19:13 / 19.11.2017
46 464

Munajjimlar bashorati: 2018 yili Egizaklar burji vakillarini nimalar kutmoqda?

Munajjimlar bashorati: 2018 yili Egizaklar burji vakillarini nimalar kutmoqda?
Egizaklar burji vakillari it yilida o‘ta sergak bo‘lishlari lozim. O‘tgan yildagidek bo‘shashishingiz it yilida sira to‘g‘ri kelmaydi. Har bir muammoni uydagilar, do‘stlar bilan bamaslahat amalga oshiring. Juda qiynalib qolsangiz, xudoning o‘zi qo‘llaydi.
Fevral oyida ba’zi oilasizlar suyukli insoni bilan turmush qurish harakatiga tushadi. Mart oyi oxiriga borib kelajak rejalarni bir ko‘zdan o‘tkazib oling. 2018 yil bahori egizaklar burji vakillari uchun romantika, gullab-yashnash hamda muhabbat fasliga aylanadi. Professional kasbingiz doriasida ham omad siz tarafda bo‘lishi kutiladi. Asosiysi, o‘zingizga qattiq ishongan holda qalbingizga quloq tutib ish tutsangiz bas.
2018 yilda moliyaviy ahvolingiz ham tobida bo‘ladi. Agar oilaviy byudjetni aql bilan tuzib chiqa olsangiz, katmoningiz yil bo‘yi pulga to‘la bo‘ladi inshoolloh. Tijoratchilar esa yil davomida raqobatchilar bilan zimdan kurash olib borishadi. Kurashning intihosi ham yoqimli. Daromadlar ortadi.
Toza havodan nafas olish masalasini yil bo‘yi esdan chiqarmasligingiz kerak. Fermer bo‘lsangiz, 2018 yili qishloq xo‘jalik mahsulotlari hosili mo‘l bo‘lishi kutilmoqda.
Yozga borib kimlardir tijoratga qo‘l uradi, yana kimlardir oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish payiga tushadi. It yili yaxshi niyat bilan o‘quv yurtlari ostonasidan hatlab ichkariga kirganlarni noumid qoldirmaydi.
Oila qurmaganlarning oshig‘i olchi bo‘ladi. Ular tanlagan insoni bilan muhabbatning eng totli ta’mini totibgina qolmay, to‘y taraddudiga ham tushib ketishadi. Oilalilarning ko‘pchiligi esa yangi mehmonni qarshi olishadi. Chaqaloq yig‘isi go‘yo butun dunyoni tutadi. Ayrimlar 2018 yil yoz oylarida yangi uyga ko‘chib o‘tishlari mumkin. Ba’zilar esa uy oldi-sotdisida muvaffaqiyatga erishadi. Yil davomida moliyaviy masalada kalta o‘ylashga, shoshma-shosharlikka yo‘l bermang. Og‘ir vaziyatlarda o‘zingizga nisbatan yoshi ulug‘ va tajribasi ko‘proq yaqinlaringizga maslahat solishdan tiyilmang.

MUHABBATI

2018 yili siz muhabbatning qaynoq bag‘rida bo‘lasiz. Uchrashuvlar, romantika, tanishuvlarning har biri bir umr yodingizda qoladi. Yil oxirigacha oila qurmagan do‘stlarimizni romantik kayfiyat tark etmaydi. Lekin qachonlardir o‘zingiz ko‘ngil bergan, keyinchalik xarakterlar yoki boshqa tafovutlar natijasida munosabatlarni uzgan sobiq muhabbatga qaytmang. Bu sizga baxt bera olmaydi. Muammolaringiz ko‘paygani qoladi.
Oilasizlarning aksar qismi 2018 yili albatta baxtini topadi. U insonni shu qadar qattiq sevib qolasizki, to‘y qilishga shosha boshlaysiz. Faqat bir narsa yodingizdan chiqmasin. Muhabbat qanchalar o‘tli bo‘lmasin, hayot qurish bo‘sag‘asida tafakkurga suyangan ma’qul.
Oilalilar ham 2018 yili jufti bilan yanada yaqinroq bo‘lishga, ahil yashashga intilishlari lozim. Ammo juftingiz bilan orangizda o‘tadigan yaxshi-yomon gaplarni qarindoshlarga gullashdan tiyiling. Bunday narsalarni jiddiy sabablarsiz birovlarga aytish ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Atrof to‘la g‘iybatchi, hasadgo‘y. Ular bir kun o‘lishini, ana unda savol-javoblar keskin bo‘lishini o‘ylashmaydi. Bugunidan narini ko‘ra olishmaydi. Baxtingizga chang solishdan tap tortishmaydi. Shuning uchun oila sirlari ichkarida qolavergani ma’qul.

OILASI

2018 yili oilangizni vatandek qattiq turib himoya qiling. Qarindoshlar, juftingiz bilan munosabatlarni mustahkamlash harakatida bo‘ling. Yoshi ulug‘, o‘sal yotgan yaqinlaringizga alohida mehr ko‘rsating. Ba’zida bilib-bilmay qaltis qadam bosib qo‘yishingiz ham ehtimolga yaqin. Iloji boricha shunday xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka intiling. Farzandlar tarbiyasida aytarli muammo bo‘lmaydi. Faqat ularning yurish-turishini, o‘qishini kuzatib borish zarur bo‘ladi.
Siz Merkuriy boshqaruvi ostida dunyoga kelgansiz. U esa oilada tartibni, xotirjamlikni xush ko‘radi. 2018 yil boshida va oxirida ko‘pchilikning xonadonida farzandlar dunyoga kelish ehtimoli bor. Aravacha, krovat va pamperslarni hozirlab boravering.
Yil davomida oila, shaxsiy hayot masalasida tavakkalchilikka yo‘l qo‘ymang, buning oqibati yaxshilik bilan tugamaydi. Qay ishga qo‘l urmang, yetti o‘lchab bir kesing.

SALOMATLIGI

Agar it yilida salomatligingiz me’yorda bo‘lishini xohlasangiz, har doim ovqatlanish, ish, sportga alohida e’tibor bilan yondashing. Ovqatning ham, sportning ham o‘z me’yorlari bor. Organizmni behuda jismoniy zo‘riqishga mubtalo etishingiz jiddiy xastalik chaqirishi hech gap emas.
Kuz va qishda issiq kiyingan holda ko‘chaga chiqing, ayniqsa, 2018 yil qishi qattol kelishi kutiladi. Buni unutmang. Immunitetingizni ko‘tarish uchun qish, bahor, kuz, yoz demay mevalar iste’molini to‘xtatmang. Emotsiyani nazoratda ushlashga o‘rganing. U asab tizimi ishdan chiqishida muhim rol o‘ynaydi. O‘ta yoqimsiz vaziyatlarda, jiddiy talofatlar sodir bo‘lgan taqdirda ham baribir keragidan ortiq hayajonlanish, asabiylashish sizga foyda bermaydi. Aksincha depressiyani keltirib chiqaradi.
Ko‘proq harakatlaning, toza havoda sayr qiling, ertalablar gimnastikani kanda qilmang. Shamollaganlar, gripp bilan og‘riganlarga yaqin bormang. Basharti o‘zingiz ham shamollab qolsangiz, faqat xalqona usullar yordamida davolaning.

MARTABA VA MOLIYaVIY AHVOLI

Anchadan beri miyangizda pishitib kelgan yangi rejalar 2018 yili sizga asqotishi mumkin. Martabani oshirish, pulni ko‘paytirishda o‘sha reja va g‘oyalarga qayta-qayta murojaat eting. Ish masalasida yil bo‘yi muammolar aytarli ko‘zga tashlanmaydi. Aksincha yilning ikkinchi choragida qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish topilishi kissangizni yanada qappaytirishi ehtimoldan xoli emas. Ba’zilar kuz oylarida lotereyaga katta pul yutib olishlari ham haqiqatga yaqin.
2018 yili pul yig‘ishga harakat qilmang, hatto uni plastik kartochkada ham uzoq muddat ushlab turmang, hech kimga qarz bermang. Yirik xaridlarga qo‘l urishingiz mumkin. Bu harakat muvaffaqiyatli kechadi.
Bajarib turgan ishidan ko‘ngli to‘lmayotganlar bo‘lsa, 2018 yil boshidayoq yangi ish topish harakatiga tushganlari ma’qul. Shunda daromad ham bo‘ladi, martabani oshirish ham o‘z yo‘liga tushadi.
Umuman aytganda, egizaklar burji vakillari uchun 2018 yilda pul eng yaqin hamrohga aylanishi kutiladi. Oldin uni siz qidirasiz, yozga borib esa pulning o‘zi sizni qidirib kela boshlaydi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 2018 yili Egizaklar burji vakillarini nimalar kutmoqda?