Munajjimlar bashorati: 25 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

  • 25-11-2017, 07:43
  • 1 993
  • Hayot tarzi
  • Munajjimlar bashorati: 25 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
    QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
    Bugungi kun siz uchun ancha og‘ir kechadi. Ko‘proq asabiylashishingiz va kamroq tabassum qilishingizga to‘g‘ri keladi. Asosiysi, istaklaringizga qarshi bormasangiz bas. Omadga erishishni xohlasangiz, sabrli bo‘ling, kutishga o‘rganing. Agar imkon bo‘lsa, qizlar va ayollar kun davomida go‘zallik saloniga mo‘ralab qo‘yishsa ham ziyon qilmaydi. Baribir salomatlikni birinchi o‘ringa qo‘ygan holda ish tuting. Kechqurun uyingizni mehmon bosish ehtimoli bor.

    BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
    25 noyabr kuni o‘z istaklaringiz yetagida ish ko‘ring. Nimanidir xohlayotgan bo‘lsangiz, ko‘nglingiz g‘ash tortmayotgan bo‘lsa, olg‘a bosing. Moddiy ahvolingiz kunning ikkinchi yarmida albatta yaxshilanadi. Ijodkorlarning ilhom parisi ham bugun xojalariga tesha tegmagan shedevrlarni hadya etishni mo‘ljallashmoqda. Sog‘lig‘ingizni mustahkamlash yo‘lida kerak bo‘lsa, parhez tuting, yoki meva-chevani ko‘proq iste’mol qiling. Kechqurun yolg‘iz qolib yaxshilab dam olishingiz tavsiya qilinadi.

    EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
    25 noyabrda biror masalada ishingiz yurishmay qolsa, xavotirga tushmang, vahima ko‘tarmang. Omadsizlikning negizini qidiring. Sizni arzimagan narsa uchun ayblash payida yurganlar bugun ko‘p. Ularning har biri bilan kurashish esa qo‘lingizdan kelmaydi. Demak, ba’zilariga chap berib o‘tishingiz kerak bo‘ladi. Moliyaviy muammolar ham bir talay. Ammo ularni gumbirlatishga kuchingiz yetadi. Kechqurun qarz olganlar qarzini qaytarishi kutiladi.

    QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
    Bugun ishxonangizda ancha-muncha mushkulotlar ko‘ndalang bo‘lishi kutilmoqda. Tadbirkorlarga shartnomalarni imzolash, majlislar, kelishuvlarni boshqa kunga qoldirish zarurati tug‘iladi. Lekin bu yaxshilikka. Muhabbatda ba’zi jiddiy to‘siqlarga duch kelishingiz mumkin. Kechqurun albatta toza havo sayriga chiqing. Kechqurun uxlashga yotishdan oldin maktabdosh do‘stlardan biri qo‘ng‘iroq qilishi kutiladi.

    ARSLON (24. 07 — 23. 08)
    25 noyabr kuni faylasufona fikrlay boshlaysiz. Bu esa sizga yo‘lingizda uchraydigan har qanday muammolarni ijobiy hal eta borish imkonini beradi. Hatto, oddiy fikrlash natijasida kissangizni ham qappaytirib olasiz. Oilaviy hayotingizda hammasi ko‘ngildagidek emas. Agar juftingiz bilan kelishmovchiliklar shu taxlit davom etsa, kelajakda qat’iy bir qarorga kelishingiz zarur bo‘ladi.

    PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
    Bugun firibgarlar chuv tushirishi, yoki biror jiddiy xavf kutilmaydi. Lekin kuningiz bir tekisda ham o‘tmasligi mumkin. Ishxonada bajaradigan ishlaringiz ham xuddi bugungi kun bilan kelishib olgandek, hadeganda ko‘ngildagidek sifatli chiqa qolmaydi. Shaxsiy hayotda juftingiz bilan orangizda dahanaki janjallar paydo bo‘lishi mumkin. Ishxonada kayfiyatingiz buzilgan bo‘lsa, buni juftingizga aslo namoyish etmang. Muammoni diplomatiya yo‘li bilan hal etishga harakat qiling.

    TAROZI (24. 09 — 23. 10)
    25 noyabr kuni yaxshi insonlarni o‘z tarafingizga ag‘darish payida bo‘ling. Agar astoydil harakat qilsangiz, quyosh ham faqat siz uchun nur sochishi tayin. Bu majoziy ma’noda albatta. Kunduz kuni yo kutilmagan sovg‘a olasiz, yoki suyukli insoningizdan maqtovlar eshitasiz. Moliyaviy muammolar kechqurun hal bo‘ladi. Tejamkorlikka alohida e’tibor qarating. Salomatligingiz bugun pand bermaydi.

    ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
    Birovlarga juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingizni behuda rashk qilmang, undan shubhalanmang. Ayniqsa, isbot-dalil bo‘lmasa, bunday munosabatlar yaxshilikka olib kelmaydi. Uning o‘tmishini ham kovlashtirib janjal chiqarishingiz to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ishxonada ba’zi hamkasblar sizga hasad ko‘zi bilan boqa boshlaganiga guvoh bo‘lasiz. Undaylardan nariroq yurganingiz ma’qul. Asabni asrang.

    O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
    25 noyabr kuni tevarakdagilar bilan tillashishda tilingizga ehtiyot bo‘ling. Ayniqsa, qarindoshlarga qattiqroq gapirib qo‘ysangiz, ko‘ngli og‘rishi mumkin. Bu o‘zingizga ham faqat salbiy natijalarni beradi. Sukut saqlang. Bu juda to‘g‘ri yo‘l. Kunning ikkinchi yarmida ba’zi do‘stlarimiz shahardan tashqaridagi yaqinlarinikiga mehmon bo‘lib borishi mumkin. Agar vujudingizda shamollash va gripp alomatlari sezilsa, darhol vrachga boring. Moliyaviy masalada yo‘qotishlar ko‘zga tashlanmaydi.

    TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
    Oila qurmaganlar bugun muhabbat bobida faqat g‘alabaga erishishadi. Ayollar yanada o‘ziga oro bersa, bu ham faqat foyda beradi. Tadbirkorlarning ba’zilari katta ishga pul tikishlari mumkin. Ammo bu muvaffaqiyat keltirmaydi. Shuning uchun katta ishlarni boshqa kunga qoldiring. Ovqatlanish rejimi siz uchun alohida ahamiyatga ega. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatligini nazoratdan qochirmasinlar. Bugun uxlashga ertaroq yotsangiz, ertangi kun uchun yanada ko‘proq kuch to‘plab olardingiz.

    QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
    25 noyabrda har bir ishni amalga oshirishda o‘zingizga ko‘proq ishongan holda yo‘l tuting. Sal bo‘shashsangiz, uloq boshqa hamkasbingizda ketib qoladi. Bu esa asablaringiz tarang tortishini ta’minlaydi. Shaxsiy hayotda juftingizga kamroq tanbeh bering. Kechqurun xizmat yuzasidan boshqa shaharga safar qilishingiz mumkin. Bu sizga ham daromad, ham qaynoq taassurotlarni hadya etadi. Ba’zilar allergiyadan aziyat chekishi kutiladi.

    BALIQ (20. 02 — 20. 03)
    Baliq burjida tug‘ilganlar bugun suvdan quruq chiqishda tengsizga aylanishadi. Muhabbatda ham omadingiz chopib, kun davomida romantika og‘ushida bo‘lasiz. Oilalilarni kunning ikkinchi yarmida yorqin va quvonchli xabar kutadi. Bu yangi uyga ko‘chib o‘tish, farzand dunyoga kelishi yoki merosga ega bo‘lish bilan bog‘liq. Kechqurun nafas mashqlari sizga bir olam zavq bag‘ishlaydi.

    Manba: Hordiq.uz

    » » Munajjimlar bashorati: 25 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..