22:41 / 28.11.2017
33 508

Munajjimlar bashorati: 2018 yilda Baliq burji vakillarini nimalar kutmoqda?

Munajjimlar bashorati: 2018 yilda Baliq burji vakillarini nimalar kutmoqda?
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
UMUMIY TA’RIF

Agar baliq burji vakillari eski yilda omadini qidirish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, 2018 — It yilida faollik qidirishi lozim bo‘ladi. It yili mehnatsevarlarni juda yoqtiradi. Qolaversa, siz faol bo‘lmay turib omadga ham erisha olmaysiz.
Fevral oyidanoq yangi yil bilan qalin do‘st bo‘lib oling va raqobat maydoniga chiqing. Albatta g‘olib bo‘lasiz.
2018 yili faqat o‘zingizga yoqqan ish bilan shug‘ullanishga harakat qiling. Ayniqsa, kasbini sevadiganlar ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishi mumkin. Adabiyot bilan bog‘liq kasb egalari, rassomlar va aktyorlar 2018 yil davomida yetarlicha muvaffaqiyatlarga erishishlari kutilmoqda.

Reklama biznesi bilan band do‘stlarimiz mart oyida omadga erisha boshlashadi. Internet orqali ish qidirib topish ham muvaffaqiyatli kechadi. Aprel va may oylarida qilgan mehnatlaringiz rohatini ko‘rish payti yetadi. Siz mo‘may daromadlarni qo‘lga kiritasiz.
Oilalilarga it yili xiyonatga qo‘l urmaslikni maslahat beradi. Undan ko‘ra juftingizga mehr qo‘ying, ahillik sari intiling. Barakaning o‘zi sizni izlab keladi. Yilning birinchi yarmida xo‘jalik va huquqshunoslik bilan bog‘liq muammolar a’lo darajada hal bo‘ladi. Sentyabr oyida esa uy ta’miri bilan shug‘ullanishingiz tavsiya etiladi.

Oilasizlar bir vaqtning o‘zida bir necha kishi bilan ishqiy sarguzashtlarni boshdan kechirmasliklari kerak. Bu sizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yadi. Topganingizdan baraka ketadi. Hayotingiz mavhumlik qa’rida qoladi. Agar bir insonga ko‘ngil berib to‘ygacha yetsangiz, bilingki, sizdan baxtlisi bo‘lmaydi. Bir yil o‘tgach, farzandingizni erkalab o‘tirishingiz kafolatlanadi.
Dekabr oyida mehnat ta’tiliga chiqish haqida o‘ylab ko‘rsangiz ham yarashadi. Ta’tilni tabiat qo‘ynida o‘tkazsangiz ham ziyon qilmaydi. Buning uchun moddiy ahvolingiz arzirli holatda bo‘ladi.

2018 yil davomida baliq burjida tavallud topganlar ko‘plab qiziqarli uchrashuvlarni boshdan kechirishadi. Kayfiyatingiz yil mobaynida deyarli yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Moliyaviy muammolar oson hal bo‘ladi. Shuning uchun yirik xaridlarga ham yo‘l beraversangiz bo‘ladi.
Ishxonangizda hamkasblar va rahbariyat bilan ba’zi kelishmovchiliklar paydo bo‘lish xavfi bor. Ammo bunga o‘zingiz aybdor bo‘lasiz. Oilada ham yilning ikkinchi yarmida janjallar, araz, achchiq-tirsiqlar yuzaga kelishi kutiladi. Bularning barchasi asablaringizni qaqshatishi turgan gap. Shuning uchun iloji boricha muammolarni silliqlik bilan hal etishga harakat qiling.
Keksa qarindoshlar muammolari, meros masalasi ham o‘z-o‘zidan ijobiy hal bo‘lmoqchi emas. Yugurib yelishlar talab etiladi. Bunday vaziyatlarda tanish-bilish yoki yaqin do‘stlar yordamiga tayanishingiz kerak.

MUHABBATI
Oila qurmaganlar fevraldan iyul oyiga qadar yoqimli, romantikaga to‘la yorqin uchrashuvlarni boshdan kechirishi kutiladi. Juft tanlashda faqat qalbingizga quloq tuting. Bu sohada atrofdagilarning maslahatlari sizga ish bermaydi. Oilalilar birinchi yarim yillikda jufti bilan janjallarga duch kelish ehtimoli bor. Ammo bu janjallarni ajrashishgacha olib bormang, keyin armonda qolasiz.
Agar imkon topilsa, juftingiz bilan birgalikda tijoratga qo‘l ursangiz ham bo‘ladi. Oilaviy biznes nafaqat o‘zaro munosabatlarni mustahkamlaydi, balki mo‘may daromad ham keltiradi. Ko‘ribsizki, janjallashishga o‘rin qolmaydi.
Ko‘pchilik oila qurmaganlar bo‘lg‘usi juftini turli maqsadlarda tashkil etilgan safarlar davomida uchratib tanishishlari kutilmoqda.

OILASI
2018 yili oilaviy hayotingizni yettinchi osmonlarga olib chiqish, ro‘zg‘orni butlab qo‘yish va munosabatlarni qaynoq holatga keltirish sizning qo‘lingizda. Faqat xohish bo‘lsa bas. Erkakmisiz, ayolmisiz, sadoqat deb atalgan buyuk tuyg‘uni hurmatlang, xiyonatga hatto xayolan ham qo‘l urmang. Xiyonatning oxiri hamisha tubsiz jarlikdan iboratligini unutmang.
Qavm-qarindoshlar bilan oradagi mehr-oqibatlarni yanada mustahkamlash ham yangi yil talablaridan biridir. Xastalangan qavmlardan xabar oling, ularning ko‘nglini ko‘taring. Kerak bo‘lsa, moddiy ko‘mak bering. Buning savobiga hech narsa tenglasha olmaydi.
Ko‘pchilik yil oxirida farzand ko‘rishi ham ehtimoldan xoli emas. Bu ham oilaviy munosabatlarni mustahkamlaydi inshoolloh.
Basharti yil davomida juftingiz bilan orangizda janjallar kelib chiqsa, birinchi bo‘lib yarashish uchun o‘zingiz qo‘l cho‘zing, kamayib qolmaysiz.

SALOMATLIGI
2018 yili birinchi navbatda kechalari to‘yib uxlashga alohida e’tibor qarating. Ikkinchi o‘rinda esa parhez masalasi turadi. Ikkalasi ham salomatligingizga jiddiy ta’sir etadi. Zararli odatlaringiz bo‘lsa, yil boshidayoq ulardan voz keching.
2018 yili turli infeksiyalar, shamollash, hatto depressiyadan ham qo‘rqmasangiz bo‘ladi. Agar organizmni chiniqtirish mashqlariga berilsangiz, ovqatlanish rejimini buzmasangiz, sport bilan muntazam shug‘ullansangiz, u kabi xastaliklar sizni kerak bo‘lsa ming kilometr naridan aylanib o‘tadi. Ular sog‘lom organizmga yaqin kelishga qo‘rqadi. Shu o‘rinda organizmni haddan ziyod jismonan zo‘riqtirishdan ham saqlaning. Meditatsiya, yoga, nafas mashqlarini kanda qilmang.
Surunkali xastalikka yo‘liqqanlarning kasali yil davomida bir necha marotaba qaytalanishi mumkin. Shu sababli doimo vrach nazoratida bo‘ling. Dorilarni vaqtida iching.

MARTABA VA MOLIYaVIY AHVOLI
2018 yili martaba masalasida qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi. Ishxonangizda rahbarlar e’tiboridasiz, hamkasblar sizga hurmat bilan yondashishadi. Moliyaviy ahvolingiz ham yil bo‘yi sizni qiynoqqa solmaydi. Harakatingizga yarasha pul topasiz, tirikchilik qilasiz.
To‘g‘ri, xarajatlar ham yo‘q emas. Ammo bu barchaga ma’lum. Pul bo‘lgan yerda xarajat ham bo‘ladi-da! Unda nega pul topamiz. Faqat xarajatlarni tejamkorlikni unutmagan tarzda amalga oshirish lozim xolos. Zo‘r kelsa qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish toping, olam guliston.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 2018 yilda Baliq burji vakillarini nimalar kutmoqda?