12:30 / 26.11.2017
7 858

Aqlli odamlarning miya tuzilishi boshqalarnikiga umuman o‘xshamas ekan…

Aqlli odamlarning miya tuzilishi boshqalarnikiga umuman o‘xshamas ekan…
Ha, aqlli insonlar, olimlar, daholar va hokazolarning miya tuzilishi boshqalarnikidan tubdan farq qilib, eng muhim faktlarni juda tez qabul qilish xususiyatiga ega. Bu narsa 300 nafar ko‘ngillining miya qismi MRT skaner qilinishi natijasida o‘z isbotini topdi. Ilgari olimlar miyadagi intellekt uchun javobgar hududni aniqlab, bu masalada ba’zi izlanishlarni ham olib borishgandi. Endi ularning ish mexanizmini ham aniqlashdi.
Ma’lum bo‘ldiki, aqlli odamlarning alohida miya hududlari axborot qabul qilish va uzatishda butkul boshqa neyronlar tizimidan foydalanadi. Ularning intellekt uchun javobgar miya to‘qimalari miyaning boshqa hududlaridan ayro holatda bo‘ladi. Oddiy odamlarning miyasidagi bu to‘qimalar esa umumiy tizim bilan bog‘liq bo‘ladi. Ana shu narsa aqllilarning oddiy odamlardan farqlanishiga sabab bo‘ladi.
Olimlarning aytishicha, aqlli odamlar miyasidagi intellekt uchun javobgar to‘qimalarni zo‘riqtirish yo‘li bilan ham yanada faol ishlashga majburlash mumkin ekan.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Aqlli odamlarning miya tuzilishi boshqalarnikiga umuman o‘xshamas ekan…