Toping-chi, bu ayolning yoshi nechada?

  • 26-11-2017, 18:15
  • 3 348
  • Hayot tarzi
  • Toping-chi, bu ayolning yoshi nechada?
    Tayvanlik aktrisa va model Lin Chilin bir qarashda 20 yoshli qizlar kabi ko’rinadi. Ammo ayol o’z yoshini ommaga ma’lum qilgach, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu ma’lumotni ishonib-ishonmay qabul qilishdi.

    Chilin Instagram ijtimoiy tarmog’i orqali o’zining kundalik hayotidan olingan fotosuratlarini joylab boradi. Aktrisa Osiyo mamlakatlarida juda mashhur ekanligiga qaramay, u hech qachon pardozsiz ko’rinishidan uyalmagan.

    42 yoshli aktrisa hozirda ham moda namoyishlari va eng mashhur jurnallar muqovalari uchun fotosessiyalarga qatnashadi. Uning mukammal ko’rinishi esa xohish bo’lsa har narsaga, hatto qarilikka ham chap berish mumkinligining yaqqol namunasidir. Nima dedingiz?

    » » Toping-chi, bu ayolning yoshi nechada?