08:25 / 18.11.2017
7 178

Ona sher bolalari uchun hayotini garovga qo’ydi

Ona sher bolalari uchun hayotini garovga qo’ydi
Dunyodagi har bir volida, hattoki jonivorlar orasidagi onalar ham bolasiga xavf tahdid solib turganda jondan kechishga tayyor holatga keladilar. Internet tarmog’ida paydo bo’lgan ona sher suratlarini ko’rib, tabiatning ushbu yirtqich jonivorlari ham onalik mehridan mosuvo emasliklariga ishonch hosil qilish mumkin, deyiladi xabarda.

Kunlarning birida ona bolalari bilan daryodan kechib o’tishdan avval o’zi suvga tushib, suv ostida biror narsa bor- yo’q ekanligini tekshirishga to’g’ri keldi. Shu paytda u suv ostida berkinib yotgan timsohni payqadi va bolalarini himoya qilish uchun birinchi bo’lib hujum qilish maqsadida timsoh tomon o’zini otdi.

Payt poylab turgan timsoh esa shu on suvdan ko’tarildi va sherning tumshug’idan tishlab oldi. Bo’lib o’tgan olishuvdan so’ng ona sher kurashning g’olibasiga aylandi va mitti shervachchalarni timsoh changalidan qutqarib qoldi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ona sher bolalari uchun hayotini garovga qo’ydi