Munajjimlar bashorati: 21 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

  • 20-11-2017, 23:46
  • 2 984
  • Hayot tarzi
  • Munajjimlar bashorati: 21 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
    QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
    Bekordan bekorga kuch sarflashdan tiyiling. Aks holda eng kerakli yerga yetganda, ojiz qolasiz. Bugun tasodifiy bo‘ladimi, reja bo‘yichami, farqi yo‘q, qarama-qarshi jins vakil va vakilalari bilan yaqin munosabatlarga kirishmang, keyin afsuslanib qolasiz. Kechqurun juda ko‘p joylarga yugurib, kun bo‘yi yaxshilanmagan moliyaviy ahvolingizni yaxshilash payida bo‘lasiz. Hechdan ko‘ra kech, pul topiladi va siz xotirjam tortasiz.

    BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
    21 noyabrda ishxonangizda obro‘yingiz ortadi. Bu o‘tgan kunlardagi ishingizni qoyillatganingiz uchun bo‘lsa kerak. Ertalabdanoq yaqin o‘tmishda bajara olmagan yumushlarga qayta qo‘l uring. Kun davomida moliyaviy masalada muammolar yuzaga kelishi mumkin. Oldini olish uchun tejamkorlikka e’tibor qarating. Muhabbatda juda sergaklik bilan ish tutishingizga to‘g‘ri keladi. Juftingizning eng noyob fazilarlarini qayta yodga oling. Salomatlikni ehtiyot qiling.

    EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
    O‘zingizga boshqa ko‘zgudan qayta-qayta boqing. Shunda o‘zingiz sezmagan kamchiliklaringizni ko‘rasiz. Tushdan keyin do‘stlaringizdan birining muammolarini hal etishda yaqindan ko‘mak berishingiz kutiladi. Bu ishni qoyillatasiz. Shubhali tuyilgan ishlardan qoching. Garchi bu ish juda jozibali va serdaromad ko‘rinsa-da, baribir qoching. Kechqurun yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qiling. Bugungi kun zararli odatlardan xalos bo‘lish uchun juda qulay kechadi.

    QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
    21 noyabr kunning birinchi yarmida pul tanqisligidan aziyat chekishingiz mumkin. Bu muammoni qarindoshlarning biridan qarz ko‘tarish orqali hal etasiz. Ruhiy ko‘tarinkilikka eltuvchi mashqlar yordamida ruhiyatingizni ko‘tarib olishingiz tavsiya etiladi. Kimdir olis safarga otlanishni reja qilgan bo‘lsa, bemalol yo‘lga chiqsa bo‘ladi. Bu safar ko‘ngildagidan ham a’loroq o‘tadi. Kechqurun sportning faol bo‘lmagan turlari bilan shug‘ullaning. Bu ertangi kun uchun kuch yig‘ishda asqotadi.

    ARSLON (24. 07 — 23. 08)
    Bugun illyuziyadan qochib, real hayotga qaytishingizni yulduzlar maslahat berishadi. Shunda ishingizda ham unum ko‘zga tashlanadi, ortiqcha muammolar miyangizni band etmaydi. Pul yig‘ish, savdo, huquqshunosdan maslahat olish amallari bugun muvaffaqiyatli kechadi. Kechki payt serqatnov yo‘llarda ehtiyotkor bo‘ling. Jarohat olishingiz ehtimoli bor. Kechqurun yolg‘izlikda vaqt o‘tkazing. Sog‘lig‘ingizni nazoratdan o‘tkazib qo‘yish ham yodingizdan ko‘tarilmasin.

    PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
    21 noyabr kuni har jabhada qo‘shimcha imkoniyat eshiklari ochiladi. Bilim olish, o‘zgalardan o‘zingiz bilmagan narsalarni so‘rab bilish, dunyoga real boqish bugun sizning shioringizga aylanishi kerak. Ishxona bilan bog‘liq ishlarni muddatida ado etish uchun tinimsiz ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Kimdir yordam qo‘lini cho‘zishni xohlasa, inkor etmang. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, sog‘liqni hamisha birinchi navbatga qo‘ygan holda harakatlar sodir eting.

    TAROZI (24. 09 — 23. 10)
    Bugun rejalaringiz keragidan ham ko‘proq bo‘ladi. Ammo ularning yarmisigina amalga oshadi. Qolganini boshqa kunga qoldirishdan bo‘lak ilojingiz yo‘q. Ishxonaga kechikib borganingiz uchun rahbarlardan tanbeh eshitishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Ba’zilar o‘tgan kunlari bajargan ishi uchun mukofot olishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida eski qadrdonlardan biri bilan arzimagan narsa tufayli janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. O‘zingizni ehtiyot qiling.

    ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
    21 noyabrda ishda ham, muhabbatda ham rahnamolar topiladi. Ana shuning natijasida ishlaringiz muddatidan oldin bajariladi. Umuman, bugun yulduzlar nimani niyat qilsangiz, albatta haqiqatga aylanishini bashorat qilgan. Shunday ekan, ko‘proq niyat qilavering. Sport bilan shug‘ullanish jarayonida ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Yaxshisi, muallim hamrohligida shug‘ullaning. Bo‘lmasa, jiddiy jarohat olishingiz mumkin. Bu bir umrga tatishi hech gap emas. Salomatligingiz pand bera boshlaganini sezib qolsangiz, darrov vrachga choping.

    O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
    Bugun kimlardir sizga chin ko‘ngildan yordam berishni istasa, rad etmang. Hayotga real ko‘z bilan boqing. Bunday ochiq ko‘ngilli odamlar kam uchraydi hayotda. Ovqatlanish rejimiga qat’iy amal qiling. Ratsioningizga meva-sabzavotlarni ham kiritib qo‘ying. Organizmni chiniqtirishga yo‘naltirilgan mashqlarni ado eting. Kechqurun shunday noqulay vaziyat yuzaga keladiki, juftingiz qarshisida mulzam tortishga majbur bo‘lishingiz mumkin. Salomatlikni mustahkamlovchi amallarni bajarishdan tiyilmang.

    TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
    21 noyabr kuni tijoratchilarning kuni tug‘adi. Do‘ppini osmonga otib qo‘shimcha «navar»larni qabul qilavering. Bunday quvonchli lahzalar har kuni ham yuzaga kelavermaydi. Basharti yuqori lavozimli kishilar orasida tanishlaringiz bo‘lsa, ishdagi martabangizni oshirish uchun ham bugungi kun qulay kechadi. Shaxsiy hayotingizda sukunat, garmoniya hukm suradi. Farzandlar haqida ko‘proq qayg‘uring. Vaqt topib ular bilan turli mavzularda suhbatlashsangiz ham ortiqchalik qilmaydi.

    QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
    Ishxonadagi ishdan tashqari bugun qo‘shimcha daromadli yumush ham yo‘lingizdan chiqadi. Lekin bu ishni jamoaviy tarzda bajarishingiz kerak bo‘ladi. Erinmasdan ishni oxiriga yetkazsangiz, kechqurun mo‘may daromadga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari, kimlardir sizdan qarz olgan bo‘lsa, kechqurun qarzini qaytarishi mumkin. Muhabbatda esa kutilmagan sovg‘alar sizga begona. Aksincha, juftingiz bilan munosabatlarga oydinlik kiritib olishingiz zarur.

    BALIQ (20. 02 — 20. 03)
    21 noyabrda ertalab ommaviy tadbirlardan birida ishtirok etishingiz kutiladi. Tadbirni yaqin do‘stingiz tashkil etgani boismi, sizning ham so‘zga chiqishingiz so‘ralishi mumkin. Moliyaviy masalada muammo bo‘lmaydi. Xudo bergan nasibangizni xamirdan qil sug‘urgandek oson qo‘lga kiritasiz. Faqat esda tuting, duch kelgan odamdan kelajakda qarz olmang. Bu insonni faqat boshi berk ko‘chaga yetaklaydi.

    Manba: Hordiq.uz

    » » Munajjimlar bashorati: 21 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?