16:54 / 07.12.2017
6 938

Olimlar o’yinchoqlarning xavfli jihatlarini isbotlab berdilar

Olimlar o’yinchoqlarning xavfli jihatlarini isbotlab berdilar
Xabarda keltirilishicha, haddan tashqari ko’p o’yinchoqlarga ega bolalar e’tibor bir yerga yig’a olmaslik sindromiga moyil bo’ladilar. Bu haqida Amerikaning Tolido universiteti tadqiqotchilari ma’lum qilishgan.

Kuzatuvlar natijasida 3 yoshdan kichik bo’lgan 36 nafar bolakay ishtirok etgan va ularga to’rtta hamda 16 ta o’yinchoq joylashtirilgan ikkita xonada o’ynash taklif qilingan.

Natijada kamroq o’yinchoq o’ynagan bolalar ularning har biri bilan turli rollar o’ylab topgani va ular uchun ko’proq vaqt sarf etgani aniqlangan.

Tadqiqotchilar ota-onalar, bog’cha tarbiyachilari va o’qituvchilarga bolalar diqqat markazidagi bir uyum o’yinchoqlarni olib tashlagan holda ularni navbat-navbati bilan kam-kamdan berishni tavsiya qilmoqdalar. Ularning ta’kidlashlaricha, bu bolakayda tasavvur va diqqatni bir yerga jamlash sifatlarini rivojlantiradi.

E’tiborni bir yerga yig’a olmaslik sindromi bolalardagi rivojlanishning buzilishi sabab paydo bo’ladi va haddan ortiq faollik bilan birga kuzatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar o’yinchoqlarning xavfli jihatlarini isbotlab berdilar