21:27 / 22.11.2017
12 722

Munajjimlar bashorati: 23 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 23 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Hurmat qilishni bilmaydigan, qo‘pol muomalalilardan nariroq bo‘ling. Ular o‘zlarining bo‘lar-bo‘lmas so‘kinishlari, qo‘polligi bilan kuningizni zaharga aylantirishi hech gap emas. Moliyaviy masalada yangilik yaratishga urinmang. Baribir foydasi yo‘q. Kunni qanchalar xotirjamlikda o‘tkazsangiz, o‘zingizga shuncha yaxshi bo‘ladi. Kechqurun shaharda yashaydiganlar juftini yoki bo‘lg‘usi juftini yoniga olib sayrga chiqishsa ham ziyon qilmaydi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
23 noyabrda tavakkalchilik umuman sizga to‘g‘ri kelmaydi. Har bir qadamni o‘lchab bosishingiz lozim bo‘ladi. Fikringizga ishxonadagi hamkasblarning hech qaysisi quloq tutmasa, xafa bo‘lmang, bu fikrni o‘zingiz uchun asrab qo‘ying. Shaxsiy hayotda notekisliklar yuzaga kelish ehtimoli sezilyapti. Tushdan keyin hamkasblardan biri bilan o‘ta jiddiy muloqot bo‘lib o‘tadiki, bu ko‘zingizni moshdek ochib, dunyoga yangi nazar bilan boqa boshlaysiz. Salomatligingizni asrang, ko‘proq o‘zingizga ishongan holda harakatlar sodir eting.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Oila qurmaganlar bugun amalga oshiradigan har bir ishini birovlarga oshkor etmasliklari talab etiladi. Shaxsiy hayot sizniki. Qiyinchiligini ham, huzurini ham o‘zingiz ko‘rasiz. Juda toqatingiz toq bo‘lsa, alamingizni ishdan oling yoki sevimli xobbingiz bilan shug‘ullanishga o‘ting. Shunday vaziyatlar oila qurishga ulgurmagan, ammo baxtini ham topa qolmaydiganlar uchun faqat foyda beradi. Kechqurun duch kelgan taomni iste’mol qilishingiz tavsiya etilmaydi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
23 noyabr kuni o‘zgalar bilan aslo bahsga kirisha ko‘rmang. Kimlardir alohida jumlalarni tilga olib sizni majburlasa ham chidang, janjalli vaziyatlardan qoching. Oilangiz bo‘lmasa, esda tuting, bugun sizga ishqiy sarguzashtlar faqat janjalli vaziyatlar, ko‘ngilsizliklarnigina hadya etadi. Salomatlikni asrash uchun ovqatlanishga e’tibor qarating. Qaynoq taomdan ko‘ra mevalar iste’mol qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugungi kuningiz xudo xohlasa juda quvonchli va barakali kechadi. Erta tongdan kayfiyatingizni ko‘taridagan holatlarni boshdan kechira boshlaysiz. Ishxonada esa ishlaringiz unumli bo‘lib, kunning ikkinchi yarmiga yetmay mukofotini ham olishga ulgurasiz. Janjalkash, zimdan g‘iybatingizni qilishga odatlanganlar bilan muloqotga kirishmang. Kechqurun yoqimli xabar eshitasiz. Gazlangan ichimliklardan bosh torting. Uxlashga yotishdan bir soat oldin yolg‘iz qolib ertangi kun rejalarini xomcho‘t qilib oling. Bahonada ruhan dam olasiz.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
23 noyabrda bo‘lar-bo‘lmas g‘oyalar miyangizni band etib, iblis sizni yo‘ldan urmoqqa shaylanadi. Zinhor quloq tuta ko‘rmang. Bema’ni odatlarga qo‘l siltang-u, sport bilan shug‘ullana boshlang, chalg‘iysiz. Shaxsiy hayotingizni yaxshi tarafga o‘zgartirish uchun bugun qulay imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Elektr tokiga ishlaydigan asboblardan foydalanishda ehtiyotkor bo‘ling. Jarohat olishingiz xavfi bor. Olis safarga chiqishni boshqa kunga qoldiring.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Siz optimistsiz, bunga hech kim shubha qilmaydi. Bugun ham shundayligingizcha qoling. Garchi hayot sizga ochiq yuz bilan boqmayapti deb hisoblasangiz-da, baribir bo‘shashmang. Asosiysi, atrofingizda sadoqatli do‘stlar, yoringiz bor. Demak, sizni ular hech qachon dar qoldirishmaydi. Muhabbatda buguncha omadingiz chopmaydigan bo‘lib turibdi. Ammo kechqurun vaziyat birdan o‘zgarib, yana shod-xurram lahzalar og‘ushida qolasiz. O‘zingizni ehtiyot qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
23 noyabr kuni xudo berganiga shukr qilishdan bo‘lak imkoningiz yo‘q. Qolaversa, bu juda to‘g‘ri yo‘l. Xudoyim shukronalikni xush ko‘radi. Jahl otiga minmang, do‘stlar, tanishlar, sizni hurmatlaydiganlardan biri bilan janjallashib qolishingiz mumkin. Surunkali xastalikka chalinganlar uchun bugungi kun juda xayrli kechadi. Siz navbatdagi muolajalarni a’lo darajada amalga oshirasiz.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Atrofingizda sodir bo‘ladigan har qanday voqea-hodisaga hazil-mutoyiba va yuzingizda tabassum bilan munosabat bildiring. Siz ko‘proq o‘zingizga ishonasiz. Shunday ekan, ishda, hayotda o‘zgalarning maslahatlariga zor emassiz. Yirik loyihalar ustida ish boshlaganlar uchun bugungi kun juda omadli kechadi. Kechqurun yo‘l qo‘ygan gunohlaringizga astoydil tavba qilib, o‘tganlar haqiga duo qiling. Sog‘lig‘ingizni ham
ehtiyot qilish yodingizdan ko‘tarilmasin.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
23 noyabrda to‘g‘ri ma’noda ehtiroslaringiz olamni buzay deydi. Ishda ham, o‘qishda ham sizga tenglashadigani bo‘lmaydi. Yaqin o‘tmish yodi bilan yashashdan voz kechib, buguningizga qayting. Ishxonangizda tinglovchi va tomoshabin rolini ijro eting. Aks holda kim bilandir behuda janjallashib kayfiyatingizni buzganingiz qoladi. Kechqurun katmoningiz pulga to‘lish ehtimoli bor. Uxlashga yotishdan oldin faqat sut mahsulotlari bilan cheklaning.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Emotsiyani nazoratda ushlang. Aks holda miyangizni chulg‘ab turgan ajoyib g‘oyalar mavhumlik dengiziga g‘arq bo‘lishi mumkin. Agar rahbarlar sizni ilg‘ashlariga umid bog‘layotgan bo‘lsangiz, ish bajarishda standartlardan chetga chiqing. Oilaviy hayotingizda notekisliklar ko‘zga tashlansa, jahl qilmasdan, bosiqlik bilan vaziyatni yumshating. Salomatlikni pulga sotib ololmaysiz. Demak, borini ko‘z qorachig‘idek asrashingiz shart.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
23 noyabr kuni negadir arazchi va ginachiga aylanib qolasiz. Bunday holatlarda yolg‘iz qolishingiz kerak. Kimlardir tanbeh bersa, jiddiy qabul qilmang. Ishda xotirjamlikni qo‘ldan bermang. Kechqurun ba’zilar xizmat safariga otlanishlari kutiladi. Muhim hujjatlarni yo‘lga chiqishdan oldin yaxshilab nazoratdan o‘tkazib oling. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazganingiz ma’qul.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 23 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?