chetga suring. Shunda voqea-hodisalarga tiyrak ko‘z bilan boqa boshlaysiz. Oilasiz bo‘lsangiz, sizni yangi tanishuvlar, yoqimli uchrashuvlar kutib qoladi. Oilalilar esa bugun uyni kengaytirish, ta’mirlash va sayohat haqida qayg‘ursalar foydadan xoli bo‘lmasdi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Garchi o‘z ishingizni bajarib bo‘lsangiz-da, dangasalikka yo‘l qo‘ymang va yaqin insonlarning muammolarini hal etishda yordamlashing. Ishxonada faol bo‘lsangiz, kechqurun rahbarlaringiz albatta mukofotini beradi. Qarzingiz bo‘lsa, kechgacha qolmay egalariga qaytarishingiz kerak bo‘ladi. Yo‘qsa, yana qarzga botasiz. Muhabbatda oila qurmaganlarni unutilmas lahzalar kutadi. To‘y ham yaqinligi afsona emas. Kissadagi pullaringizni tejab ishlating. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar kun davomida salomatlikni nazoratda ushlashlari zarur.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
15 noyabr kuni sizga ishxonada yirik bir loyihani ishonib topshirishlari mumkin. Shuning oqibatida yarim tungacha qolib ketishingiz mumkin. Sira achinmang, negaki bunday katta ishlarning daromadi ham shunday bo‘ladi. Qolaversa, bunday ishlar har kuni ham uchrayvermaydi. Yaqin o‘tmishdagi xafagarchiliklarni bugun yodga olmang. Kechqurun do‘stlaringiz kafega taklif qilishlari kutiladi. Boring, vaqtingiz juda maroqli o‘tadi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Tadbirkorlar kunning birinchi yarmida yangi hamkorlar, ittifoqdoshlar bilan tanishib, ish masalasida kelishuvlarga erishishadi. Organizmingiz keyingi paytlarda ancha zaiflashib qolgan, buni o‘zingiz ham payqagan bo‘lsangiz kerak. Shuning uchun salomatlik haqida jiddiy o‘ylab ko‘rmasangiz bo‘lmaydi. Muhabbatda omadingiz keladi. Romantika, qiziqarli suhbatlar, sayr, kulgi va xursandchiliklar qurshovida bo‘lasiz. Moddiy jihatdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
15 noyabr kuni mabodo oilasiz bo‘lsangiz-u, tanlaganingiz bilan munosabatlarga nuqta qo‘ygan bo‘lsangiz, yangi tanishuvlarga shoshilmang. Bu yetti o‘lchab bir kesiladigan masala ekanini unutmang. Ishxonada kun mobaynida yumushlarni qoyillatib ado etasiz. Demak, yaqin orada lavozimingiz oshishidan umid qilsangiz bo‘ladi. Kechqurun xorijda ishlaydigan do‘stlardan biri sizga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Sog‘liq masalasini kun davomida birinchi navbatda ushlang.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Ertalabdan yoqimsiz va yolg‘onga qorishiq xabar eshitishingiz ehtimoldan xoli emas. Shuni hisobga olib aql bilan qadam tashlashga harakat qiling. Ish haqida ko‘proq o‘ylab, tajribali hamkasblar, tanishlar, do‘stlar yordamiga tayaning. Muhabbatda bugun o‘ta kuchli ehtiroslar baxtingiz kushandasiga aylanishi mumkin. Bosiqlik bilan, tuyg‘ularni jilovlagan holda ish tuting. Kechki payt o‘zingizni lohas his eta boshlashingiz mumkin. Vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘ysangiz ziyon qilmaydi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
15 noyabr kuni har qanday chalkash vaziyatdan oson chiqib keta olishingiz tayin bo‘lib turibdi. Buning uchun kuchingiz ham, imkoniyatingiz ham yetarli. Firmada ishlasangiz, sizga yangi va katta bir ishni ishonib topshirishlari mumkin. Daromadi juda zo‘r. Astoydil bel bog‘lab ishga kirishsangiz, muddatidan oldin bitira olasiz. Muhabbatda bugun omadingiz chopmaydi. Xarakteringizdagi insonni o‘zidan nari itaruvchi jihatlarni olib tashlasangiz faqat foyda qilasiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun yaqinlaringizni kutilmagan sovg‘alar, xushomad, olqishlar bilan xursand etishingiz uchun bor imkoniyatlardan unumli foydalaning. Ana shunda oilangizdagi siz bilan xafalashgan yaqinlar ham mumdek erib, arazlarni unutgan bo‘lishardi. Kechki payt kimdir sizga moddiy jihatdan ko‘mak berib yuborishi mumkin. To‘g‘ri do‘konga jo‘nang va o‘zingizga yoqadigan xaridlarni amalga oshiring.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 2017 yil 15 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilarkin?