21:39 / 21.11.2017
10 948

Munajjimlar bashorati: 22 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 22 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun xudo xoxlasa professional kasbingiz doirasida martabangiz oshishi kutilmoqda. Ish ko‘paygandan ko‘payadi, hamkorlar, hamkasblar sizni olqishlab charchashmaydi. Tajribasi kamroqlar sizdan maslahat so‘rashga shoshiladi. Asosiysi, to‘g‘ri yo‘ldan adashmang. Iblisning yo‘liga yurmang. Kuchingizni to‘g‘ri sarflay bilsangiz, barcha muammolarni o‘z imkoniyatlaringizdan kelib chiqqan holda ijobiy hal etasiz. Muhabbatda ham ahillik, baxtli lahzalar sizniki bo‘ladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
22 noyabr kuni pul va omad topishingiz yo‘lida ancha zahmat chekishingizga to‘g‘ri keladi. Bardosh bilan, kuchli irodangizga tayangan holda harakatlar sodir etsangiz, inshoolloh maqsadga albatta yetasiz. Kunning ikkinchi yarmida hamkasblardan biri bilan xizmat safariga jo‘nashingiz kutiladi. Safar sizda iliq taassurotlar qoldirishi aniq. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Kechqurun asosiy vaqtingizni farzandlar, farzand bo‘lmasa, juftingiz, u ham bo‘lmasa, shirin xayollaringiz bilan birga o‘tkazing.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kunning birinchi yarmida o‘tmishda qolgan sobiq qalbingiz egasi bilan internet orqali yozishmalar yozishishingizga to‘g‘ri keladi. Shaxsiy hayotingizda muammolar yo‘q emas. O‘zaro janjallar, bahslar sizni chetlab o‘tmoqchi emasga o‘xshaydi. Moliyaviy muammolar esa ijobiy hal bo‘ladi. Shuning uchun ham kelajakka real ko‘z bilan boqa boshlaysiz. Kechqurun yoqimli xabar eshitishingiz ehtimoli bor.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
22 noyabr kuni birovlar uddalay olmagan ishlarni ham sizning zimmangizga yuklashadi. Xavotirlanmang, sizda kuch va imkoniyatlar yetarli. Bunga qo‘shib o‘z vazifangizni ham a’lo darajada ado etasiz. Tushdan keyin qarindoshlardan birini og‘ir vaziyatdan olib chiqishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ba’zilar nimalarnidir sotib olish uchun katta pul sarflashlari mumkin. Ayrimlar esa yangi uyga ko‘chib o‘tishi ham ehtimoldan xoli emas. Kechqurun yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Miyangizda ishingiz bilan bog‘liq yangi g‘oya va rejalar paydo bo‘ladi. Lekin ularni hamkasblarga gullab yurmang. Ishxonangizda hasadgo‘ylar yetarlicha topiladi. Kunning ikkinchi yarmida do‘stlaringizdan biri sizga dil hasratlarini to‘kib solishi kutiladi. Kechki payt sizga shubhali bir ish taklif etishlari mumkin. Rozi bo‘lmang, yo‘qsa, katta pul yo‘qotasiz. Muhabbatda omadingiz chopadi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, tun bo‘yi vaqtingizni romantika og‘ushida kechirasiz.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
22 noyabr kuni ishlaringizni shu qadar ustalik bilan tez uddalaysizki, o‘zingiz ham hayratdan yoqa ushlaysiz. Shubhasiz, ish nafaqat ma’naviy, balki moddiy manfaatdorlik ham hadya etadi. Muhabbatda sizni kichik sinovlar kutadi. Agar haqiqat siz tomonda deb hisoblasangiz, bo‘sh kelmang-da, sinovlardan o‘tavering. Salomatligingiz havo bilan bog‘liq bo‘lib, sizga kichik noqulayliklar olib kelishi mumkin. Surunkali xastalik bilan og‘riganlar dorilarini o‘z vaqtida ichib yurishsa, muammo bo‘lmaydi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Xususiy mulk, pul masalasida tavakkalchilikka zinhor yo‘l qo‘ymang. Do‘ppi tor kelsa, tajribali huquqshunos bilan bamaslahat ish tuting. O‘z biznesiga yaqindagina ega bo‘lganlar yangi hamkorlar qidirishi lozim. Bu ishni aynan bugun a’lo darajada uddalashingiz mumkin. Kechqurun kimdir sizni va juftingizni oilaviy bayramga taklif etishi kutilmoqda. Ziyofat bahona bo‘lib zararli odatlarga qaytishni xayolingizga ham keltira ko‘rmang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
22 noyabrda faolligingiz sizga sodiq qolishi professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarda o‘z aksini topadi. Chamasi, yaqindagina ishga kirishgansiz. Qaraysizki, tugatib bo‘libsiz. Bu mo‘may daromad ham olib keladi. Lekin kreditni to‘lashingiz kerak-ku! Yarim daromaddan voz kechishga majbursiz. Xavotirlanmang, qolgani ham sizga yetib ortadi. Muhabbatda sizni yorqin tub burilishlar kutadi. Kechqurun har jihatdan sizga ideal bo‘la oluvchi odam bilan uchrashib tanishasiz.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Oila qurmaganlarga yulduzlar maslahat berishadi. Hali unisi, hali bunisiga chopib o‘zingizni behuda qiynamang. Bu harakatlar sizga isnod keltirishi hech gap emas. Bir insonni tanlang-u, o‘sha bilan hayotingizni bog‘lash payida bo‘ling. Oilalilar oylik byudjetdan xabardor bo‘lib qo‘ysalar ziyon qilmaydi. Kechqurun miyangizni kemirayotgan yangi g‘oyani pishitish bilan band bo‘ling. Bu sizga mo‘may daromad keltiradi. Salomatlikni saqlang, ovqatlanish rejimini buzmang. Ratsioningizni doimo nazoratda saqlang.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
22 noyabr kuni shaxsiy hayotingizda tub burilish sodir bo‘lishi kutilmoqda. Ammo bu burilish sizning foydangizga ishlaydi. Kun davomida bir-biridan yoqimli kutilmagan sovg‘alar qo‘lingizga kelib tushadi. Zararli odatlardan voz kechish uchun juda qulay imkoniyatlar mavjud. Ularni qo‘ldan chiqarmang. Moliyaviy muammolar ijobiy hal bo‘lishini xohlasangiz, xatoga yo‘l qo‘yishdan saqlaning. Hadeganda va’da berishdan tiyilmaydiganlarga umuman ishonmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Anchadan beri miyangizni kemirib kelayotgan yangi g‘oyalarni bugun hayotga tadbiq eting. Bu masalada professionallik yetib ortadi. Oilasizlardan kimnidir ayol kishi sobiq suyuklisi bilan yarashtiradi. Agar yarashishga o‘zingiz ham tayyor bo‘lsangiz, ayolga shubha bilan qaramang. Bir-biringizga yana bir imkon bering. Ajab emaski, bu gal ish to‘y bilan yakun topsa.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
22 noyabr kuni uyqudan vujudingiz kuch, imkoniyatlarga to‘liq holatda uyg‘onasiz. Shuning uchun ham apil-tapil kiyinasiz-u, ishxonaga yo‘l olasiz. Tushga yaqin do‘stlardan biri sizga ajoyib xabar yetkazadi. Bu xabar eng jiddiy muammolarga ham real, optimistik nazar bilan boqishingizda asqotadi. Tijoratchilar har doim bo‘lgani kabi bugun mo‘may daromadga egalik qilishlari kutilmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 22 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..