11:40 / 17.11.2017
16 376

… 53-59 abonenti: "Men sevgan yigit boshqasiga unashtirilyapti…"

… 53-59 абоненти: "Мен севган йигит бошқасига унаштириляпти…"
— Men dugonamning to‘yida bir yigitni uchratib qoldim. Aniqrog‘i, u kuyovjo‘ra edi, men esa kelinning o‘rtog‘i, ya’ni dugonamga hamrohlik qilardim. U menga tinimsiz qarab qo‘yar, ba’zan ko‘zini uzmasdi. Men bundan juda noqulay holatga tushardim. Yor-yor sadolari ostida to‘yxonaga kirayotganimizda ham u mendan ko‘z uzmadi. To‘y boshlanganida esa meni raqsga taklif qilgandi, u o‘ylagan qizlardan emasligimni aytib, baqirib berdim.

Notanish yigit indamay, mendan uzoqlashdi va o‘sha kuni kechqurun qo‘ng‘iroq qildi. Keyin bilsam, telefon raqamimni to‘y kuni dugonalarimdan olgan ekan. Meni sevishini aytib, tinimsiz qo‘ng‘iroq qilaverdi. Boshida unga qattiq-qattiq gapirgan, hatto haqorat qilsam-da, bora-bora unga bog‘lanib qoldim. U meni sevishiga ishontira oldi. Endi men ham unga ko‘ngil qo‘ygandim. Ammo oradan ma’lum vaqt o‘tib, uning muomalasi o‘zgardi. Mendan sovib borayotgandek edi. Gaplari ham avvalgidek emas, istar-istamay gapirardi. Qo‘ng‘iroq qilsam, doim kimlardir bilan gaplashayotgan bo‘lardi. «Kim bilan gaplashyapsiz?» desam, «Do‘stlarim, qarindoshlarim» deb bahona qilardi. Keyin bilsam, u boshqasini topgan ekan.

Shunday kunlarning birida u menga qo‘ng‘iroq qilib, meni sevmasligini, shunchaki o‘rganib qolganini aytdi. Soddaligim tufayli unga ishonganimni ta’kidlab, buning uchun uzr so‘radi. Boshida gaplarini hazilga yo‘ydim, ammo ota-onasi uni qarindoshiga unashtirmoqchi ekanligini aytganida bu gaplar haqiqatligini angladim. U bilan aloqalarim batamom uzildi. Ota-onam meni turmushga berishmoqchi, lekin boshqa yigitga ko‘ngil qo‘yolmasam-chi? Nima qilishni bilmayapman. Ammo shunday bo‘lsa-da, o‘sha yigitga baxt tilayman.
… 53-59 abonenti

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » … 53-59 abonenti: "Men sevgan yigit boshqasiga unashtirilyapti…"