11:52 / 15.12.2017
7 354

Surunkali charchoqning 5 sababi

Surunkali charchoqning 5 sababi
Kun davomidagi surunkali charchoq faqatgina yaxshi uxlamaslik yoki noto’g’ri taomlanish sabab yuzaga kelmaydi. Charchoq holatini paydo qiluvchi ko’plab kundalik odatlarga o’zingiz ham e’tibor qaratmassiz balki, ammo ular asta-sekin ruhiy salomatlingizga ziyon yetkazib boraveradi.

1.Sport bilan shug’ullanmaslik

Agar sport bilan muntazam ravishda shug’ullansangiz, o’rtada mashg’ulotlarni qoldirmaslikka harakat qiling. Bu ham ruhiyatga sezilarli taэsir o’tkazadi. Bordi-yu sport bilan shu kungacha shug’ullanmagan bo’lsangiz, ushbu xatoni to’g’irlash vaqti нetdi, bizningcha. Zero sport bilan shug’ullanuvchi odamlar charchoqqa nisbatan ham chidamli bo’ladilar.

2.Yetarlicha suv ichmaslik

Inson organizmi har bir harakat uchun tanadagi suv zahiralaridan foydaladi. Aynan shuning uchun organizmni suvsizlanib qolishiga yo’l qo’ymaslik va kun davomida tez-tez toza suv ichib turish lozim.

3.Mukammallikka intilish

Albatta, perfektsionizm – so’zsiz ajoyib tushunchadir. Biroq qarshingizga bir qator maqsadlar qo’yib olib, ularning barchasiga birdan erishish uchun o’zingizni haddan ortiq toliqtirasiz. Shu sababli o’zingizni qiynamay, ularga birma-bir erishish payida bo’ling.

4.Nonushta qilmaslik

Inson organizmi to’qimli nonushta orqali olingan quvvat sabab kun davomida tetik va serg’ayrat holatda bo’ladi. Nonushtadan voz kechish esa kunning ikkinchi yarmiga ham yetib bormay toliqishga olib keladi.

5.Uyqu oldidan smartfon yoki kompyuter bilan vaqt o’tkazish

Agar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz, pochtangizni tekshirishingiz kerak bo’lsa, bu ishni kechki paytga qadar qoldirmaganingiz ma’qul. Aks holda, ekranning moviy rangi asab tizimni qo’zg’atib yuboradi va natijada uyqusizlik kelib chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Surunkali charchoqning 5 sababi