21:46 / 26.11.2017
11 071

Munajjimlar bashorati: 27 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 27 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Oilada o‘zingiz qachonlardir tuzgan muhitni yanada mustahkamlash payida bo‘ling. Ehtiroslarga erk bermang. Zinoga eltuvchi yo‘llarni aylanib o‘ting. Aks holda bugun moliyaviy muammmolar ham sizning foydangizga hal bo‘lmasligi mumkin. Bu pulsiz qolib ketasiz deganidir. Kechqurun charchoqni yengish uchun iliq vanna qabul qilishingiz tavsiya qilinadi. Undan oldin toza havo sayriga alohida vaqt ajrating. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Xayolot dunyosida kamroq kezing va ko‘proq amaliy ishlarga e’tibor qarating. Shaxsiy hayotda hech kimni ideallashtirmang. Chunki kerak bo‘lsa, yorug‘ dunyoning o‘zi ham butunligicha ideal emas. Qo‘l va tafakkuringiz sizga haqiqiy do‘st. Ular ko‘magidagina muammolaringiz ijobiy hal bo‘ladi, yo‘lingiz ravon bo‘ladi. Xullas, 27 noyabr kuni aslo bir joyda o‘tirib qolmang. O‘zingizni ayamang. Shunda ko‘zlangan natijalarga erishasiz, hayotingizga yana mazmun kiradi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
27 noyabr kuni yaqin o‘tmishdagi muvaffaqiyatlarni, iste’dodingizni yana bir karra esga olsangiz, yomon bo‘lmaydi. Bu narsa ayniqsa tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilarga yangi hamkorlar qarshisida juda zarur bo‘ladi. Bir qarorga kelishingizdan oldin yuz marta o‘ylang. Kechqurun qaysidir yo‘llar bilan asabiylikni yo‘q qilishingiz kerak. Bu ishni hammom yoki basseynda suzish orqali ham hal etsa bo‘ladi. Salomatligingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bir chetga surib qo‘yib, shaxsiy hayotingizdagi muammolarni bartaraf etib olmasangiz bo‘lmaydi. Oilasizlardan kimlarnidir ajoyib bir inson kunning ikkinchi yarmida uchrashuvga taklif etishi mumkin. Kechqurun ichki qaysarliklaringizga qarshi ayovsiz kurash olib boring. Qarindoshlar tanbeh bersa, ular bilan janjallashmang. Indamasdan eshiting-u, qo‘ying. Shunda janjal kelib chiqmaydi. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishga to‘g‘ri kelsa, juda sergak turing.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
27 noyabr kuni o‘zingizni o‘zingiz tezlamasangiz, anchadan beri cho‘zilib kelayotgan katta ishlardan birini yana tugata olmaysiz. Esda tuting, bu ishda hech kim sizga ko‘mak bermoqchi emas. Yolg‘iz o‘zingiz o‘z imkoniyatlaringizdan kelib chiqib harakatingizni qilaverishingizga to‘g‘ri keladi. Sarf-xarajatlarni ham sinchkovlik bilan nazorat qila boring. Yo‘qsa, kechqurunga borib kissangiz qurishi hech gap emas.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
27 noyabr kuni dangasalikka yo‘l bermang. Yo‘lingizda tizilib turgan imkoniyatlardan mahrum bo‘lasiz. Sizga bugun jismoniy mehnat umuman to‘g‘ri kelmaydi. Basharti aqliy mehnat kishisi bo‘lsangiz, aksincha, ko‘p ishlashingiz kerak. U sizga albatta muvaffaqiyat keltiradi. Suyukli insoningiz bugun xuddi atayindek asabingizga o‘ynashi kutiladi. Agar bu qiliqlarini tomosha qilishga, qaysarliklarini, injiqliklarini ko‘tarishga bardoshingiz yetsa, marhamat, hech kim qarshi emas. Kechqurun favqulodda xizmat safariga jo‘nab ketishingiz ehtimoli bor.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
27 noyabrda birinchi o‘rinda ovqatlanish rejimini qaytadan ishlab chiqing. Keyin esa qilinadigan ishlar rejasini puxtalash harakatiga tushing. Agar yo‘l-yo‘lakay noqulayliklar sezila boshlasa, rejalarni darhol o‘zgartiring. Ishxonangizda hamkasblar bilan kichik janjallar yuzaga kelish ehtimoli bor. Kechqurun do‘stlar bilan uchrashib ko‘ngil yozishingiz mumkin. Bu suhbatlar uchun ruhan tetik bo‘lishingiz lozim. Qanday bo‘lmasin, kayfiyatingizdagi tushkun holatlarni yo‘q qilib, ruhan ko‘tarinki qiyofaga kirib oling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Oilaviy hayotingizda jiddiy muammolar yuzaga kelish xavfi bor. Bu masalada o‘zgalar maslahatiga quloq tutmang. Qalb amriga quloq soling. Shu yo‘l bilangina oiladagi muammolarni o‘z foydangizga hal eta olasiz. Kimlardir kunning ikkinchi yarmida moliyaviy muammolarni ko‘ngildagidek hal eta olmay asabiylashishi mumkin. Qarz olganlar ham qarzini qaytara qolmasdan kuydiradi. Na iloj, hayot shunaqa. Bu hayotning notekis so‘qmoqlari ko‘p. Ulardan sabr va iroda kuchi, matonat ko‘magida o‘tish mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
27 noyabr kuni shaxsiy hayotingiz siz xohlagan yo‘ldan ketmasligi mumkin. Ishxonangizda ham janjalli muhitga duch kelasiz. Bularning barchasi asablaringizni keragidan ortiq qaqshatib o‘tishi turgan gap. Lekin sizni kutilmaganda moliyaviy muammolarning ijobiy hal bo‘lishi quvontirib yuboradi. Tadbirkor bo‘lsangiz, foydali shartnomalarning tuzilishi ham kayfiyatingizni ko‘taradi. Xafagarchiliklar darrov izsiz g‘oyib bo‘ladi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Ertalab olisda yashaydigan qarindoshlaringizdan xabar keladi. Siz ishni ham yig‘ishtirib qo‘yib o‘sha yurtlarga jo‘nashga majbur bo‘lishingiz mumkin. Taqdirga tan berib yashay biladiganlarning bugungi hayoti haqiqatan ajoyib kechadi. Kun davomida eski qadrdonlar bilan topishasiz. Kechqurun moliyaviy jihatdan ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Shunday ajoyib voqeadan so‘ng do‘kon aylanib bir-biridan yoqimli xaridlarga qo‘l uraversangiz bo‘ladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
27 noyabrda hatto eng yaqin qarindoshlaringiz hayotiga ham aralashmasligingiz tavsiya etiladi. Sababi, aralashdingizmi, tamom, siz aybdor bo‘lib qolasiz. Ezgu maqsadlarga to‘laqonli erishish uchun kerak bo‘lsa, revansh olsangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Shaxsiy hayotda o‘zingizni tutishingizga zimdan nazar solib kamchiliklaringizni tuzatish harakatiga tushing. Bu kamchiliklar juftingiz bilan munosabatlarda to‘siq vazifasini o‘tashini o‘zingiz yaxshi bilasiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Taqdir bugun baliq burji vakillarini ma’naviy jihatdan og‘ir sinovlarga mubtalo etishi kutiladi. Bu sinovlardan o‘tish uchun sizga bir olam kuch va bardosh zarur bo‘ladi. Ishxonada hamkasblar bilan janjalli vaziyatlarni vujudga keltirmang, hurmatingizni yo‘qotganingiz qoladi. Agar dekabr oyida mehnat ta’tiliga chiqishni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, tayyorgarlikni ko‘raversangiz ham bo‘larkan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 27 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..